Tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish bos- qichi. Bu bosqichda o‘rganilayotgan iqtisodiy jarayon yakunlanadi. O‘zgarishlarga baho beriladi. Bundan tashqari ushbu bosqichda quyidagi ishlar amalga oshirilishi zamr bo‘ladi:
korxona faoliyati natijalanning o‘zgarish sabablarini tushuntirib berish;
korxona faoliyatini yanada yaxshilashga oid zaxiralami jamlab ko‘rsatib berish;
aniqlangan zaxiralardan foydalanish tadbirlarini belgilash;
tahlil natijalarini hisoblash va hisobotda ifodalash.
Tahlil natijasida aniqlangan ilg‘or g‘oya va tajribalarni amaliyotda qo‘llash choralari va tadbirlarini ko‘rsatib berish hamda ularni amaliyotga tadbiq etish bosqichi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda iqtisodiy tahlilni tashkil etish va o‘tkazish bosqichlarining umumiy ko‘rinishini quyidagi chizmada ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin.
6.1-chizma. Tahlilning asosiy bosqichlari
Tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish
Korxona va tashkilotlami xo‘jalik faoliyati tahlilining natijalari analitik mavzular yoki xojalikni yillik hisobotiga ilova qilinadigan bayonnoma ko‘rinishida ifoda etiladi.
Tahlil natijalarini umumlashtirish va yakunlash qaysi turdagi tahlilni o‘tkazganligiga qarab bajariladi. Misol uchun, korxonalarning yillik hisoboti asosida o‘tkazilgan joriy tahlilning yakuni, umumiy xulosalar va yuqori tashkilotlarga tushuntirish xati yozish orqali yakunlanadi. Ayrim turdagi boshqa tahlil turlarining natijalari esa mutaxassislarni ma'ruzasi, korxona rahbarining buyrug‘i, jamoaning majlis bayoni, audit xulosalari orqali umumlashtirilishi mumkin.
Tahlil natijalarini umumlashtirganda albatta erishilgan natija- lar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda yutuqlar aniq raqamlarda va faktlar bilan ko‘rsatilgan bo‘lishi talab etiladi. Shuningdek, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklami tuzatish chora-tadbirlari, ya'ni takliflar ham ko‘rsatiladi.
Iqtisodiy tahlil natijalarini rasmiylashtirish va umumlash- tirishga korxonaning umum majlis materiallari, turli xil diagram- ma, jadval va grafiklar tuzib mehnatkash ommaga ko‘rsatma sifatida osib qo‘yish, oynoma va ro‘znoma sahifalarida ma'lumot- lami chop etish, axborot doskalaridagi ko‘rsatkichlami e'lon qilib borish ham hisoblanadi.
Korxona yoki uning bo‘limlari faoliyati bo‘yicha qilingan analitik tadqiqotning turli xil natijalari tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Bu analitik hisobot (tushuntirish xati), ma'lu- motnoma va xuloslar bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |