Oʻzbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya Qoʻmitasi raisi


III. ISH VAQTI VA DAM OLISH VAQTI


Download 281 Kb.
bet4/14
Sana21.04.2023
Hajmi281 Kb.
#1372127
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
III. ISH VAQTI VA DAM OLISH VAQTI

  1. Ish beruvchi tizimida ish haftasining quyidagi muddatlari qabul qilinadi:

normal mehnat sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlar uchun – haftasiga 40 soat;
oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlar uchun — Mehnat kodeksining 416-moddasida belgilangan davomiylikdan;
nogironligi boʻlgan xodimlar uchun — Mehnat Kodeksi 427-moddasining ikkinchi qismida belgilangan davomiylikdan;
noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlar uchun — Mehnat kodeksining 478-moddasida belgilangan davomiylikdan oshishi mumkin emas.

  1. Ish kunining boshlanish va tugash vaqti ichki mehnat tartibi qoidalarida va jamoa shartnomasida belgilab qoʻyiladi.

  2. Xodim bilan Ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga binoan toʻliqsiz ish kuni yoki ish haftasi, shuningdek, karantinga oid cheklovlar amal qilish davrida masofaviy ish usuli, moslashuvchan ish grafigi belgilab qoʻyilishi mumkin.

  3. Homilador ayolning, oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolasi (oʻn olti yoshga toʻlmagan nogiron bolasi) bor ayolning, shu jumladan homiyligida shunday bolasi bor ayolning yoki oilaning betob aʼzosini parvarish qilish bilan band boʻlgan shaxsning iltimosiga koʻra, Ish beruvchi tibbiy xulosaga muvofiq ularga toʻliqsiz ish kuni yoki toʻliqsiz ish haftasi belgilaydi.

  4. Toʻliqsiz ish vaqti sharti bilan ishlash xodimning yillik asosiy mehnat taʼtilining muddatini, mehnat stajini hisoblashni va boshqa mehnat huquqlarini biron bir tarzda cheklashga asos boʻlmaydi va ishlangan vaqtga mutanosib ravishda haq toʻlanadi.

  5. Xodimlarga har haftada dam olish kunlari beriladi. Dam olish kunlari va ishlanmaydigan bayram kunlarida ishlatish taqiqlanadi.

  6. Ish beruvchining farmoyishi yoki buyrugʻi boʻyicha ishlab chiqarish zaruriyatlaridan kelib chiqqan holda ayrim xodimlarni dam olish va bayram kunlari ishga jalb etishga faqatgina ularning yozma roziligi bilan jamoa shartnomasida belgilangan asoslar boʻyicha oʻrnatilgan tartibda yoʻl qoʻyiladi.

Dam olish kunlaridagi yoki ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ish uchun haq toʻlash Mehnat kodeksining 263-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.

  1. Barcha toifadagi xodimlarga davomiyligi yigirma yetti kalendar kun boʻlgan har yilgi asosiy uzaytirilgan taʼtil beriladi.

Quyidagilarga yoshi va sogʻligʻining holati hisobga olingan holda har yilgi asosiy uzaytirilgan taʼtil beriladi:
oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslarga — oʻttiz kalendar kun;
I va II guruh nogironligi boʻlgan xodimlarga — oʻttiz kalendar kun.

  1. Xodimlarga Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 205-moddasida nazarda tutilgan tanaffuslardan tashqari ish kuni (smena) davomida ish vaqtiga kiritiladigan va jamoa shartnomasida belgilanadigan qoʻshimcha tanaffuslar beriladi.

  2. Xodimlarga yillik asosiy taʼtilni olish huquqini beruvchi ish stajini Mehnat kodeksining 226-moddasida koʻrsatilgan davrlar, shuningdek, unga qoʻshimcha ravishda ish yili davomida ish haqi saqlanmagan holda beriladigan bir oygacha boʻlgan taʼtil davri ham qoʻshiladi.

  3. Xodimlarga birinchi ish yili uchun har yilgi mehnat taʼtilini berish tartibi Mehnat kodeksining 227-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.

  4. Ikkinchi va keyingi ish yillari uchun har yilgi mehnat taʼtili ish beruvchi va xodim uchun majburiy boʻlgan taʼtillar jadvali bilan belgilanadigan har yilgi mehnat taʼtillarini berish navbatiga muvofiq beriladi.

Taʼtillar jadvali kalendar yil boshlanguniga qadar ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishuvga koʻra tasdiqlanadi.
Xodim har yilgi mehnat taʼtili beriladigan vaqt toʻgʻrisida taʼtil boshlanishidan kamida oʻn besh kun oldin xabardor qilinishi kerak.

  1. Xodimning xohishiga koʻra har yilgi mehnat taʼtili unga qulay boʻlgan vaqtda quyidagilarga berilishi kerak:

ayollarga — homiladorlik va tugʻish taʼtilidan oldin yoki undan keyin;
bolani parvarishlash taʼtilidan foydalanayotgan xodimga ushbu taʼtildan oldin yoki keyin;
oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bir yoki undan ortiq nafar bolani (oʻn olti yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolani) tarbiyalayotgan shaxslarga (yolgʻiz ota-onaga, shu jumladan beva ayollarga, beva erkaklarga, nikohdan ajralganlarga, muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilarning xotinlariga, ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxslarga);
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga;
1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari boʻyicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga;
oʻn sakkiz yoshdan kichik boʻlgan shaxslarga;
ishdan ajralmagan holda taʼlim tashkilotlarida oʻqiyotganlarga, agar ular oʻzining har yilgi mehnat taʼtilini imtihonlar, sinovlar (zachyotlar) topshirish, bitiruv malakaviy ishlarini, magistrlik dissertatsiyalarini, kurs, laboratoriya ishlarini va boshqa oʻquv ishlarini bajarish vaqtiga toʻgʻrilab olishni xohlasa;
“Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga.
Ishlaydigan erkaklarga har yilgi mehnat taʼtili ularning xohishiga koʻra xotinining homiladorlik va tugʻish taʼtili davrida beriladi.

  1. Har yilgi mehnat taʼtilida boʻlgan vaqti uchun xodimga Mehnat Kodeksining 257-moddasiga muvofiq hisoblab chiqariladigan oʻrtacha ish haqining saqlanishi kafolatlanadi. Har yilgi mehnat taʼtili vaqti uchun haq toʻlash jamoa shartnomasida belgilangan muddatlarda, biroq taʼtil boshlanguniga qadar oxirgi ish kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.

  2. Xodimlarga Mehnat Kodeksining 220-moddasiga muvofiq bitta tashkilotda yoki tarmoqda ishlagan har besh yil uchun davomiyligi ikki kalendar kun boʻlgan, biroq jami sakkiz kalendar kundan koʻp boʻlmagan har yilgi qoʻshimcha mehnat taʼtili beriladi, uning miqdorlari jamoa shartnomasida koʻrsatiladi.

  3. Xodimlarga quyidagi hollarda ish haqi saqlangan holda ijtimoiy taʼtillar beriladi:

farzand tugʻilganida yoki tugʻruqxonadan asrab olinganda otaga – ikki ish kuni;
xodim yoki uning farzandining nikoh toʻyi munosabati bilan – uch ish kuni;
yaqin qarindoshlarining dafn marosimiga – uch ish kuni.
Yaqin qarindoshlar deganda, xodimning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari, farzandlari, eri (xotini), shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari tushuniladi.

  1. Mehnat sharoitlari noqulay ishlarda band boʻlgan xodimlarga, noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ish bajarayotgan xodimlarga, bitta tashkilotda yoki tarmoqda koʻp yillik ish stajiga ega boʻlgan xodimlarga har yilgi qoʻshimcha taʼtillar beriladi. Qoʻshimcha taʼtil olish huquqini beradigan ishlar, kasblar va lavozimlar roʻyxati, taʼtillarning davomiyligi, ularni berish tartibi va shartlari jamoa shartnomasida belgilanadi.

  2. Xodimlarning yozma arizasiga koʻra unga ish haqi qisman saqlanadigan taʼtil berilishi mumkin, uning davomiyligi jamoa shartnomasida belgilanadi.

  3. Xodimning yozma arizasiga koʻra unga ish haqi saqlanmaydigan taʼtil berilishi mumkin boʻlib, uning davomiyligi xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra belgilanadi, lekin u ish haqi saqlanmaydigan oxirgi taʼtil berilgan kundan eʼtiboran kalendar yil davomida uzluksiz yoki jamlangan holda uch oydan oshmasligi kerak.

  4. Oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirayotgan, shuningdek, kechki yoki sirtqi taʼlim shakli boʻyicha taʼlim olayotgan xodimlar uchun ish haqi saqlanmagan holda taʼtillar berish Mehnat kodeksining 384-385-moddalariga muvofiq beriladi.

  5. Oʻn ikki yoshga toʻlmagan ikki nafar va undan ortiq bolaning yoki oʻn olti yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolaning ota-onasidan biriga (ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxsga), ularning xohishiga koʻra, har yili ish haqi saqlanmagan holda davomiyligi kamida oʻn toʻrt kalendar kun boʻlgan taʼtil beriladi.

  6. Tabiiy yoki texnogen xususiyatga ega halokatlar, ishlab chiqarishdagi avariyalar, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar, shuningdek yongʻinlar, toshqinlar, zilzilalar, epidemiyalar yoki epizootiyalar roʻy bergan taqdirda hamda aholining yoxud uning bir qismining hayotiga yoki normal yashash sharoitlariga tahdid soladigan boshqa alohida hollarda ish beruvchining tashabbusi bilan xodimning roziligisiz uning vaqtincha masofadan turib ishlashga oʻtishiga yoki oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyiladi.

Ish beruvchining tashabbusiga koʻra masofadan turib ishlashga vaqtincha oʻtishini yoki oʻtkazilishini amalga oshirish imkoni boʻlmasa yoki ish beruvchi xodimni masofadan turib ishlash uchun zarur boʻlgan texnik va boshqa vositalar bilan taʼminlay olmasa, ish beruvchi:
xodimga taʼtillar jadvaliga muvofiq yillik mehnat taʼtilini berishga;
taʼtillar jadvalida nazarda tutilgan taʼtillar berish navbatidan qatʼi nazar, xodimga uning roziligi bilan tegishli ish yili uchun yillik mehnat taʼtilini berishga;
xodimning roziligi bilan unga ish haqini qisman saqlab qolgan holda taʼtil berishga va bu taʼtil davrini mehnat taʼtilini olish huquqini beradigan ish stajiga ham kiritishga;
xodimga uning roziligi bilan ish haqi saqlanmagan holda taʼtil berishga;
xodim uchun toʻliqsiz ish vaqtini belgilashga haqli.

    1. Xodimlar jamoa shartnomasida belgilangan hollarda har yilgi mehnat taʼtilini uzaytirish yoki boshqa muddatga koʻchirish huquqidan foydalanadilar.

    2. Har yilgi mehnat taʼtilidan chaqirib olishga taʼtilning istalgan vaqtida faqat xodimning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi. Shu munosabat bilan taʼtilning foydalanilmay qolgan qismi xodimga mazkur ish yili davomida boshqa vaqtda berilishi yoki Mehnat kodeksining 230 va 231-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda keyingi ish yilida berilishi kerak.

Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan xodimlarni, homilador ayollarni va mehnat sharoitlari oʻta zararli va oʻta ogʻir ishlarda band boʻlgan xodimlarni har yilgi mehnat taʼtilidan chaqirib olishga yoʻl qoʻyilmaydi.

  1. Masofadan turib ishlovchi xodimga har yilgi mehnat taʼtili Mehnat kodeksining 462-moddasida koʻrsatilganidan kam boʻlmagan muddatlarga beriladi.

  2. Quyidagi xodimlarga ularning xohishiga koʻra ish haqi saqlanmagan holda muqarrar tartibda taʼtil beriladi:

1941-1945-yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari boʻyicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga — har yili oʻn toʻrt kalendar kungacha;
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga — har yili oʻn toʻrt kalendar kungacha;
ikki yoshdan uch yoshgacha boʻlgan bolani haqiqatda parvarishlayotgan bolaning ota-onasidan biriga (vasiysiga), buvisiga, bobosiga yoki boshqa qarindoshiga;
oʻn ikki yoshga toʻlmagan ikki va undan ortiq nafar bolani yoki oʻn olti yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolani tarbiyalayotgan ota-onasining biriga (ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxsga) — har yili oʻn toʻrt kalendar kungacha;
betob yaqin qarindoshlari (ota-onasi, turmush oʻrtogʻi, farzandlari)ni parvarishlayotgan shaxslarga, ularning iltimosiga koʻra muddati xodim bilan Ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga binoan;
mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasi va jamoa shartnomasida nazarda tutilgan boshqa hollarda.



Download 281 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling