O‘zbek1ston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Download 1.1 Mb.
bet118/149
Sana25.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1227687
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   149
Bog'liq
16-Iqtisodiy-tahlil-nazariyasi-1

Ma 'lumotning analitik ekanligi butun iqtisodiy ma'lumot iqtisodiy tahlil talablariga javob berishi kerakliginin bildiradi, ya'ni maTumotlaming aynan sohalar faoliyati va iqtisodiy jarayonni har tomonlama o‘rganish uchun zarur bo‘lgan detallashtirilgan holda kelib tushishini ta'minlash, ular asosida asosiy omillaming ta'sir qilishini aniqlash va ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish uchun ichki xo‘jalik zaxiralarini o‘rganish imkoni bo‘lishi lozim. Shuning uchun iqtisodiy tahlilning hamma infomatsiya ta'minoti boshqaruv talablariga asosan doimo mukamallashtirilib borilishi lozim.
Iqtisodiy ma'lumot haqiqiy holatga mos bo‘lishi hamda tadqiqot jarayonini obyektiv aks ettirishi kerak. Aks holda tahlil natijasida qilingan xulosalar, amaliyotga to‘g‘ri kelmaydi, tahlilchilar tomonidan ishlab chiqilgan takliflar esa nafaqat korxonaga kerakli bo‘lishi, balki unga ziyon keltirishi ham mumkin. Shuning uchun tahlil uchun yig‘ilgan ma'lumot yuqori sifatli bo‘lishini tekshirish lozim.
Ma ‘lumotning tezkorligi. Amalga oshirilgan xojalik jarayon- lari haqidagi ma'lumotlar qanchalik tez yetkazib berilishi, tahlilni ham shunchalik tezkor o‘tkazish mumkinligini, kamchiliklami, yo‘qotishlami aniqlash va ulami o‘z o‘mida bartaraf etishni bildiradi. Ma'lumotni operativligini oshirish yangi muloqot vositalaridan foydalanish, ulami EHM amalga oshirish hisobiga erishiladi.
Ma'lumotning sifatiga beriladigan talablardan biri uni tadqiqotning predmeti va obyektiga, ma'lum bir muddatga, ko‘rsatkichlami hisoblash metodologiyasi va boshqa bir qator belgilarga taqqoslanishini ta'minlashdir. Oldindan ko‘rsatkichlar taqqoslanishi ta'minlangan bo‘lsa, u holda tahlil ancha kam mehnat talab qiladi. Buning uchun butun raqamli ma'lumotning sifatliligi tekshirilganidan so‘ng, u ko‘rib chiqilgan qo‘llanishlami ishlatib ma'lum bir ko‘rinishga keltiriladi.
Informatsion bazani shakllantirishda tahlil qilish uchun ma'lumotlaimi onsonlashtirish maqsadga muvofiq. Analitik tadqiqot ko‘p holda bashorat tavsifiga ega bo‘lib, buxgalter hisobotidagi kabi aniqlikni talab qilmaydi. Xo‘jalik subyektlari faoliyatiga beriladigan umumiy bahoni osonlashtirish maqsadida birlamchi ma'lumotlar ko‘pincha o‘rta va nisbiy ko‘rsatkichlar darajasida ko‘rsatiladi.
Va nihoyat, ma'lumot tizimi ratsional bo‘lishi kerak, ya'ni ma'lumotni yig‘ish, saqlash va ishlatish uchun ketgan vaqtni kamaytirish lozim. Bir tomondan, iqtisodiy jarayonini kompleks tahlil qilish uchun har tomonlama ma'lumot talab qilinadi. Agar, bunday imkoniyat mavjud bo‘lmasa tahlil to‘liq bo‘lmaydi. Boshqa tomondan, ortiqcha ma'lumot uni qidirish, yig‘ish va qaror qabul qilish jarayonini uzaytiradi. Ushbu talabdan, ma'lumotni foydaliligini tekshirish zarurligi, hamda keraksiz ma'lumotlami chiqarish va kerakli ma'lumotlami kiritish asosida ma'lumotlami takomillashtirish mumkinligi kelib chiqadi.
Shunday qilib, iqtisodiy tahlilni samaradorligini ta'minlashda zaruriy shartlardan biri bo‘lgan, iqtisodiy tahlil ma'lumot tizimi yuqorida qayd etilgan talablarga muvofiq shakllanishi va takomillanishi shart.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling