O’zbekistо n respublikasi


Potentsial tabiiy resurslar


Download 54.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana06.11.2023
Hajmi54.54 Kb.
#1752097
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Мз5

Potentsial tabiiy resurslar deb jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida 
qidirib topilgan, qisman va miqdoran aniqlangan resurslarga aytiladi. Ammo ulardan 
foydalanish turli sabablarga ko’ra ayni paytda davlat tomonidan maqsadga muvofiq 
emas deb topilgan bo’lishi mumkin. Boshqa so’z bilan aytganda, ulardan foydalanish 
uchun texnik vositalar yetarli bo’lmagan, xom ashyolarni qayta ishlash 
texnologiyalari ham ishlab chiqilmagan yoki umuman yaratilmagan bo’lishi mumkin. 
Masalan, tosh davrida metall potentsial resurs emas edi. CHunki inson uni ajratib 
olish texnologiyasini bilmas edi. Bronza asriga kelib temir rudalari potentsial 
resurslarga aylanib qoldi. CHunki insonlar rudadan temirni ajratib olish 
texnologiyasini o’zlashtirib oldilar. 
YEr sayyorasining potentsial yer resurslariga cho’llar, tog’liklar, botqoqliklar, 
sho’rlangan hududlar, doimiy muzliklar ham kiradi. Hozirgi davrga kelib 
insonlarning yer resurslariga bo’lgan extiyojlarini tobora oshib borayotganligiga 
qaramasdan mavjud barcha yerlarni qishloq xo’jaligi uchun o’zlashtirishni imkoniyati 
yo’q. Masalan, botqoqliklarni o’zlashtirishda drenajlar o’tkazish, sho’rlangan 
hududlar to’zini yuvish va oqavalarni chiqarib yuborish uchun drenajlar yotqizish 
ishlariga katta miqdorda sarf-harajatlar talab etiladi, shuningdek yerlarning sho’rini 
yuvish uchun chuchuk suv bilan ta’minlashning iloji yo’q. Doimiy muzliklar bilan 
qoplangan hududlarda dexqonchilik qilishning iloji bo’lmasada sanoat korxonalari 
qurish, qazilma boyliklarni qazib olish imkoniyatlari mavjud. Potentsial resurslarga 
bir qator kosmik resurslar-quyosh energiyasi, dengiz suvlarining ko’tarilishi va 
qaytishi, shamol energiyalari va boshqalar ham kiradi. Olimlar tomonidan potentsial 
kosmik resurslardan foydalanish usullarini yaratishga bo’lgan qiziqish tobora ortib 
bormoqda. Kelajakda quyosh radiatsiyasini quyosh energiyasiga to’g’ridan-to’g’ri 
aylantirishning nisbatan arzon usullarini yaratish bir qator mamlakatlarni isitish 
tizimlari uchun sarf etiladigan energiyaning 50 foizini qoplashi mumkinligi hisoblab 
chiqilgan. Quyosh energiyasidan foydalanish sayyoramizning ekologik inqirozdan 
qutqarishda asosiy omil hisoblanadi. Uning yerdagi asosiy manbai esa yashil 
o’simliklardir. 
O’zbekistonda 
quyosh 
energiyasidan 
foydalanish, 
yangi 
texnologiyalar va texnik vositalarni joriy etish bo’yicha sohalararo 
«O’zgeliotexnika» ilmiy texnik markazida, « Quyosh fizikasi» ilmiy ishlab chiqarish 


birlashmasida, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining energetika va 
avtomatika ilmiy tadqiqot va loyixa institutlarida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. 
Barcha tabiiy resurslarni shartli ravishda tugaydigan va tugamaydigan 
resurslarga bo’linadi. 

Download 54.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling