64
Jurnalist:
2. Yurtimizga uzoq o„lkalardan qanotli do„stlarimiz uchib kela boshladi.
Bu gapda qanday tasviriy ifoda qatnashgan? Bu tasviriy ifoda qaysi so„zga teng
keladi?
“Lochinlar” guruhining tanlangan vakili javob beradi.
Bu gapda
qanotli do„stlar tasviriy ifodasi qatnashgan,
bu tasviriy ifodaning
ma‟nosi
qushlar so„ziga teng keladi.
“Burgutlar” guruhining jurnalisti:
3. O„zbekiston qora oltini bilan ham dunyoga mashhur bo„lmoqda.
Bu gapda qanday tasviriy ifoda qatnashgan? Bu tasviriy ifoda qaysi so„zga teng
kelishini ayting?
Yana “Lochinlar” guruhining biron-bir tanlangan vakili javob beradi.
Bu gapda
qora oltin tasviriy ifodasi qatnashgan, bu tasviriy ifodaning ma‟nosi
mamlakatimizning yer osti boyligi hisoblanmish neft so„ziga teng keladi.
Bu mashqlardagi tasviriy ifodalarni to„g„ri topib, ularni to„g„ri
izohlagan
guruh g„olib sanaladi va ular rag„batlantiriladi.
Bu mashqlarni musobaqali tarzda bajarishni tashkil
etishning ahamiyatli
tomoni
shundaki, o„quvchilarning barchasini faol bo„lishga undab,
darsga
qiziqishini yanada oshiradi.
Shuningdek, ularning og„zaki
nutqi va fikrlash
qobiliyati rivojlantiriladi. Darsda o„rinsiz zerikishlarga yo„l qo„yilmaydi.
547-mashq. Kumush tola, o„rmon malikasi, aql gimnastikasi, oltin boshoq
Do'stlaringiz bilan baham: