Oʻzbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya Qoʻmitasi raisi


VII. MEHNAT XAVFSIZLIGI VA GIGIYENASI


Download 281 Kb.
bet8/14
Sana21.04.2023
Hajmi281 Kb.
#1372127
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
VII. MEHNAT XAVFSIZLIGI VA GIGIYENASI


  1. Ish beruvchi va uning tizimidagi organlar rahbarlari mehnat xavfsizligi va gigiyenasi tizimini joriy etishga, uning faoliyat koʻrsatishi va rivojlanishini taʼminlashda ishtirok etishga, shuningdek, tegishli normativ - huquqiy hujjatlarga va mehnat standartlariga muvofiq, tizimda xodimlarga xavfsiz va gigiyena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlarini yaratib berishga majburdirlar.

  2. Ish beruvchi ushbu majburiyatlarni bajarish maqsadida:

“Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonun asosida tizimda mehnat muhofazasini tashkil etish chora - tadbirlarini ishlab chiqadi hamda uni moliyaviy taʼminlash va amalga oshirish choralarini koʻradi;
ish oʻrinlarida mehnat sharoitlarining holati, ayniqsa zararli va xavfli ishlab chiqarish omillari yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshiradi;
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosati qarori bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilish tadbirlarini rejalashtirish boʻyicha tavsiyalar”ga rioya etgan holda, jamoa shartnoma-larida mehnat muhofazasi boʻyicha Bitim tuzilishini, Bitimda koʻzda tutilgan tadbirlarga kerakli miqdorda mablagʻlar ajratilishini hamda ularning maqsadli sarflanishini taʼminlaydi;
mehnat xavfsizligi va gigiyenasi boʻyicha vakolatli vakillarni saylash, oʻqitish va ularning malakasini doimiy ravishda oshirib borishlari hamda jamoa shartnomalariga koʻra ular oʻz faoliyatini samarali amalga oshirishlari uchun qulay sharoitlarni yaratadi;
barcha yangi ishga kirayotgan, shuningdek, boshqa ishga oʻtkazilayotgan xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl - yoʻriqlar berilishini tashkil etadi;
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-apreldagi 246 - sonli qarori 3 -ilovasi bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilish sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom” va Adliya vazirligida 1996-yil 14-avgustda 272 - raqam bilan roʻyxatga olingan “Xodimlarni mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqitish va bilimlarini tekshirish toʻgʻrisidagi namunaviy Nizom” talablari asosida xodimlarni mehnat muhofazasi boʻyicha qayta tayyorlaydi, malakasini oshiradi va oʻqitadi hamda bilimlarini sinovdan va attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini tashkil etadi;
“Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 12 - moddasi talablariga asosan, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya tilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmatini yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimini joriy etadi;
Adliya vazirligida 1995-yil 18-dekabrda 196 - son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan “Mehnat muhofazasi boʻyicha vakil haqidagi Nizom”ga koʻra mehnat muhofazasi boʻyicha saylangan vakillarning oʻqishini ular saylangandan soʻng bir oy ichida Kasaba uyushmasi qoʻmitasi ishtirokida tashkil qiladi;
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakil etilgan shaxsga oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi uchun har haftada kamida ikki soat ish vaqti ajratiladi va bu vaqt uchun ish joyi (lavozimi) boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqi saqlanadi;
Kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishgan holda mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillarni maʼnaviy va moddiy jihatdan ragʻbatlantirib boradi;
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentyabrdagi 263 - sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob - uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ga asosan xodimlarga imtiyozlar va kompensatsiyalar belgilanadigan, imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqi beriladigan, nogironligi bor shaxslar band boʻlgan zararli, xavfli va boshqacha mehnat sharoitlariga ega ish oʻrinlarini kamida besh yilda bir marotaba attestatsiyadan oʻtkazilishini taʼminlaydi;
xodimlarning mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishini oldini olish, shuningdek, ularning paydo boʻlish sabablarini bartaraf etish choralarini koʻradi;
Mehnat kodeksining 214 - moddasi talablariga asosan Sogʻliqni saqlash vazirligining 2012-yil 10-iyuldagi 200 - sonli buyrugʻi bilan belgilangan tartibda xodimlarni dastlabki tarzda va vaqti - vaqti bilan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishini va buning uchun kerakli miqdorda mablagʻ ajratilishini taʼminlaydi;
xodimlarning hayoti va sogʻligʻini ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy ijtimoiy sugʻurta qilinishini, shuningdek, Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilinishini taʼminlaydi.
Bunda, “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida”gi va “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi qonunlar asosida ish yuritadi;
xodimlarga ularning mehnat vazifasini bajarish bilan bogʻliq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zarar uchun koʻzda tutilgan miqdorda nafaqa va toʻlovlarni oyma - oy toʻlanishini taʼminlaydi;
xodim mehnat vazifasini bajarish bilan bogʻliq holda jarohatlanganda yoki kasb kasalliklari oqibatida vaqtinchalik mehnat layoqatini yoʻqotganda oʻrtacha oylik ish haqining 100 foizi miqdorida toʻlovni amalga oshiradi;
mehnat sharoitlari noqulay ishlarda band boʻlgan xodimlarni belgilangan normalar boʻyicha sut, davolash-profilaktika, oziq - ovqat mahsulotlari, maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal hamda boshqa shaxsiy himoya va gigiyena vositalari, shuningdek, jamoaviy himoya vositalari bilan taʼminlash choralarini koʻradi.

  1. Taraflar xodimlar mehnatini muhofaza qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan kafolatlariga rioya etish va imtiyozlar berilishini taʼminlaydi.

  2. Kasaba uyushmasi qoʻmitalari barcha bosqichlarda mehnat xavfsizligi va gigiyenasi qoidalariga rioya etilishi, shuningdek, Ish beruvchilar tomonidan bu boradagi majburiyatlari bajarilayotganligi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

  3. Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi qoidasi buzilganda xodim ishni toʻxtatishga haqli. Bunday holatlar xodimlarning aybisiz yuz berganda, ularga oʻrtacha ish haqi saqlab qolinadi.

  4. Har yili 28-aprel - “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan tizimdagi barcha tashkilotlarda ushbu sanaga bagʻishlangan tadbirlar tashkil etiladi.

  5. Mehnat muhofazasi va xavfsizligi boʻyicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan barcha nominatsiyalar boʻyicha (“mehnatni muhofaza qilishda eng yaxshi natijalarga erishgan tashkilot”, “xodimlarga sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratish, xodimlarning mehnat muhofazasiga boʻlgan huquqlarini himoya qilishda eng yaxshi kasaba uyushma tashkiloti”, “eng yaxshi mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakil”, “mehnat muhofazasi boʻyicha yosh mutaxassis”) Respublika koʻrik-tanlovini oʻtkazadi va gʻoliblarni taqdirlaydi.

  6. Ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalarni oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilishini taʼminlaydi va Kengash tomonidan uning ijro etilishi boʻyicha jamoatchilik nazorati olib boriladi.


Download 281 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling