Oʻzbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya Qoʻmitasi raisi


IX. IJTIMOIY KAFOLATLAR, IJTIMOIY HIMOYA


Download 281 Kb.
bet9/14
Sana21.04.2023
Hajmi281 Kb.
#1372127
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
IX. IJTIMOIY KAFOLATLAR, IJTIMOIY HIMOYA



  1. Ish vaqtida nogiron boʻlganlarni, kam taʼminlangan, koʻp bolali hamda yetim bolasi bor oilalarni, uzoq muddat ishlagan, ayni vaqtda qarovsiz, yolgʻiz qariyalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida moddiy va amaliy yordam berish tashkil etiladi.

  2. Ishlayotgan xodimlar hamda ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish, xavfsiz va qulay mehnat sharoitlari yaratib berish maqsadida, Ish beruvchi va Kengash oʻzaro kelishilgan holda zimmalariga quyidagi majburiyatlarni oladilar:

Oʻzbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish Strategiyasida qoʻyilgan vazifalar oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishiga har tomonlama koʻmaklashish;
ijtimoiy yoʻnaltirilgan Davlat dasturlarini amalga oshirish ishlarida faol ishtirok etish, kam taʼminlangan va imkoniyati cheklangan bolalarni tarbiyalayotgan oilalarni, ishlayotgan onalarni ijtimoiy muhofaza qilish va qoʻllab-quvvatlashning qonunchilik hujjatlarida koʻzda tutilgan choralarini amalga oshirilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi “Keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2705-sonli Qarorini amalga oshirishga har tomonlama koʻmaklashish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi”ni amalga oshirishga oid Davlat dasturlari bajarilishiga har tomonlama koʻmaklashish;
tashkilotda ishlayotgan yoki ishlab nafaqaga chiqqan yolgʻiz keksalar, pensionerlar, nogironligi bor shaxslar, imkoniyati cheklangan bolalarni tarbiyalayotgan, kam taʼminlangan hamda koʻp bolali oilalarga moddiy yordam koʻrsatish;
har yili “Navroʻz” va “Mustaqillik” bayramlari arafasida maqsadli umumxalq xayriya hasharlarida ixtiyoriy ishtirok etish istagida boʻlgan xodimlarni qoʻllab-quvvatlash;

  1. Ish beruvchi vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini oʻz vaqtida Jamoa shartnomalarida belgilangan miqdorlarda toʻlab borish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.

  2. Navbatdagi mehnat taʼtiliga ketayotgan xodimlarga Ish beruvchi tomonidan profilaktik davolanish uchun qoʻshimcha haq toʻlanadi, uning miqdorlari Jamoa shartnomasida belgilanadi.

  3. Tizimdagi tashkilotlarda koʻp yil ishlagan xodim yoshga doir (yoki nogironlik sababli) pensiyaga chiqayotganda unga Jamoa shartnomalarida belgilangan miqdorlarda moddiy yordam toʻlanadi va qimmatbaho sovgʻa topshiriladi.

  4. Ish beruvchining aybi bilan mehnatda mayib boʻlgan jabrlanuvchilar-nogironlarni, kam taʼminlangan koʻp bolali hamda yetim bolasi bor oilalarni, uzoq muddat ishlagan, ayni vaqtda qarovsiz, yolgʻiz qariyalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ularga moddiy va amaliy yordam koʻrsatiladi.

  5. Xodimlar va ularning oila aʼzolarini (ota-ona, turmush oʻrtogʻi va farzandlari)ni sogʻlomlashtirish hamda dam olishi uchun yoʻllanmalar Ish beruvchi tizimidagi boshlangʻich kasaba uyushma qoʻmitalari tomonidan beriladigan buyurtmalar asosida, ular tomonidan toʻlangan ijtimoiy soliqdan va kasaba uyushmalari aʼzolik badallaridan tushgan mablagʻlarning sogʻlomlashtirishga yoʻnaltirilgan miqdoriga muvofiq ravishda beriladi.

  6. Xodimlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasi sanatoriy-kurort muassasalarida va bolalar oromgohlarida sogʻlomlashtirish hamda dam olishi uchun yoʻllanmalarni Ish beruvchi hisobidan tashkil etish masalalari Ish beruvchining moliyaviy sharoitidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

  7. Sogʻlomlashtirish uchun ish beruvchi tomonidan oʻtkazilayotgan mablagʻlar hisobidan kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj xodimlar, shuningdek, koʻp yillar davomida tizimda faoliyat yuritgan yolgʻiz qariyalar, pensionerlar va nogironligi boʻlgan shaxslarga bepul yoʻllanmalar ajratiladi.

  8. Ish beruvchi tizimda ijtimoiy obyektlar boʻlgan taqdirda yoki yangi tashkil etilganda ularni mablagʻ bilan taʼminlaydi, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va mavsumga oʻz vaqtida tayyorlash choralarini koʻradi.

  9. Ish beruvchi koronavirus yoki boshqa yuqumli kasalliklar tufayli joriy qilingan karantin choralari davrida xodimlarga Jamoa shartnomalarida belgilanadigan imtiyoz va kafolatlar berishni oʻz zimmasiga oladi.




Download 281 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling