O‘zbek1ston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Tahlil natijasida qilingan ma'lumotnoma yoki xulosalar


Download 1.1 Mb.
bet123/149
Sana25.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1227687
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   149
Bog'liq
16-Iqtisodiy-tahlil-nazariyasi-1

Tahlil natijasida qilingan ma'lumotnoma yoki xulosalar mazmuni tushuntirish xatidan farqli ravishda ko‘proq aniqlashtirilgan, kamchilik yoki muvafaqqiyatlami kamroq hajmda tartib bilan ko‘rsatadigan, aniqlangan ma'lumotlami qo‘llaydigan bo‘lishi mumkin. Unda korxona umumiy tasnifi va uning faoliyatiga sharhlari yozilmaydi.
Tahlil natijasini matnsiz ko‘rinishda taqdim etilishiga alohida to‘xtab o‘tish lozim. U doimiy maket tarzidagi analitik jadvallar, grafikalardan tashkil topib, hech qanday tushuntirish xatidan iborat bo‘lmaydi. Analitik jadvallar va grafikalar sistematizatsiyalashga, o‘rganilayotgan materialni umumiylashtirishga va uni qabul qilish uchun oson bo‘lgan ko‘rinishda taqdim etishga ijozat beradi. Jadvallar tuzilishi turli xilda bo‘lishi mumkin. Ular tahlil talablari asosida tuziladi. Analitik jadvallardagi ko‘rsatkichlami shunday tartibda joylashtirish lozimki ular bir vaqtda ham analitik ham ilyustratsiya materiali tarzida ifoda etishi lozim. Lekin bir jadvalda korxona ishining hamma ko‘rsatkichlami berish yoki juda ko‘p jadvallar kiritish ham maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Jadvallaming ko‘pligi ham ulardan foydalanishni qiyinlashtiradi. Analitik jadvallar va grafikalar juda oddiy va yaqqol bo‘lishi kerak.
Tahlil natijalarini bunday tartibda ramiylashtirish oxirgi paytda juda ko‘p qo‘llanilmoqda. U ko‘rib chiqilgan va sistematizatsiya- lashgan ma'lumotni mustaqil o‘rganib chiqib, kerakli xulosalami chiqara oladigan, yuqori toifali ishchilarga mo‘ljallangandir. Tekstsiz tahlil uining ta'sir kuchini oshiradi, chunki bunda tahlilni bajarishda hamda uining natijalaridan foydalanishdagi uzilish qisqaradi.
Amaliyotda judayam kerakli bo‘lgan tahlil natijalari korxona iqtisodiy pasportning ma'lum bir bo‘limiga kiritiladi. Bir necha yil mobaynida yig‘ilgan bunday ma'lumotlar tahlil natijalarini umumiy holatda ko‘rib chiqishga imkon yaratadi.
Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar:

  • iqtisodiy tahlilning asosiy qoidalari;

  • tahlilni tashkil etish shakllari;

  • tahlilni tashkil etish va o‘tkazish bosqichlari;

  • iqtisodiy tahlilni rejalashtirish;

  • tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish.

Takrorlash uchun savollar:

  1. Xo‘jalik subyektlari faoliyatini tahlil etishning zaruriyati va asosiy qoidalari nimalardan iborat?

  2. Korxonada iqtisodiy tahlilning ijrochilari tarkibiga kimlar kiradi?

  3. Iqtisodiy tahlil qanday bosqichlarda tashkil etiladi?

  4. Tahlil o‘tkazish dasturi va rejasini tuzib olish bosqichida qanday vazifalar amalga oshiriladi?

  5. Tahlil natijalari qanday rasmiylashtiriladi?


Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling