6
- so`z birliklari
sohasidagi rus olimlarining, turkiyshunos va o`zbek
tilshunoslarining ilmiy ishlarini o`rganish;
- til taraqqiyotidagi evolyutsion o`zgarishlarni bilish uchun 20-30-yillardagi
matnlarni, jurnal, gazeta sahifalaridagi lisoniy materiallarni ko`rib chiqish;
- bu lisoniy materiallar til va adabiyot instituti hozirgi zamon o`zbek
tilshunosligi bo`limining nashr qilgan manbalarida o`z ifodasini topgan va ularning
qo`lyozma, kitoblarida aniq ko`zga tashlanishini e`tiborga olib, ularni o`rganib
chiqish;
- o`zbek tilida analitizm tendentsiyasining rivoji va uning sintetizm bilan
raqobatlashishi jarayonlarini faktlar vositasida ochib berish;
- so`z birikmasi komponetlarining leksik to`lg`azilishi
bevosita hokim
so`zning fe`lning semantikasiga bog`liq ekanligini ochib berish;
- so`z birikmasi hosil bo`lishi analitik shakllarining sintetik shakllarga
sinonim bo`la olishi holatlarini kuzatish:
- ot ko`makchilarning so`z birikmasi komponetlari talashishiga ta`siri
masalalarini o`rganish;
- so`z birikmalari sohasidagi taraqqiyot mevalari adabiy tilning silliqlashishi,
aniqlik
kasb etishi, ifodalilikning oshishiga yordam berganini faktlar bilan ochib
berish.
Tadqiqot ob`ekti va predmeti. Tadqiqot ob`ekti sifatida so`z
birikmalari
tarkibidagi rivojlanishning tendentsiyalarini o`rganish masalalari tanlangan. Asosiy
muammo sifatida so`z birikmasi tarkibining 20-30-yillardagi holati va hozirgi
davrdagi ko`rinishini qiyoslab undagi o`zgarishlarni
ochib berish masalasi
qo`yilgan.
Tadqiqot predmetini esa 20-30-yillardagi gazeta, jurnal. Kitoblardan
to`plangan materiallar va ularning hozirgi davrdagi qo`llanilishiga oid til faktlarini
tahlil qilish tashkil etadi. Bunda asosiy misollar
birlamchi manbalardan va
tadqiqotlar natijalari e`lon qilingan kitoblardan olingan. Bularni tahlil qilish
ishning predmetini tashkil etadi.