5
asarlarida, turkiyshunoslikda N.K. Dmitriev, S.e. Malov, e.D. Polivanov, A.N.
Konov, N.A. Basakakov, A.M. Sherbak, M. Balaqayev, M.Z. Zakiyev, N.G.
Gadjiyeva kabi
olimlar ishlarida, o`zbek tilshunoslaridan G`.A. Abdurahmonov, F.
Abdullayev, Sh. Shukurov, Q. Karimov, X. Nazarova, A.N.
Nurmonov, V.V.
Reshetov, T. Rustamov, A. Safayev, A. G`ulomov, M.A. Asqarova kabi olimlar
ishlarida o`rganilgan. So`z birikmalari taraqqiyoti masalalari F.A.
Abdullayeva,
F.I. Ibrohimova, G`. Karimov, A. Ahmedov, S. G`oyibov maqola va kitoblarida
umumiy tarzda o`rganilgan. So`z birikmalarining sobiq
sovet davridagi tadqiqoti
rus tili materiallariga qiyoslagan holda A. Navoiy nomidagi Til va adabiyot
institutining Hozirgi zamon o`zbek tilshunosligi bo`limida o`rganilib, “Sovet
davridagi o`zbek adabiy tili taraqqiyoti” kitobining ikkinchi jildida bayon qilingan.
Bundan tashqari bu muammo ba`zi mualliflarning maqolalarida bilvosita umumiy
tarzda, ba`zi holatlarga aniqlik kiritilayotgan vaziyatlarda bayon qilingan.
Dissertatsiya mavzusining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog`liqligi.
Dissertatsiya mavzusi eng avvalo kafedrada muhokama qilinib,
kafedra jamoasi
tomanidan ma`qullandi. U institutning magistratura bo`limida ko`rib chiqilib,
institut ilmiy kengashiga havola qilindi va u institut ilmiy kengashida magistrlik
dissertatsiyasi mavzusi sifatida tasdiqlangan.
Tadqiqotning maqsadi. Ishning asosiy maqsadi o`zbek
adabiy tili sintaksisi
sohasidagi evalyutsion tadqiqotini o`rganish va kuzatishlar orqali o`zbek tili so`z
birikmasi sintaksisi sohasidagi tadqiqotni ochib berish. So`z birikmasi sintaksisi
unsurlarining sinxron va diaxron holatini o`rganish orqali ba`zi til biriliklaridagi
valentlik imkoniyatlarini va ularning so`z semantikasiga bog`liq holda o`zgarishi
silsilasini tekshirishni o`z oldimizga maqsad qilib qo`ydik. So`z
birikmalari
komponentlarining leksik to`lg`azilishi bevosita ushbu sohadagi evolyutsion
tadqiqotini ochib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: