Oʻzbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya Qoʻmitasi raisi
II. MEHNAT SHARTNOMASI, BANDLIK KAFOLATLARI
Download 281 Kb.
|
II. MEHNAT SHARTNOMASI, BANDLIK KAFOLATLARI
Ish beruvchi: xodimlarni mehnat shartnomasiga asosan ish bilan taʼminlaydi, ularga qulay va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratadi; xodimlarni oʻz mehnat majburiyatlarini bajarishi uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalar, asboblar, texnik hujjatlar va boshqa vositalar bilan taʼminlaydi; qonunda belgilangan tartibda xodimlarning vakillari bilan jamoa muzokaralarini olib boradi, shuningdek jamoa shartnomasini tuzadi; xodimlarning vakillariga ushbu kelishuv va jamoa shartnomasini tuzish hamda ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan toʻliq va ishonchli axborotni taqdim etadi; xodimlarning oʻz mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq boʻlgan maishiy ehtiyojlari taʼminlanishini amalga oshiradi; Ish beruvchi va uning hududiy boʻlinmalari tugatilishi va qayta tashkil etilishi natijasida ish joyidan boʻshatilgan xodimlarning qonuniy huquqlariga rioya etadi, ularni qayta oʻqitish, malakasini oshirish va ishga joylashtirishga koʻmaklashishni oʻz zimmasiga oladi; Mehnat kodeksining 136-moddasiga muvofiq xodim mehnat shartnomasida shart qilib koʻrsatilgan mehnat vazifasiga koʻra ishni davom ettirayotganda ish beruvchidan mehnat shartlarini oʻzgartirish boʻyicha talabini oʻz vaqtida koʻrib chiqadi. Mehnat kodeksining 166-moddasiga muvofiq xodimlarni ishdan boʻshatish toʻgʻrisida axborot taqdim etadi; Mehnat kodeksining 173-moddasiga muvofiq mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimlarni ishdan boʻshatish nafaqasini toʻlaydi; Mehnat kodeksining 119-moddasining birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishga yoʻl qoʻymaydi; Mehnat kodeksining 99-moddasiga muvofiq ish oʻrinlarining belgilangan eng kam soni hisobiga shaxslarni ishga joylashtiradi; Mehnat kodeksining 165-moddasiga muvofiq xodimlarni mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida ogohlantiradi; Mehnat kodeksining 144-moddasiga muvofiq xodimning ish oʻrnini boshqa ishga oʻtkazish tartibida saqlash choralarini koʻradi; mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining 100-moddasi birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq alohida asoslarga koʻra bekor qilinganda oʻrtacha oylik ish haqini ishga joylashtirish davrida saqlab qoladi; taklif etilgan shaxslarga Mehnat kodeksining 101-moddasiga muvofiq kafolatlar beradi; oʻzi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining 102-moddasiga muvofiq alohida asoslarga koʻra bekor qilingan xodimlarni qayta ishga qabul qiladi; Mehnat kodeksining 78-moddasiga binoan jamoa shartnomasi kuchga kirganidan keyin oʻn kundan kechiktirmay xodimlarni jamoa shartnomasi bilan imzo qoʻydirib tanishtiradi; shuningdek, mehnat shartnomasini tuzishda ishga qabul qilinayotgan xodimni Kasaba uyushma qoʻmitasi raisi (tashkilotchisi) va jamoa shartnomasi bilan imzo qoʻydirib tanishtiradi; ushbu Kelishuv va jamoa shartnomasiga muvofiq qoʻshimcha kafolatlar beradi. Mehnat kodeksining 129-moddasida nomlari keltirilgan xodimlar toifalaridan tashqari yana quyidagi shaxslar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi: Oʻzbekiston Respublikasida belgilab qoʻyilgan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga teng ish haqi oʻrnatilgan shaxslarga; oilasida yagona boquvchi boʻlgan shaxslarga; “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”da roʻyxatda turgan xodimlarga. Download 281 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling