O‘zbek1ston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Ta'kidlash kerakki, voqeliklar tasodifiy belgilariga ko‘ra guruh- larga bo'linmaydi. Bu holat tahlil natijalariga jiddiy ta'sir etadi


Download 1.1 Mb.
bet41/149
Sana25.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1227687
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   149
Bog'liq
16-Iqtisodiy-tahlil-nazariyasi-1

Ta'kidlash kerakki, voqeliklar tasodifiy belgilariga ko‘ra guruh- larga bo'linmaydi. Bu holat tahlil natijalariga jiddiy ta'sir etadi.
Voqeliklami tashkil etuvchi tarkib, tuzilish hamda tartib, ulaming o'zgarish sababi hamda o‘zgartiruvchi asosiy omillarining birgalikda yuzaga chiqishi hamda o‘zaro bog‘liqligi asosida ko'rsatkichlami guruhlashtirish uchun ilmiy asoslangan belgilar topiladi. Xo‘jalik jarayonlarini belgilar bo‘yicha guruhlarga ajratish bilan har bir guruhga tegishli boshqa voqeliklami aniqlash, o'rganish, ulaming o‘ziga xos tomonlarini topish hamda guruhdagi turli voqeliklami o'zaro aloqalari, bog‘liqliklari va ta'sirini bilish, shu asosda guruh bo‘yicha bir necha jarayonlaming birgalikdagi rivojlanishining yo‘nalishi hamda qonuniyligi aniqlanadi.
Demak, korxona faoliyatidagi voqeliklami tuzilishi va o‘zaro bog‘likliklarini o'rganish maqsadida barcha ko‘rsatkichlami ilmiy asoslangan belgilariga ko‘ra ajratib, ajralgan muayyan bo‘lakga tegishli voqeliklami alohida tarzda o‘rganish usuli guruhlash- tirishning mazmunini tashkil etadi. Shu joyda ta'kilab o‘tish kerakki, alohida olingan guruhlami o‘rganish natijasida olingan xulosalar iqtisodiy tahlilda belgilab olingan umumiy maqsad va vazifalardan kelib chiqib sintez qilinadi.
Iqtisodiy tahlilda guruhlashtirish maqsadi va vazifasiga ko‘ra: tipologik, tuzilish va omilli guruhlarga ajratiladi.
Tipologik guruhlashtirish - bir turdagi voqeliklami umumiy belgi bo‘yicha bo‘laklarga ajratishdir. Misol uchun, korxonalami mulkchilik shakli bo‘yicha (davlat, qo‘shma, AJ, xususiy va shu kabilar) yoki korxonadagi barcha xodimlami (asosiy va yordamchi ishchilar, injener-texnik xodimlar, xizmatchilar va shu kabilar) kategoriyalari bo‘yicha gumhlashtirish. .
Tuzilish bo‘yicha gumhlashtirish - ko‘rsatkichlami ichki tuzilishi va ulaming alohida qismlarini mutonosibligini o‘rganishga qaratilgan. Umumiy ishchilar tarkibida - ishchilarning malakasi, ma'lumoti, ish staji, yoshi, jinsi va boshqa belgilari bo‘yicha o‘rganish ushbu guruhlashtirishga misol bo‘la oladi.
Omilli (analitik) guruhlashtirish natijaviy ko‘rsatkichga (oqibat) ta'sir qiluvchi omil (sabab) bo‘yicha tashkil qilinadi. Bunday analitik guruhlashtinshda voqeliklaming bir-birlariga bog‘liqliklarini o‘rganish maqsadida ko‘rsatkichlar birinchisi ikinchisini keltirib chiqamvchi taribda tuziladi. Ya'ni, birinchi ko‘rsatkich ikkinchi ko‘rsatkichga ta'sir etuvchi omil, o‘z navbatida ikkinchi ko‘rsatkich birinchi ko‘rsatkich ta'sirining natijasidir. Misol uchun, guruhdagi xodimlarning ish staji, ulaming oylik maoshini o‘zgarishiga ta'sir etadi yoki ishlab chiqarish jarayonini texnik va texnologik jihatdan yangilash har bir ishchi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdorini oshirishga keskin ta'sir etashi va shu kabilar.
Ta'kidlash kerakki, har bir alohida olingan guruhdagi omil hamda natija ko‘rsatkichlari, boshqa guruhdagi xuddi shunday ko‘rsatkichlardan farq qilishi mumkin. Ya'ni, birinchi guruhdagi omil ko‘rsatkichi ikkinchi guruhda natija ko‘rsatkichi bo‘lishi mumkin. Demak, omil va natijani ifodalovchi ko‘rsatkichlar giiruhlar bo‘yicha o‘zgaruvchan tavsif kasb etadi.


  1. Download 1.1 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling