Oʻzbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya Qoʻmitasi raisi


IV. MEHNATGA HAQ TOʻLASH, KAFOLATLI TOʻLOVLAR VA KOMPENSATSIYA TOʻLOVLARI


Download 281 Kb.
bet5/14
Sana21.04.2023
Hajmi281 Kb.
#1372127
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
IV. MEHNATGA HAQ TOʻLASH, KAFOLATLI TOʻLOVLAR VA KOMPENSATSIYA TOʻLOVLARI



  1. Ish beruvchi tizimida mehnatga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasiga koʻra amalga oshiriladi.

Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasi boshlangʻich razryadi sifatida birinchi razryad belgilanadi va amaldagi tarif koeffitsiyentlari, shuningdek tarif stavkalarini mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kelib chiqqan holda belgilash tartibi saqlab qolinadi. Ish haqining kafolatlangan eng kam miqdoriga ogʻishmay rioya qilinishi taʼminlanadi.

  1. Mehnatga haq toʻlash fondining asosiy va qoʻshimcha qismlari oʻrtasidagi maqbul nisbat jamoa muzokaralari natijasida oʻrnatiladi.

  2. Mehnatga haq toʻlash tizimlari, shu jumladan tarif stavkalari, maoshlar, kompensatsiya xususiyatiga ega qoʻshimcha toʻlovlar va ustamalar, shu jumladan normal sharoitlardan chetga chiquvchi sharoitlardagi ish uchun shunday qoʻshimcha toʻlovlar hamda ustamalar miqdorlari, ragʻbatlantiruvchi xususiyatga ega qoʻshimcha toʻlovlar va ustamalar tizimlari hamda mukofotlash tizimlari jamoa shartnomasida, shuningdek ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishuvga koʻra qabul qilinadigan ichki hujjatlarda, mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq mehnat shartnomasida belgilanadi.

  3. Mukofotlash, ish haqi asosiy qismiga doir qoʻshimcha toʻlovlar va ustamalar, boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar tizimlari ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishuvga koʻra belgilanadi.

  4. Xodimlarga ish haqi toʻlash muddatlari jamoa shartnomasida shart qilib koʻrsatilgan muddatlarda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam boʻlishi mumkin emas.

Xodimlarga oylik ish haqi, qoida tariqasida, oʻn olti kundan koʻp boʻlmagan tanaffus bilan ikki qismga boʻlingan holda (boʻnakda va qolgan qismi miqdorida) toʻlanadi.

  1. Mehnatga haq toʻlash ushbu Tarmoq jamoa kelishuvi va jamoa shartnomalari orqali tartibga solinadi, xodimlarning ish haqidan qonunchilikda koʻzda tutilmagan ushlab qolishlarga yoʻl qoʻyilmaydi.

  2. Ish beruvchi ish haqini toʻlash kechiktirilganligi uchun xodim oldida Mehnat kodeksining 333-moddasida belgilangan miqdorda moddiy javobgar boʻladi.

Ish beruvchi tomonidan ish haqini va boshqa toʻlovlarni toʻlash muddati buzilgan taqdirda, ularni toʻlov muddatidan keyingi kundan eʼtiboran to haqiqatda hisob-kitob qilingan kunni oʻz ichiga olgan muddatgacha har bir kechiktirilgan kun uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining oʻsha vaqtda amalda boʻlgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda foizlar (pulli kompensatsiya) bilan birga toʻlanishi Kengashning mehnat inspeksiyasi tomonidan nazoratga olinadi.

  1. Xodimning yozma roziligi bilan ish haqini yoki uning bir qismini bank muassasalari yoki pochta boʻlimlari orqali toʻlashga yoʻl qoʻyilib, ularning xizmatlari uchun ish beruvchining hisobidan haq toʻlanadi.

Agar xodim ish haqi toʻlanadigan kuni ish beruvchining topshirigʻini ish joyidan tashqarida (xizmat safarida, malaka oshirish kurslarida boʻlsa va boshqalar) bajarayotgan boʻlsa, xodimning iltimosiga koʻra ish beruvchi xodimga tegishli ish haqini oʻz hisobidan yuborishi yoki xodimning ishonchli shaxsiga toʻlashi shart.

  1. Ish vaqtidan tashqari ish uchun kamida ikki hissa miqdorida haq toʻlanadi.

Xodimning xohishiga koʻra ish vaqtidan tashqari ish uchun oshirilgan haq toʻlash oʻrniga ish vaqtidan tashqari ishlab berilgan vaqtning davomiyligiga muvofiq keladigan qoʻshimcha dam olish vaqtini berish bilan kompensatsiya qilinishi mumkin. Bunday holda ish vaqtidan tashqari ish uchun bir hissa miqdorida haq toʻlanadi, dam olish vaqti uchun esa haq toʻlanmaydi.

  1. Ish bilan bogʻliq holda xodim sogʻligining shikastlanishi sababli yetkazilgan zarar uchun unga kompensatsiya toʻlanadi. Kompensatsiyaning miqdori jamoa shartnomasida koʻrsatiladi va uning miqdori qonunlarda belgilanganidan kam boʻlishi mumkin emas.

  2. Xizmat safari davridagi xarajatlar ish beruvchi tomonidan qonun hujjatlarida belgilaganidan kam boʻlmagan miqdorda toʻlanadi.

  3. Ish beruvchi bilan oldindan kelishuv boʻyicha boshqa joyga ishga koʻchib oʻtgan xodimlarga Mehnat kodeksining 289-moddasiga muvofiq kompensatsiya toʻlovlari toʻlanadi.

  4. Ish beruvchining roziligi bilan va uning manfaatlari yoʻlida xodim oʻziga tegishli mol-mulk (asbob-uskunalar, ashyolar va hokazolar)dan (avtotransport vositasidan tashqari) foydalanganda, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 306-moddasida keltirilgan meʼyorlar asosida hisoblab chiqilgan ularning amortizatsiyasi doirasida xarajatlar qoplanadi.

  5. Ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarish (malaka oshirish, xizmat safarida boʻlish, tibbiy koʻrikdan oʻtish, darslar oʻtkazish va boshqa turli tadbirlarda qatnashish) maqsadida xodim asosiy ishidan ozod etiladi.

Agar xodimlar bu vazifalarni ish vaqtida bajarsa, bu hollarda xodimlarning oʻrtacha ish haqi saqlanib qolinadi. Mazkur tadbirlar ishdan tashqari vaqtda oʻtkazilsa, xodimga sarf qilingan vaqtiga mutanosib ravishda haq toʻlanadi yoki qoʻshimcha dam olish vaqti beriladi.

  1. Mukofotlash, ish haqi asosiy qismiga doir qoʻshimcha toʻlovlar va ustamalar, boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar tizimlari ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishuvga koʻra belgilanadi. Topshirilgan vazifalar oʻz vaqtida bajarilmasa, ish sifati yomonlashsa, mehnat intizomiga rioya qilinmasa, lavozim maoshlariga beriladigan ustama haq Ish beruvchi rahbariyati buyrugʻi bilan bekor qilinishi yoki ularning miqdori kamaytirilishi mumkin.

  2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktyabrdagi 297-sonli qarori talablariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan qoʻshma qaroriga asosan bir necha kasb (lavozimda) ishlaganligi, xizmat koʻrsatish doirasi kengayganligi, bajariladigan ishlar hajmi ortganligi, oʻzining asosiy ishi bilan bir qator ishda vaqtincha boʻlmagan xodimning vazifalarini bajarganligi uchun, shuningdek oʻrindoshlik asosida ish bajarganida (xodim oʻzining asosiy ishidan boʻsh vaqtida mehnat shartnomasi asosida boshqa haq toʻlanadigan ish bajarganida), xodimning mehnat haqi miqdori mehnat shartnomasi taraflari oʻrtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi.

  3. Ish beruvchi tizimida ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib xodimlarni quyidagicha mukofotlash mumkin:

oylik, chorak va yillik ish yakunlari boʻyicha;
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 208-moddasida nazarda tutilgan bayramlar munosabati bilan;
18-fevral – “Adolat” SDP partiyasini tashkil topganligi munosabati bilan bir oylik mehnat xaqi hisobida yoki bazaviy hisoblash miqdorini 10 barobarigacha ragʻbatlantirish.

  1. Ish natijalariga koʻra mukofot miqdorini belgilash yoki uni kamaytirish uchun asos sifatida Ish beruvchi tarkibiy tuzilmalarining ish faoliyati natijalari va moliyaviy koʻrsatkichlari inobatga olinadi.

  2. Ish natijalariga koʻra mukofot haqiqatda ishlangan vaqt uchun toʻlanadi.

  3. Oʻrindoshlik asosida ishlagan xodimlarga ish natijalariga koʻra mukofot ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda toʻlanadi.

  4. Xodimlarning ishga kelib-ketish transport xarajatlari ichki imkoniyatdan kelib chiqqan holda ish beruvchi tomonidan qisman qoplanadi.

  5. Ish beruvchi har oyda xodimlarning oziq-ovqat xarajatlarini ichki imkoniyatdan kelib chiqqan holda qisman qoplash majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.

  6. Kuz mavsumida qishloq xoʻjalik mahsulotlarini sotib olish uchun kasaba uyushmasi tavsiyasiga muvofiq xodimlarga moddiy ragʻbatlantirish fondi hisobidan imkoniyatidan kelib chiqib bir martalik yoki bazaviy hisoblash miqdorining 12 barobarigacha boʻlgan pul mukofotini yil davomida qismlarga ajratgan holda qoʻshimcha haq toʻlanadi.

  7. Ish beruvchining ichki moliyaviy imkoniyatlarini hisobga olgan holda xodimlarga quyidagi moddiy yordamlar berilishi mumkin:

xodim oʻn kundan ortiq kasal boʻlganda, davolanish uchun pullik davolash muassasalari tomonidan taqdim etilgan tasdiqlovchi hujjatlarga asosan koʻrsatilgan xizmatlar (diagnostika, davolash, protezlash, operatsiya va h.k.) xarajatlarini qoplash uchun;
birinchi marotaba oila qurish vaqtida;
birinchi marotaba farzandli boʻlgan vaqtida;
xodim yoki uning oila aʼzolari (eri (xotini), farzandlari, ota-onasi)
vafot etgan hollarda;
pensiyaga chiqish vaqtida;
favqulodda vaziyatlar (baxtsiz hodisalar) yuz berganda.
ish beruvchi xodimlarga kreditini qoplash uchun oldindan ichki imkoniyatidan kelib chiqgan holda yordam koʻrsatish.

  1. Ish natijalariga koʻra mukofotni hisoblash uchun haqiqatda ishlagan ish vaqti deb ish haqi hisoblangan vaqt hisobga olinadi. Mehnat taʼtili bundan mustasno.

  2. Quyidagi vaqtlar mukofot hisoblash vaqtiga kiritilmaydi:

oliy oʻquv yurtlarining sirtqi boʻlimlarida taʼlim olish uchun beriladigan taʼtil vaqti;
ish haqi saqlanmagan holda mehnat taʼtilida boʻlgan vaqt;
xodimning homiladorlik va tugʻish taʼtillar hamda bola parvarish taʼtili davri.

  1. Ish natijalariga koʻra har bir xodim mukofotining muayyan miqdori xodimning ish sifati, uning tez bajarilishi va samaradorligi, mehnat majburiyatlarini ishdan tashqari vaqtda bajarishga jalb etilishi hamda tuzilmaviy boʻlinma umumiy ish natijalariga qoʻshgan hissasini tasdiqlovchi boshqa omillarni hisobga olgan holda, mustaqil tarkibiy boʻlinma (markaz, boshqarma, boʻlim va boshqalar) rahbari tomonidan tavsiya etiladi.

  2. Ish faoliyatida mehnat intizomiga rioya qilmagan va ichki mehnat tartibi qoidalarini buzgan xodimlarga ish natijalariga koʻra mukofot puli qisman kamaytirilishi yoki toʻliq mahrum etilishi mumkin.

  3. Yillik ish yakunlari boʻyicha mukofot tegishli idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga asosan toʻlanadi.

  4. Ish beruvchi tizim xodimlariga yillik ish yakunlari boʻyicha mukofot toʻlash xodimlarning lavozimidan qatʼiy nazar amalga oshiriladi.

  5. Ish beruvchi xodimlari pensiyaga chiqayotganlarida, ularning yosh mutaxassislarni tarbiyalashda, Ish beruvchi tizimidagi samarali mehnatini inobatga olib, Ish beruvchining buyrugʻi asosida ragʻbatlantirilishi mumkin.

  6. Ish beruvchining moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib, yubiley yoshi (50, 55, 60 yosh) munosabati bilan xodimning tizimni rivojlantirishda qoʻshgan hissasini inobatga olib, Kasaba uyushma qoʻmitasi bilan kelishilgan holda, Ish beruvchi tomonidan buyruq asosida ragʻbatlantirilishi mumkin.

  7. Ish beruvchi tomonidan:

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentyabrdagi 743 - sonli qarori bilan tasdiqlangan “Koʻchma va qatnash tusidagi ishlar bilan bogʻliq ustamalar toʻlash tartibi toʻgʻrisida Nizom”ga binoan xodimning koʻchib yurishi yoki doimiy ish joyidan uzoqda boʻlishi, ish joyigacha borib kelishi bilan bogʻliq qoʻshimcha sarf - xarajatlarini qoplash maqsadida koʻchma va qatnash tusidagi ishlar bilan bogʻliq ustamalar;
noqulay, ogʻir va zararli mehnat sharoitlari uchun qoʻshimcha toʻlovlar (ish joylarini attestatsiyadan oʻtkazish natijalariga koʻra);
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentyabrdagi 743 - sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tuman koeffitsiyentlari, shuningdek, yillik qoʻshimcha taʼtilning eng kam muddati qoʻllaniladigan tabiiy - iqlim sharoitlari ogʻir va noqulay boʻlgan joylar Roʻyxati”da koʻrsatilmagan tabiiy - iqlim sharoitlari noqulay boʻlgan ayrim joylarda ishlovchi xodimlar ish haqiga oʻz mablagʻlari doirasida xarajatlar, soliq solinadigan bazaga kiritilgan holda ustamalar;
Adliya vazirligida 2019-yil 23-yanvarda 3130 - son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining 2019-yil 22-yanvardagi 2 -2019/QQ, 9 va 1/103 - son qarori bilan tasdiqlangan “Avtomobil transporti haydovchilari mehnatiga haq toʻlashning umumiy shartlari toʻgʻrisidagi Nizom” talablari asosida haydovchilarga ularning bazaviy tarif stavkasining 10 foizi miqdorida ustama haq toʻlanadi.

  1. Ish beruvchi Mehnat kodeksining 281-moddasiga muvofiq xodimlarga kafolatli qoʻshimcha toʻlovlarni amalga oshirishni oʻz zimmasiga oladi.

  2. Ish beruvchi Mehnat kodeksining 286-moddasiga muvofiq xodimlarga kompensatsiya toʻlovlarini amalga oshirishni oʻz zimmasiga oladi.

  3. Ish beruvchi Mehnat kodeksining 320-moddasiga muvofiq xodimlarni mehnat qilish imkoniyatidan gʻayriqonuniy ravishda mahrum etishning barcha hollarida ular olmagan ish haqining oʻrnini qoplab beradi.

  4. Dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarida bajarilgan ishlar uchun ikki hissa miqdorida haq toʻlanadi. Bayram yoki ishlanmaydigan dam olish kunidagi ish xodimning xohishiga qarab boshqa dam olish kuni berish bilan qoplanishi mumkin. Bunday holatda xodimga bir hissa miqdorida haq toʻlanadi.

  5. Mehnatda mayib boʻlganlik yoki kasb kasalligi tufayli boquvchi vafot etganligi munosabati bilan bir yoʻla beriladigan nafaqaning miqdori jamoa shartnomasiga binoan belgilanadi. Boquvchi vafot etganligi munosabati bilan bir yoʻla beriladigan nafaqaning miqdori marhumning oʻrtacha yillik ish haqining olti baravaridan kam boʻlmasligi kerak.

  6. Agar vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi natijasida yuz bersa, ish beruvchi xodimga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini toʻlash bilan birga uning tibbiy, ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya uchun qilgan xarajatlarining oʻrnini tegishli hujjatlar (cheklar, maʼlumotnomalar va boshqalar) bilan tasdiqlangan, haqiqatda qilingan xarajatlar miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda qoplaydi.

  7. Ish beruvchi tomonidan vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik boʻyicha nafaqalar:

baynalmilalchi jangchilarga va ularga tenglashtirilgan shaxslarga, qaramogʻida 16 yoshga (oʻquvchilar uchun - 18 yoshga) toʻlmagan uch nafar va undan koʻp farzandi boʻlgan xodimlarga, Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda qatnashgan xodimlarga, ushbu avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan evakuatsiya qilingan va koʻchirilgan qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari (oʻtkir leykoz), qalqonsimon bez (adenoma) va xavfli oʻsmalar bilan bogʻliq kasalliklarga chalingan xodimlarga, yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi nogironligi boʻlgan xodimlarga, shuningdek xodim ishda shikastlanish va kasb kasalliklari oqibatida vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yoʻqotganda oylik ish haqining toʻliq miqdorida;
ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan kasalliklar (sil kasalligi, onkologiya kasalliklari, yangidan paydo boʻladigan xatarli oʻsimtalar, jinsiy yoʻl bilan oʻtadigan kasalliklar, OITS, moxov (lepra) kasalligi, ruhiy kasalliklar) boʻyicha hisobda turgan xodimlarga ular tomonidan davlat ijtimoiy sugʻurta badali toʻlagan davrining (umumiy ish stajining) davomiyligiga bogʻliq ravishda quyidagi miqdorlarda toʻlanadi:
a) umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq boʻlgan xodimlarga ish haqining 100 foizi miqdorida;
b) umumiy ish staji 5 yildan 8 yilgacha boʻlgan xodimlarga ish haqining 80 foizi miqdorida;
v) umumiy ish staji 5 yilgacha boʻlgan xodimlarga ish haqining 60 foizi miqdorida;
mazkur bandning birinchi va ikkinchi kichik xatboshilarida nazarda tutilgan xodimlardan tashqari qolgan barcha xodimlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boʻyicha nafaqa quyidagi miqdorlarda toʻlanadi:
a) umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq boʻlgan xodimlarga hamda 21 yoshga yetmagan chin (sagʻir) yetimlarga ish haqining 80 foizi miqdorida;
b) umumiy ish staji 8 yilgacha boʻlgan xodimlarga ish haqining 60 foizi miqdorida toʻlanadi.
v) koronavirus infeksiyasi bilan zararlanishi yoki zararlangan deb gumon qilinishi munosabati bilan karantinga joylashtirilgan ota-onalar (ular oʻrnini bosuvchi shaxslar, vasiylar, homiylar), shuningdek, ularning 14 yoshgacha boʻlgan bolasini parvarish qilayotgan shaxslarga oʻrtacha oylik ish haqining 100 foizi miqdorida toʻlanadi.

  1. Ish beruvchi ishlayotgan ayollarga homiladorlik va tugʻish nafaqalar boʻyicha toʻlovlarni toʻlashni kafolatlaydi.

  2. Oʻzbekiston Respublikasining “Dafn etish va dafn ishi toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq, xodimning yoki uning qaramogʻidagi oila aʼzosining vafoti sababli Ish beruvchi tomonidan xodimga yoki uning oila aʼzolariga dafn etish xarajatlarini qoplash uchun belgilangan tartibda nafaqa beriladi.

  3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-dekabrdagi “Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4939-son Qarori asosida kasaba uyushmalari tomonidan xodimlarning mehnat malaka darajasini hisobga olgan holda ish haqi toʻlanilishi ustidan tizimli jamoatchilik nazorati oʻrnatiladi.

  4. Xodimlarni mehnat sohasida davlat va jamiyat oldidagi alohida xizmatlari uchun davlat mukofotlariga taqdim etish mumkin.




Download 281 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling