Oʻzbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya Qoʻmitasi raisi


XII. MADANIY-MAʼRIFIY ISHLAR, JISMONIY TARBIYA VA SPORTNI OMMALASHTIRISH, MEHNATKASHLAR VA ULARNING OILA AʼZOLARINI SOGʻLOMLASHTIRISH


Download 281 Kb.
bet12/14
Sana21.04.2023
Hajmi281 Kb.
#1372127
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
XII. MADANIY-MAʼRIFIY ISHLAR, JISMONIY TARBIYA VA SPORTNI OMMALASHTIRISH, MEHNATKASHLAR VA ULARNING OILA AʼZOLARINI SOGʻLOMLASHTIRISH



  1. Mazkur masalalarda Taraflar quyidagilarni oʻz zimmalariga oladilar:

har bir muassasada “Maʼnaviyat va maʼrifat xonasi”ni tashkil etish va uni zamonaviy adabiyotlar, plakatlar, stendlar bilan taʼminlash;
“Kitobxon” burchaklarini tashkil etish va “Eng yaxshi kitobxon” koʻrik-tanlovini oʻtkazish;
umumxalq bayramlarini nishonlash kunlarida kasb mahorati hamda badiiy havaskorlik yoʻnalishlari boʻyicha turli musobaqalar, koʻrik-tanlovlarini tashkil etish;
xodimlar, ayniqsa yoshlarni maʼnaviy-maʼrifiy, gʻoyaviy-mafkuraviy dunyoqarashini yanada oshirish, siyosiy va huquqiy bilimini rivojlantirish, intellektual salohiyatini takomillashtirish maqsadida turli soha vakillarini jalb etgan holda davra suhbatlari, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, har oyda 1-marta “Maʼrifat soatlari”ni oʻtkazib borish;
jamoat tashkilotlari va jamgʻarmalarni jalb etgan holda, xodimlar va ularning oila aʼzolarini ommaviy sportga, turli sport seksiyalari, toʻgaraklariga
jalb etish hamda ular oʻrtasida spartakiadalar va sport turlari boʻyicha musobaqalar uyushtirish.

  1. Ish beruvchi har oyda Mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasidan madaniy-maʼrifiy, jismoniy tarbiya-sport tadbirlari, respublika hududidagi tarixiy qadamjolarga sayohatlar tashkil etish, konsertlar, teatrlarga chiptalar va istirohat bogʻlariga taklifnomalar xarid qilish, moddiy yordam koʻrsatish, ragʻbatlantirish, Kasaba uyushmasi qoʻmitasining shtatdagi xodimlariga qoʻshimcha haq toʻlash va boshqa maqsadlar uchun Kasaba uyushmasi qoʻmitasi hisob raqamiga mablagʻ oʻtkazib borish majburiyatini oladi. Oʻtkaziladigan mablagʻ miqdori Jamoa shartnomasida belgilanadi. (Oʻzbekiston Respublikasi “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi Qonunining 18-moddasi).

  2. Ish beruvchi:

xodimlarni qayta oʻqitish va malakasini oshirishga koʻmaklashadi;
xodimlar va ularning farzandlarini sogʻlomlashtirish, dam oldirish bilan bogʻliq tadbirlarni boshlangʻich kasaba uyushma qoʻmitasining tavsiyasi asosida tashkil etadi;
jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish uchun moddiy va boshqa sharoitlar yaratib beradi hamda mehnat jamoasida xodimlar gimnastikasini joriy etadi;
sogʻlom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida Ish beruvchi tizimidagi mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan xodimga “Sport targʻibotchisi” qoʻshimcha vazifasini yuklaydi va uning bazaviy lavozim maoshiga qoʻshimcha 20 foiz miqdorida ustama belgilaydi;
ish vaqtidan soʻng tanlangan kunlarda (haftada kamida bir marta) tizimdagi mehnat jamoalarida rahbar va barcha xodimlarning jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari (yugurish, suzish, futbol, badminton, voleybol, basketbol, stritbol, stol tennisi va boshqalar) bilan shugʻullanishini tashkil etadi;
xodimlar va ularning oila aʼzolarining qiziqishlariga koʻra sport toʻgaraklariga qatnashlari uchun moliyaviy imkoniyatdan kelib chiqib, imtiyozli chiptalar bilan taʼminlaydi.



Download 281 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling