Oʻzbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya Qoʻmitasi raisi


X. AYOLLAR MEHNATINI TARTIBGA SOLISH. AYOLLARGA VA OILAVIY VAZIFALARNI BAJARISH BILAN MASHGʻUL SHAXSLARGA BERILADIGAN QOʻSHIMCHA IMTIYOZLAR VA KAFOLATLAR


Download 281 Kb.
bet10/14
Sana21.04.2023
Hajmi281 Kb.
#1372127
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
X. AYOLLAR MEHNATINI TARTIBGA SOLISH. AYOLLARGA VA OILAVIY VAZIFALARNI BAJARISH BILAN MASHGʻUL SHAXSLARGA BERILADIGAN QOʻSHIMCHA IMTIYOZLAR VA KAFOLATLAR



  1. Taraflar ayollarga va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashgʻul shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida koʻzda tutilgan quyidagi kafolatlarga rioya etilishini hamda imtiyozlar berilishini taʼminlash majburiyatini oʻz zimmalariga oladilar:

a) homilador ayollar uchun (Mehnat kodeksining 4, 129, 149, 163, 202, 232, 394, 396, 398, 400, 403, 408, 458, 466-moddalari);
b) ikki yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar uchun (Mehnat kodeksining 142, 149, 280, 395, 401, 402, 407-moddalari);
v) uch yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar uchun (Mehnat kodeksining 129, 396, 397-moddalari);
g) oʻn ikki yoshga toʻlmagan ikki va undan ortiq bolasi yoki oʻn olti yoshga toʻlmagan nogiron bolasi bor ayollar uchun (Mehnat kodeksining 232, 242, 401, 402-moddalari);
d) oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar uchun (Mehnat kodeksining 96, 227, 228, 327, 396, 398, 400-moddalari);
ye) oʻn olti yoshga toʻlmagan nogiron bolani tarbiyalayotgan ota-onaning biri (vasiy, homiy) uchun (Mehnat kodeksining 227, 228, 237, 242, 396, 398, 399, 401, 402-moddalari).

  1. Jamoa shartnomalari va kelishuvlarida quyidagilar nazarda tutilishini taʼminlash:

xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash majburiyatlarini Ish beruvchi va uning tarkibiy boʻlinmalarining vakolatli shaxsi zimmasiga yuklatish;
ishga qabul qilish va xizmat boʻyicha koʻtarishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni yaratish;
xotin-qizlar va erkaklar mehnatiga haq toʻlashda notenglikni bartaraf etish;
ayollarga malaka oshirish va qoʻshimcha maʼlumot olish xuquqidan foydalanish uchun imkoniyatlar yaratib berish;
tibbiy xulosaga muvofiq homilador ayollarga yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillari taʼsiridan holi boʻlgan ish oʻrinlari ajratish;
homilador ayollarni tibbiy koʻrikdan oʻtishlari uchun, ularning oʻrtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etish, agar mazkur koʻrikni ishdan tashqari vaqtda oʻtkazish imkoniyati boʻlmasa;
ayollar uchun shaxsiy gigiyena xonalarini tashkil etish;
moliyaviy imkoniyatdan kelib chiqib, ish beruvchi mablagʻlari hisobidan ijtimoiy himoyaga muhtoj, koʻp bolali, nogironligi bor, homilador ayollarni tibbiyot muassasalarida yoki sanatoriy-profilaktoriyda bepul davolash;
homiladorlik va tugʻish taʼtillari kunini uzaytirish;
bolali ayollarga moddiy yordam koʻrsatish va qisqartirilgan ish vaqtini oʻrnatish;
xotin-qizlarning jismoniy faolligini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
xotin-qizlar uchun sayohatlarni tashkil etib borish.

  1. Ikki yoshga toʻlmagan bolaning ota-onasidan biriga (vasiysiga) dam olish va ovqatlanish uchun tanaffusdan tashqari bolani ovqatlantirish uchun qoʻshimcha tanaffuslar beriladi. Bu tanaffuslar kamida har uch soatda, har biri oʻttiz minutdan kam boʻlmagan davomiylikda beriladi. Ikki yoshga toʻlmagan ikki yoki undan ortiq nafar farzandi boʻlgan taqdirda, tanaffusning davomiyligi kamida bir soat qilib belgilanadi. Bolani ovqatlantirish uchun tanaffuslar ish vaqtiga kiritiladi va oʻrtacha ish haqi boʻyicha haq toʻlanadi.

Ikki yoshga toʻlmagan bola otasining yoki onasining (vasiysining) xohishiga koʻra bolani ovqatlantirish uchun tanaffuslar dam olish va ovqatlanish uchun tanaffusga qoʻshib berilishi yoxud ish kunining (smenaning) tegishincha qisqartirilgan holda boshiga yoki oxiriga koʻchirilishi, shu jumladan jamlangan holda koʻchirilishi mumkin.

  1. Kasaba uyushma qoʻmitasi ayollar mehnat sharoitlarini yaxshilashga koʻmaklashishni oʻz zimmasiga oladi, ayollar mehnati va sogʻligʻi muhofazasi boʻyicha tashkilotning ijtimoiy dasturi bajarilishida Ish beruvchiga yaqindan yordam beradi.


Download 281 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling