O’zbekistо n respublikasi


Download 54.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana06.11.2023
Hajmi54.54 Kb.
#1752097
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Мз5

Real resurslar deb jamiyatni ayni xolatdagi rivojlanish bosqichida qidirib 
topilgan, zaxiralari aniqlangan va jamiyat tomonidan faol ishlatilayotgan resurslarga 
aytiladi. Ishlab chiqarishni rivojlanishi, ilmiy ishlar va ishlanmalarni amaliyotga 
tadbiq etila borishi bilan real resurslar ham o’zgarib boradi. Masalan, insonlarning u 
yoki bu sohani takomillashtirib borish jarayonida bir energetik resurslar boshqasiga 
almashtiriladi. Masalan, sanoat korxonalari paydo bo’layotgan dastlabki davrlarda 
yonilg’i sifatida kit moyidan foydalanilgan. Kitlarni ovlash sanoatni rivojlantirishi 
uchun muhim hisoblansa-da, kitlarni keskin kamayib ketishiga sabab bo’ldi. SHu 
bilan birga kitlarni ovlashni ta’minlash masalasi ham qiyinlashib bordi. Energiya xom 
ashyosini boshqa turiga almashtirish ehtiyoji tug’ildi. Endi o’rmon yonilg’i resursi 
sifatida ishlatila boshlandi. Bu xol ham o’rmonzorlar maydonini keskin kamayib 
ketishiga olib keldi. SHuningdek o’rmonlarni kesib ishlatish iqtisodiy jihatdan o’zini 


oqlamay qoldi. SHundan so’ng avval ko’mir, so’ngra gaz konlarini qidirib topish va 
ishlatish amalga oshirildi. 
Jamiyatning hozirgi rivojlanish davrida energiya resurslari manbai sifatida 
gidroelektrostantsiyalar energiyasidan foydalanish yetakchi o’rinni egalladi. SHunga 
qaramasdan yer ostidan qazib olinadigan energiya xom ashyolariga (ko’mir, neft , va 
gazga)bo’lgan ehtiyoj tobora oshib bormoqda. CHunki dunyo bo’yicha elektr 
energiyasining 60% i issiqlik elektr stantsiyalari (IES) hisobiga olinmoqda. Katta 
miqdorda energiya talab qilinadigan sanoat korxonalarini energiya bilan ta’minlash 
uchun 
energetik 
resurslarning 
boshqa 
turlaridan 
foydalanishga 
e’tibor 
qaratilmoqdaki, bu xol insoniyatni bitmas tugalmas energiya bilan ta’minlashga 
xizmat qilishi mumkin. Kelajakda termoyadro energetikasi, shamol generatorlari va 
quyosh energiyasidan foydalanish imkoniyatlari shular jumlasidandir. Insoniyat 
o’tmishda energiya inqiroziga bir necha marta uchraganligi ma’lum, ammo inson bu 
muammolarni muvofaqiyatli xal qila olgan. 

Download 54.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling