Tadqiqotning obyektiga nisbatat ma'lumot ichki va tashqi boiadi. Ichki ma 'lumot tizimi bu buxgalteriya, statistika, operativ hisob va hisobot ma'lumotlari, reja ma'lumotlari, korxonada ishlab chiqilgan me'yoriy hujjatlar va hokazo. Tashqi ma'lumotlar tizimi bu statistik to‘plamlardagi qayd etilgan ma'lumotlar, doimiy va maxsus nashryotlar, konferensiya. va uchrashuvlardagi ma'lumot- lar, rasmiy va xo jalik-huquqiy hujjatlar va shu kabilar.
Tadqiqotning predmetiga nisbatan ma'lumot asosiy ma’lu- motga, hamda o‘rganilayotgan predmet sohasini yanada mukam- malroq tavsiflash uchunyordamchi ma 'lumotlarga bo‘linadi.
Doimiy ravishda tushadigan analitik ma'lumot regulyar va epizod tavsifidagi ma'lumotlarga boiiinadi. Regulyar ma'lumot manbalariga rejali va hisob ma'lumotlari tegishli. Epizod tavsifidagi ma'lumotlar esa keraklihk darajasiga nisbatan hosil bo‘ladi, misol uchun yangi raqobatchi haqida ma'lumot.
Regulyar ma'lumot, o‘z navbatida, o‘zini kerakliligini uzoq muddat saqlovchi doimiy ma'lumotga (kodlar, shifrlar, buxgalteriya hisobining rejasi va shu kabilar), o‘zini kerakliligini ma'lum bir muddat saqlaydigan shartli doimiy ma'lumotga (reja ko'rsatkichlari, me'yoriy ko‘rsatkichlar), voqealarning tez tez o‘zgarishini tavsiflaydigan o ‘zgaruvchan ma'lumotga (ma'lum bir muddat uchun tahlil qilinayotgan obyekt haqidagi hisob ma'lumotlari) kabilarga tasniflanadi.
O‘rganib chiqish jaryoniga nisbatan ma'lumotni birlamchi ma'lumot (birlamchi hisob, inventarizatsiya, kuzatish ma'lumot- lari) va ma'lum bir o‘rganish va o‘zgarish jarayonini o‘tgan ikkilamchi ma ‘lumotga (hisobot va shu kabilar) ajratish mumkin.
Tahlilning informatsiya ta'minotini amalga oshirishda bir qator talablar qo‘yiladi, ya'ni ma'lumotning analitik ekanligi, uning haqiqiyligi, tezkorligi, taqqoslana olishi, ratsionalligi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |