O’zbekistо n respublikasi
Download 54.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Мз5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qayta tiklanmaydigan resurslar
Tabiiy resurslar tasnifi
Tugaydigan resurslar Tugamaydigan resurslar Tiklanmaydigan resurslar Tiklanadigan resurslar Havo, suv, iqlim, koinot resurslari. Quyosh, yadro, geotermal, shamol, to’lqin energiyalari hamda yerning ichki issiqlik energiyasi Er osti qazilmalari (rudali, noruda va yonilg’i qazilma boyliklar) Tuproq, o’simlik va hayvonlar, qisman suv resurslari Tugaydigan tabiiy resurslar zaxirasiga va ulardan jadallik bilan foydalanish ko’lamiga bog’liq ravishda kishilik jamiyati extiyojlarini faqat ma’lum davr davomida ta’minlashi mumkin. Ular tabiatda o’z-o’zidan tiklanmaydi. Insonlar tomonidan bunday resurslarni yaratish mumkin emas. CHunki tiklanmaydigan resurslar tabiatda uzoq geologik davrlarda va jarayonlarda kimyoviy elementlarning to’planishi natijasida hosil bo’ladilar. Ular tabiiy biogeokimyoviy tsiklda qatnashmasliklari mumkin emas. Biosferada kimyoviy elementlar miqdorini optimal darajasi ana shunday boshqarilgan va boshqariladi. Tugaydigan resurslar o’z navbatida qayta tiklanmaydigan, tiklanadigan va nisbatan tiklanadigan resurslarga bo’linadi. Qayta tiklanmaydigan resurslar-umuman tiklanmaydi yoki insonlar tomonidan ulardan foydalanish davri davomida juda sekinlik bilan tiklanadi. Bunday resurslarga neft , toshko’mir va boshqa qazilma boyliklar kiradi. Bunday resurslardan foydalanish albatta, ularni tugashiga olib keladi. SHuningdek qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslarni muhofaza qilish, ulardan tejab-tergab, oqilona, kompleks ravishda foydalanishda namoyon bo’ladi. Bundan maqsad ularni qazib olish va qayta ishlash vaqtida yo’qotilishini kamaytirishga erishish hamda bu resurslarni boshqalariga yoki sun’iy yaratilganlarga almashtirishdan iborat. Tabiiy resurslarning ko’plab turlari XXI asrda tugaydi degan noto’g’ri bashoratlarga ko’pchilik olimlar tanqidiy munosabat bildirmoqdalar. Bunday bashoratchilar ikkilamchi xom ashyolarni qayta ishlash texnologiyalarini takomillashib borishini, sun’iy materiallardan foydalanish xajmini tobora o’sib borayotganligini, energiya ta’minotini ortib borishi evaziga xom ashyolarni va yer qa’rining chuqur qismida joylashgan neft saqlovchi qatlamlardan neft qazib olish texnologiyalarini yaratilayotganligini hisobga olmaganlar. XX asrning boshlarida sayyoramizda neft zahiralari 190 million tonnani tashkil qilgan bo’lsa, 30 yildan so’ng 1090 million tonna deb baholangan. 1970 yillarda yer qa’ridan 33 milliard tonna neft va 15 trillion m 3 gaz qazib olingan. Hozirgi kunga kelib faqatgina quruqlikdan topilgan neft zaxiralari 27 milliard tonna, potentsial zaxiralari bilan hisoblaganda esa 68 milliard tonna deb baholanmoqda. Kelajakda okeanning chuqur tubida joylashgan neft saqlovchi hududlardan neft qazib olish imkoniyatlari mavjud. Hisob-kitoblarga ko’ra hozirgi kundagi jadal qazib olish sharoitida yer yuzi aholisini asosiy metallarga bo’lgan extiyojini qondirish uchun quruqlikdan topilgan va 2000 metr chuqurlikgacha suvdagi mineral resurslar zaxiralari quyidagicha(million tonna hisobida): alyuminiy-1500; kumush-65; xrom- 20; kobal t-220; mis-2; molibden-50; oltin-3,5; platina-9; qalay-1; volfram-400; uran-100; vanaddiy-2500; rux-6. SHuning uchun ehtiyojdan kelib chiqib, u yoki bu xom ashyo zaxirasidan foydalanishda, geologik qidiruv ishlari samaradorligini yaxshilash imkonini beruvchi va qazilma boyliklari qazib olish usullarini takomillashtirishni ko’zda tutuvchi ilmiy-texnika yutuqlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Taraqqiyotning hozirgi bosqichida bilimlarimiz doirasida hozircha birinchi guruh tugaydigan resurslarini qayta tiklanmaydigan resurslar deb hisoblashga xaqlimiz. Download 54.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling