O‘zbek1ston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Download 1.1 Mb.
bet34/149
Sana25.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1227687
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   149
Bog'liq
16-Iqtisodiy-tahlil-nazariyasi-1

Xo‘jalik nomeri

Tuproq sifati, ball

Hosildorlik, s/ga

1

31

40

2

32

42

3

33

43

4

34

43

5

35

44

6

36

44

7

37

46

8

38

47

9

39

48

10

40

48


Boshqaruv qarorlarining turli variantlarini qiyoslash oldindan tahlilda reja va boshqaruv qarorlari asoslangan holda keng qo‘llaniladi. Qaror qabul qilishda uning barcha ehtimoliy variantlarini ko‘rib chiqish va qo‘yilgan maqsadlarga yanada samarali usulda erishilishini ta'minlovchi eng yaxshi variantini tanlash uchun zarur.
Turli ko‘rsatkichlarning o‘sish srn',atlarini tadqiq qilinayotgan vaqt davri uchun qiyoslash iqtisodiy tahlilda konkret sharoit va konkret vaqt intervalida iqtisodiy qonunlaming namoyon bo‘lish xarakterini o‘rganish uchun foydalaniladi. Misol uchun, mehnat unumdorligini oshib borish qonuni mehnat unumdorligi o‘sish sur'atlarini mehnat haqi o‘sish sur'atidan yuqoriroq bo‘lishini hamda shu tartibda davom etishini talab qiladi. Korxonaning iqtisodiy barqaror rivojlanishi ta'minlash uchun korxonaning tushumining o‘sish sur'atlari uning aktivlarining o‘sish sur'atlaridan, foydasining o‘sish sur'atlari esa - tushum o‘sish sur'atlaridan yuqoriroq bo‘lishini talab qiladi. Agar bu qonunga doimo rioya qilinsa, u holda korxona o‘zining bozor pozitsiyasini mustahkamlash uchun yaxshi istiqbolga ega yoki aksincha.
Turli vaqt davrlari uchun ayni bir ko‘rsatkichning o‘sish sur'atlarini qiyoslash resurslardan turli vaqt kesimida (yil, kvartal, oy, kun, soat) foydalanish to‘liqligini baholashga imkon beradi.
Misol uchun, agar o‘rtacha soatlik ishlab chiqarish o‘sish sur'ati o‘rtacha kunlik ishlab chiqarish o‘sish sur'atidan oshsa, u holda bu ish vaqtining ichki smena yo‘qotishlari o‘sishidan guvohlik beradi. Agar kunlik ishlab chiqarish o‘sish sur'ati o‘rtacha yillik ishlab chiqarish o‘sish sur'atidan yuqori bo‘lsa, u holda bu kun bo‘yi rejadan ortiqcha ish vaqti yo‘qotishlariga izoh bo‘la oladi.
Omillaming ta'sirini hisoblash, rezervlar miqdorlarini aniqlashda ham muayyan omilni ishlab chiqarish vaziyati o‘zgarishlaridan oldin va keyin faoliyat natijalari qiyoslashda keng qo‘llaniladi.

  1. Ko‘rsatkichlarni taqqoslama ko‘rinishga keltirish usullari

"Tahlilda rioya qilish muhim shartlardan biri — ko‘rsatkich- laming taqqoslanuvchanligini ta'minlashdir. Chunki, faqat sifat jihatidan bir xil kattaliklami qiyoslash mumkin.
Ko‘rsatkichlaming taqqoslanuvchan emasligi turli sabablarga ko‘ra kelib chiqishi mumkin: turli narxlar mavjudligi, faoliyati hajmi; struktur o‘zgarishlar; mahsulotlar sifati bir xil emasligi; taqqoslanayotgan ko‘rsatkichlar uchun tanlangan vaqt kesimi har xilligi; faoliyatning bir xil bo‘lmagan boshlang‘ich sharoiti (texnik, tabiiy, iqlim va b.); ko‘rsatkichlami hisoblashning usullari turlichaligi; korxonaning hisob siyosatining o‘zgarishi bilan va b. 0‘rganilayotgan ko‘rsatkichlar taqqoslanuvchanligini ta’minlash uchun yuqorida sanalgan omillar bo‘yicha ulami yagona bazaga olib kelish zarur.
Birinchi navbatda barcha qiymat ko‘rsatkichlaming kattaligiga ta’sir ko‘rsatuvchi (ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotlar qiymati, tushum, tannarx, foyda, material xarajatlari hajmi, zaxiralar, asosiy vositalar va b.) inflyatsiya bilan aloqadorlikda narx o‘sishini e'tiborga olmoq zarur. Ushbu omilning ta'sirini xolislantirish uchun, taqqoslanayotgan ko‘rsatkichlar bir xil narxda ifodalanadi.
Misol uchun, yalpi mahsulotlar chiqarish taqqoslanuvchan- ligini ta'minlash uchun uning hisobot va bazis davrlardagi fizik hajmi v bazis davr narxlarida ifodalanadi:


Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling