Tahlil rejasi va dasturini tuzish bosqichi. Iqtisodiy tahlilning dasturi va rejasini tuzib olish tahlilni tashkil etishning asosiy qismidir. Bu bosqichda iqtisodiy tahlil ishlari nimadan boshlanishi, tahlil o‘tkazuvchi komissiyaga kimlar kiritilishi hamda tahlil ishlari nima bilan yakunlanishi ko‘rsatib o‘tiladi. Bundan tashqari iqtisodiy tahlil o‘tkazish dasturida quyidagilar aniq ko‘rsatilgan va belgilanib olingan bo‘lishi lozim:
tahlilning maqsadi va vazifasi;
tahlil obyekti;
iqtisodiy tahlil ishlarini olib borish joyi;
tahlil mazmunini izohlash;
ijrochilami tarkibi va ulaming vazifalari;
tahlil o‘tkazish muddatlari;
tahlil manbalari va ulami natijalarini rasmiylashtirish tartibi.
Tahlil uchun zarur ko‘rsatkichlarni belgilash hamda kerakli boHgan manbalarni aniqlash bosqichi. Ushbu bosqichda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
tahlil uchun zarur ma'lumotlami aniqlanadi;
tahlil manbalari belgilanadi;
qo‘shimcha ma'lumotlar j alb etiladi.
To'plangan ma'lumotlar va ulaming manbalarini to‘g‘- riligini tekshirish hamda ishonchliligini aniqlash bosqichi. Manbalar tahlil uchun moslashtiriladi. Bundan tashqari ushbu bosqichda quyidagilar belgilab olinadi.
tahlil usullari;
ma'lumotlami soddalashtirish;
jadval, chizma va maketlami tuzish;
ta’sir etuvchi omillami topish;
zaxiralami aniqlash.
Iqtisodiy tahlil bosqichi. Bu eng muhim bosqich bo'lib, bevosita tahlil jarayonlari amalga oshiriladi, ko‘rsatkichlar hisoblanadi, o‘zgarishlar topiladi, o‘zgarish sabablari va unga ta’sir etuvchi omillar, ham miqdor, ham tartib jihatdan aniqlanadi. Ushbu bosqichda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
mezon ko‘rsatkichlarini aniqlash;
ko‘rsatkichlami hisob-kitob qilish hamda natijalami baholash;
baholashda ekspertizadan foydalanish;
natijalami umumlashtiruvchi mezonlami aniqlash;
tahlil natijalarini xulosaga tayyorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |