O’zbekistо n respublikasi


Download 54.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana06.11.2023
Hajmi54.54 Kb.
#1752097
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Мз5



3 - mavzu: Tabiiy resurslar
Reja: 
1. Tabiiy resurslar va ularning sinflanishi 
2. Tabiiy resurslardan foydalanishning ekologik oqibatlari 
3. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish 
Tabiiy resurslar deb tabiatda mavjud bo’lgan, insonlar tomonidan 
yaratilmaydigan, jamiyatning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish hamda 
xo’jalik faoliyatlarini rivojlantirish uchun xizmat qiladigan tabiiy ob’ektlarga, 
sharoitlarga va jarayonlarga aytiladi. Tabiiy resurslar foydalanish sohasiga ko’ra 
ishlab chiqarish, sog’liqni saqlash, madaniy, ilmiy va boshqa resurslarga, tabiatning u 
yoki bu komponentlari tarkibiga ko’ra esa suv, o’rmon, mineral, energiya va boshqa 
resurslarga ajratiladi. Mamlakatni tabiiy resurslarga boyligi uning iqtisodini 
rivojlantirishning muhim shartidir, aksincha, zaxiralarini kamligi yoki umuman 
yo’qligi ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish imkoniyatini bermaydi. SHuni ham 
ta'kidlash joizki, bu qonuniyatni har doim ham to’g’ri deb bo’lmaydi. Dunyoda 
shunday mamlakatlar borki, ular joylashgan hududda mineral resruslar umuman yo’q 
yoki bo’lsa ham juda oz miqdorda, shunga qaramasdan rivojlangan mamlakatlar 
qatoriga kiradi. Masalan, YAponiya, Janubiy Koriya, Singapur va boshqalar. Bu 
mamlakatlarda ishchilar, muxandislar va texnik xodimlarning yuqori malakaga 
egaligi, fan-texnika taraqqiyoti uchun yaratilgan sharoitlar sanoatni rivojlantirishda 
eng muhim omillaridan hisoblanadi. Ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish jamiyat 
munosabatlari harakteri bilan belgilanadi. Ko’plab sekinlik bilan rivojlanayotgan 
mamlakatlar rivojlangan mamlakatlarni xom ashyo va energiya resurslari bilan 
ta’minlovchi mamlakatlarga aylanib qolganlar. O’zbekiston Respublikasi o’zining 
moddiy boyliklari va ma’naviy saloxiyatini yuqoriligi bilan boshqa mustaqil 
davlatlardan keskin farq qiladi. CHunki bu hudud yuqorida aytib o’tilganideq 
mamlakat rivojining muhim sharti hisoblangan yer osti va yer usti resurslariga boy. 
YAponiya, Koreya, Singapur davlatlaridagi kabi yoshlarni ilm olishga bo’lgan 
intilishlari, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar, eng muhimi uzoq o’tmishdan meros 
bo’lib kelayotgan ma’naviy qadryatlarimiz O’zbekistonning tezlik bilan rivojlanishi 
uchun muhim omil bo’la oladi. 
Jamiyatni ma’lum rivojlanish davri davomida tabiiy resurslardan foydalanishda 
ularni real va potentsial resurslarga ajratiladi.

Download 54.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling