O„zbek tili va adabiyoti fakulteti o„zbek tili va uni o„qitish uslubiyati kafedrasi


Download 196 Kb.
bet17/46
Sana14.09.2023
Hajmi196 Kb.
#1677542
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   46
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi xalq ta‟limi vazirligi abdulla qodiriy -fayllar.org

Yog„ tushsa yalagudek ─ nihoyat darajada top-toza ma‟nosini bildiradi.
Biron joyni tozalashda mehr bilan bajarib, top-toza qilib qo„yish. 
Unga teng kelaydigan so„z ─ nihoyatda top-toza.
Sinonimi: yog„ tomsa yalagudek, moy tomsa yalagudek qilib 


Shahnoza mehmonlar kelayotganligi sababli uylarini yog„ tushsa yalagudek 

qilib qo„ydi.
Bu ibora anglatgan ma‟no boshqa so„zlar bilan yoki boshqacha ko„rinishda 
ifodalanmaydi. Ta‟sirchanligi boshqa ifodalash vositalaridan kuchli.
Bu topshiriqni bajarish jarayonida o„quvchilar ibora va uning xarakterli 
xususiyatilari haqida umumiy tasavvurga ega bo„ladilar, chunki yuqorida topshiriq
bajarish jarayonida o„zlari faol ishtirok etadilar, tasavvur qiladilar. Iboraning 
nutqdagi ta‟sir kuchini his qiladilar. O„quvchilardagi ana shu umumiy tushuncha
va xulosalarni mustahkamlash maqsadida yangi mavzuni tushuntiramiz. 
Yangi mavzu bayoni ekranga slayd asosida chiqariladi.
Ma‟nosi bir so„zga teng keladigan so„zlar birikmasi yoki gaplarga 


ibora deyiladi. 

Iboralar gap tarkibida yaxlit holda bitta so„roqqa javob bo„ladi va 

bitta gap bo„lagi vazifasida keladi. 

Iboralar nutqni ta‟sirchan, jozibali qiladi. Masalan,

Oq ko„ngil – qanday? yaxshi ma‟nosida. 

Qo„y og„zidan cho„p olmaganyuvosh, qanday? so„rog„iga javob 

bo„ladi.

Yerga ursang ko„kka sapchiydisho„x, qanday? so„rog„iga javob 

bo„ladi. 

Boshga ko„tarmoqhurmatlamoq, shovqin qilmoq (omonim ibora), 

nima qilmoq? so„rog„iga javob bo„ladi. 
Nazariy ma‟lumotni qay darajada o„zlashtirganligini bir yoki ikki savol 

berish orqali tekshirib ko„ramiz. O„quvchilarning iboralar haqida to„liq





30


ma‟lumotga ega bo„lganiga ishonch hosil qilgach, o„quvchilarga berilgan nazariy
ma‟lumotni mustahkamlash maqsadida 536-mashqni bajaramiz. 



Download 196 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling