O’zbekistо n respublikasi
Download 54.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Мз5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Tugamaydigan resurslar. Bunday resurslarga shartli ravishda koinot, iqlim va
suv resurslarini kiritish mumkin. Koinot resurslariga quyosh radiatsiyasi, dengiz suvlarining to’lqinlanish energiyasi va shu kabilar kiradi. Ular deyarli tugamaydi va ularni muhofaza qilish(masalan, quyoshni) atrof-muhitni muhofaza qilish uchun ob’ekt bo’la olmaydi. CHunki insoniyat bunday imkoniyatga ega emas. Ammo, quyosh energiyasining yer yuzi bo’ylab tarqalishi atmosfera xolatiga, uning ifloslanganlik darajasiga bog’liq. Bunday omillarni esa insoniyat boshqara oladi. Iqlim resurslari. Atmosfera issiqligi va namligi, havo, shamol energiyasi deyarli tugamaydi. Lekin, atmosfera turli mexanik qo’shimchalar, sanoat korxonalari va transport vositalarining turli gazlari, hamda radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi natijasida sezilarli darajada uning tarkibi o’zgarishi mumkin. Havo musaffoligi uchun kurashish bu tabiiy resursni himoya qilishning muhim vazifalaridan biridir. Suv resurslari umuman biosfera uchun tugamaydigan resurslardir. Biroq, chuchuk suvning zaxiralari va miqdori yer yuzining turli qismlarida keskin o’zgarib turadi. Daryo va ko’l suvlarini kamayishi bilan bog’liq chuchuk suv yetishmovchiligi hamda suvlarni ifloslanishi hozirgi kunda sezilarli darajada tezlashdi. SHuning uchun chuchuk suv sarfi va tozaligi ustidan nazoratni kuchaytirish lozim. Amaliy jihatdan Dunyo okeani suvlari tugamaydigan resurslar hisoblanadi. Ammo, ularga neft mahsulotlari, radioaktiv va boshqa chiqindilarning to’qilishi xavf solmoqda. Bu xol o’z navbatida okean suvlarida hayot kechiruvchi hayvonlar va o’simliklarning yashash sharoitlarini o’zgartirib yubormoqda. Nazorat savollari 1.Tabiiy resurslar deb qanday resurslarga aytiladi? 2 . Real va potentsial resurslar mazmunini tushuntiring? 3. Tugaydigan resurslardan oqilona foydalanishning ekologik ahamiyati qanday? 4. Qayta tiklanadigan va qayta tiklanmaydigan resurslarni mohiyatini tushuntiring. 5. Ilmiy texnik taraqqiyotning ekologik jihatlarini ochib bering. 6. Insonni tabiatga va tabiiy resurslarga ta’sir ko’rsatish shakllarini ayting. 7. Tugamaydigan tabiiy resurs turlari va ularning tugamaslik sabablari nimada? Download 54.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling