O’zbekistо n respublikasi


Qayta tiklanadigan tabiiy resurslar


Download 54.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana06.11.2023
Hajmi54.54 Kb.
#1752097
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Мз5

Qayta tiklanadigan tabiiy resurslar deb ma’lum tabiiy sharoitda undan 
foydalanish davomida doimiy ravishda qayta tiklab borish imkoniyati bo’lgan 
resurslarga aytiladi. Bunday resurslarga o’simliklar va hayvonot dunyosi, qator 
mineral resurslar, masalan, ko’l tubida yig’iluvchi tuzlar, torf qatlamlari hamda 
tuproqlar kiradi. Ammo ularni tiklash va ko’plab ishlab chiqarishni ta’minlash 
uchun ma’lum shart-sharoitlar yaratish lozim. Qayta tiklanadigan resurslarni 
tiklash jarayoni turli xil tezlikda kechadi. Tuproqlarda 1 sm.li gumus qatlami 
hosil qilish uchun 300-600 yil, kesilgan o’rmonlarni, ovlanadigan hayvonlarni 
tiklash uchun esa o’nlab yillar talab etiladi. Tabiiyki, qayta tiklanadigan 
resurslardan foydalanish darajasi ularni tiklanish tezligiga mos kelishi kerak. 
Aks xolda qayta tiklanadigan tabiiy resurslar qayta tiklanmaydigan resurslarga 
aylanib qolishi mumkin. Masalan, tuproq-o’lik tuproqqa aylanishi, hayvonot va 
o’simlik turlari esa umuman yo’qolib ketishi mumkin. SHuni ham nazarda 
tutish lozimki, ko’plab tabiiy resurslar juda sekinlik bilan tiklanadilar. O’rmon, 
tuproq, hayvonlarning ko’plab turlari shular jumlasidandir. Bunday resurslar 
nisbatan tiklanadigan tabiiy resurslar deb ataladi. Ular shunday tabiiy 
resurslarki, ularni tiklash uchun insonning bir necha avlodi umri talab etiladi. 
Bu guruhga suv, shamol, o’tloq, irrigatsiya, sanoat va boshqa turdagi tuproqlar 
eroziyasini ham kiritish mumkin. Ma’lumki, tuproqlarning xaydaladigan 
yuqori qisminigina tabiiy sharoitda tiklash uchun bir necha ming yil talab 
etiladi. Ko’p yillik daraxtlardan tashkil topgan o’rmonlarni ham nisbatan 
tiklanadigan tabiiy resurslar qatoriga kiritish mumkin. Masalan, sakvoy daraxti 
6 ming yilgacha umr ko’rishi va balandligi 100 metrdan ortiq bo’lishi mumkin. 
San-Frantsisko yaqinida o’sadigan bu ulkan daraxtlarni ayovsiz kesish hisobiga 
hozirgi kunga kelib ularning bir necha donasi qoldi holos. Hozir u yerda 
maydoni 424 akrali qo’riqxona tashkil etilgan. Bu yerda sakvoylarning bir 
oylik ko’chatlaridan tortib, yiriq ammo bir necha namoyondalari o’stirilmoqda. 
Sakvoy daraxti po’stlog’ining qalinligi 30 sm.dan ortiq bo’lganligi sababli 
yong’inga chidamli hisoblanadi. Ko’plab sakvoylar Amerikaning taniqli 
insonlari nomi bilan ataladi. Masalan, «General SHerman» deb ataluvchi 
sakvoy daraxtining balandligi 91 metrni, diametri 20 metrni, og’irligi esa 2000 
tonnani tashkil etadi. Bu kabi daraxtning bir donasidan olingan yog’och 
materiallarini tashish uchun bir butun temir yo’l tarkibi talab etiladi. Bitta 
sakvoy daraxtidan olinadigan yog’ochdan 45 ta bir honali uy qurish mumkin. 
Sibir kedri Rossiyada bir necha million gektar maydonni egallagan bo’lsada, 


ularni ham nisbatan tiklanadigan tabiiy resurslar qatoriga kiritish lozim. Uning 
umr ko’rish davomiyligi 300 yilga yetadi. Boshqacha so’z bilan aytganda bir 
necha inson avlodi umriga teng. 

Download 54.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling