O‘zbek1ston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Tahlilni amalga oshirishda uning uslubiy ta’minoti ham alohida o‘ringa ega


Download 1.1 Mb.
bet119/149
Sana25.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1227687
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   149
Bog'liq
16-Iqtisodiy-tahlil-nazariyasi-1

Tahlilni amalga oshirishda uning uslubiy ta’minoti ham alohida o‘ringa ega. Korxonada qanday tahlil uslubi qo‘llani- lishiga qarab, uning natijasini aniqlash mumkin. Tahlilning uslubiy ta'minoti bo‘yicha mas'uliyat odatda, korxonada analitik ishni boshqaradigan mutaxassisga yuklatiladi. U doimiy ravishda
iqtisodiy tahlil metodikasi ni tahlil sohasidagi tajriba va ilm-fan taraqqiyotini o‘rganish asosida takomillashtirishi hamda ulami korxonaning har bir segmentida joriy etish, tahlil bo‘yicha kadrlami tayyorlashi va qayta tayyorlash ishlarini amalga oshiradi. Mas'uliyatli shaxsni tayyor iqtisodiy-matematik usullami qo‘llab tezkor va kompleks tarzda hujjatlar asosida faoliyat natijalarini o'rganishni ta'minlovchi tahlil dasturlarini joriy etishi yoki o‘zi ijodiy tarzda ishlab chiqishi kabi harakatlari alohida ahamiyat kasb etadi.

  1. Iqtisodiy tahlilni tashkil etishning bosqichlari

Iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayoni, bozor mexanizmining takomillashishi, islohotlaming tobora chuqurlashib borishi har bir iqtisodiy jarayonni chuqur tahlil qilishni taqozo qilmoqda. Chunki mulkdor iqtisodiyot jarayonida asosiy subyekt sifatida ishtirok etadi. U o‘z mulkining ko‘payishidan, ko‘proq foyda olishidan manfaatdor. Bu uchun tadbirkorlik, izchillik, ziyraklik va aql bilan ish ko‘rish lozim. 0‘z navbatida mulkining holati, ishlatilishi va saqlanishini tahlil qilinishini taqozo etadi. Demak, iqtisodiy tahlil eng awalo mulkdor uchun kerak ekan.
Mulkdor o‘z mulkini ishlatisfi uchun turli korxonalarga ega bo‘lishi mumkin. Bu esa boshqa kishilami, mutaxassislami, xodim- lami yollashiga to‘g‘ri keladi. Ular mehnat jamoasini tashkil etadi. Korxonaning yaxshi, samarali ishlashi mehnat jamoasining farovonligini ta'minlaydi. Mehnat jamoyasi o‘zi ishlayotgan korxona xo‘jalik faoliyatini muntazam tahlil qilib borishni taqozo qiladi. Demak, iqtisodiy tahlil bevosita mehnat jamoasi uchun ham kerak ekan.
Har bir korxonaning xo‘jalik faoliyati natijasidan davlat ham manfaatdor. Chunki har bir korxona o‘z mulkidan, qilgan oboroti va olgan foydasidan soliq to‘laydi. Shu tufayli davlat nomidan soliq idoralari ham korxona faoliyatini chuqur tahlil qilib borishdan manfaatdor. Demak, iqtisodiy tahlil soliq idoralari xodimlari uchun ham kerak ekan.
Iqtisodiyotni modemizatsiya qilish sharoitida iqtisodiy tahlil bilan korxonadagi deyarli hamma mutaxassislar shug‘ullanadi. Ammo hammasi ham korxona to‘g‘risida jamlangan batafsil axborotga ega emas. Hamma o‘zi bajarayotgan u yoki bu soha bo‘yicha axborotga ega. Shu jihatdan hamma o‘zining sohasini muntazam tahlil qilib boradi.
Lekin shuni e'tirof etish kerakki, xo'jalik faoliyati to‘g‘risida butun faoliyatni o‘zida jamlagan axborotlar buxgalteriyada to‘planadi va qayta ishlanadi.
Analitik ishlaming muvaffaqiyati ko‘p jihatdan uni qanday tashkil etilishiga bog‘liq. Korxona faoliyatida iqtisodiy tahlilni tashkil etishning quyidagi bosqichlardan iborat:

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling