O‘zbekiston bank tizimining tashkil topishi va rivojlanishi
Download 120.11 Kb.
|
pul bank5ydrtereshxjrdkctfhb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yopiq inflyatsiya
- Taklif
Kutilmagan inflyatsiya iqtisodiyotda yuz beradigan ko‘zda tutilmagan iqtisodiy inqirozlar, ziddiyatlar, urushlar, qurg‘oqchilik va boshqa holatlarda yuz berishi mumkin.
Ochiq inflyatsiya mamlakatda tovarlar va xizmatlar bahosini ortib borishi bilan izohlanadi. Inflyatsiyaning ushbu shakli hukumat tomonidan e’tirof etiladi va uni bartaraf etish yuzasidan ochiqchasiga tegishli chora- tadbirlar amalga oshiriladi. Yopiq inflyatsiya sharoitida tovar va xizmatlar bahosi sun’iy ravishda pasaytirib ko‘rsatiladi, mamlakatda qattiq pul-kredit siyosati joriy etiladi. Yopiq inflyatsiya sharotida aholi mamlakatdagi real inflyatsiya darajasi haqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lmaydi. Talab inflyatsiyasi sharoitida yalpi talab hajmi real ishlab chiqarish hajmiga nisbatan tez su’ratlar bilan o‘sib boradi, buning natijasida tovar va xizmatlar bahosi ortib ketadi. Taklif (xarajatlar) inflyatsiyasi ishlab chiqarish vositalari va resurslaridan samarali foydalanilmaslik oqibatida ishlab chiqarish xarajatlari ortib ketadi, tovar va xizmatlar bahosi ko‘tariladi. Natijada aholining real daromadlariga nisbatan tovarlar va xizmatlarning bahosi nomutanosib ravishda tez ko‘tarilib ketadi. Dastlabki bosqichda muomaladagi ortiqcha pul massasi mamlakatda ishlab chiqarish va realizatsiya jarayonlarini tezlashtirish hamda ishsizlik darajasini pasaytirish hisobiga baholarning muvozanatligini ta’minlaydi. Natijada, ishlab chiqarish rivojlanib, ishsizlik darajasi pasayishi natijasida mamlakatda tovarlar hajmi ortishi talabni qondirish bilan birga, undan ortib ketadi. Bu o‘z navbatida, ishlab chiqarishning samarasizligi va ishsizlik darajasini oshishiga sabab bo‘ladi. Inflyatsiyaning vujudga kelish sabablariInflyatsiya – pul muomalasi qonunining buzilishi, iqtisodiyotda tovar massasi hamda pul massasi o‘rtasidagi nomutanosiblik jarayonida vujudga keladi. Inflyatsiyani vujudga kelishiga qator omillar ta’sir qilib, ularni ichki va tashqi omillarga ajratish mumkin. Ichki omillar tarkibiga ortiqcha pul massasi vujudga kelishi, milliy valyutaga nisbatan ishonchning pasayishi, mamlakatning nomutanosib to‘lov balansi kabilarni kiritish mumkin. Tashqi omillarga mamlakat tashqi siyosatining beqarorligi, iqtisodiy inqirozlar, moliya va fond bozorlarida indekslarning o‘zgarishi kabilarni keltirish mumkin. Ta’kidlash joizki, oltin va kumush tangalar pul vazifasini bajargan davrda iqtisodiyotda inflyatsiya muammosi mavjud bo‘lmagan Download 120.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling