O‘zbekiston milliy universiteti


-chizma Boshqaruv mexanizmi kategoriyalari28


Download 302.19 Kb.
bet17/22
Sana18.06.2023
Hajmi302.19 Kb.
#1567375
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Korxonalar faolyatiga doir hodimlar strategiyasitt

6-chizma Boshqaruv mexanizmi kategoriyalari28
Jismoniy vositalar - bu biz bevosita kuzatadigan narsalar, aynan ularning oʻzgarishi tez seziladi. Oʻzingizning qaysidir bir shaxsiy jismoniy sifatlaringizni kamchilik deb hisoblab, ularni oʻzgacha xulq manerasi bilan qanday qoplashni hal qilishingiz mumkin.
Jismoniy sifatlarning har birini alohida koʻrib oʻtamiz, lekin shuni esda tutish muhim: bizning har birimizda ular birgalikda namoyon boʻladi. Har birimizning kalbimizda ayrim elementlarni birlashtirgan oʻz ideal fizik obrazimiz mavjud boʻlishi kerak.
Boʻyi – bast. Bizning jamiyatimizda oʻrta va past boʻyli kishilar oldida koʻpincha baland boʻyli kishilarga koʻproq e‘tibor beriladi.
Kadrlar boʻlimida oʻtkazilgan soʻrovlar ishga qabul qilishda yuqori boʻyli kishilarga ma‘lum darajada koʻproq e‘tibor berilishini yuzaga chiqardi. Bu erkaklarga ham, ayollarga ham taalluqli, lekin ayollarga nisbatan kamroq darajada.
Aniqki, boʻyni haqiqiy oʻstirish toʻgʻrisida gap ham boʻlishi mumkin emas, lekin uni yuqoriroq qilib koʻrsatish mumkin. Buning uchun gavdaning tuzilishini oʻzgartirishi mumkin, ya‘ni ―Toʻgʻri tik turing‖, ―Toʻgʻri oʻtiring‖, gavdani toʻgʻri tuting. Gavdaning toʻgʻri tutilishi - oʻziga ishonch va erkinlik tasavvuridir, shuningdek, bu kishini balandroq koʻrsatadi. Achinarli tutilgan gavda zaiflikni ma‘lum qiladi. Oʻz vaqtida bundan foydalanishingiz mumkin.
Oʻzingizda qat‘iyatlikni koʻrsatmang - kuchingiz etmasligini koʻrsatib qoʻyasiz. Agar, Siz haqiqatda oʻzingizni ishonchsiz sezib, buni koʻrsatsangiz magʻlubiyatga uchraysiz. Boshqa tomondan, Siz kuchli va oʻziga ishongan inson ―rolini oʻynasangiz‖, ikkita narsa sodir boʻlishi mumkin: birinchisi, Sizning raqibingiz kim kuchga va qa‘tiyatga ega kishini ifoda etayotganini hisobga olishga majbur boʻladi. Ikkinchidan, oʻzingizning ―zoʻr‖ligingizni namoyon qilib, Siz haqiqatdan ham oʻzingizni qat‘iyatli deb his qilasiz.
Lekin bunday xulq asosiy prinsip - har qanday vaziyatda ham nimani xohlayotganingizni bilishingiz zarurligi bilan bevosita bogʻliq. Sizga qanday yakun ma‘qulligini bilib olsangiz, barcha imkoniyatlaringizni ishga solishingiz mumkin.
Qo‘l qisishuv. Biz har kuni bir-birimizning qoʻlimizni qisamiz, lekin buni koʻpincha notoʻgʻri qilamiz. Bu yyerda hech qanday qiyinchiliklar yoʻq, doʻstona qoʻl qisishuvlar esa koʻp ma‘noni bildiradi. Bu boshqalar bilan jismoniy aloqaga kirishishning eng birinchi va asosan yagona usulidir. Va bu oʻz vazifasini bajarishi lozim.
Yaxshi qoʻl qisishuvni ikkita soʻz - qisqa va kuchli soʻzlari bilan ifodalash mumkin. Qoʻl qisishuv kuchi qat‘iy ishonchdan darak beradi.
Ovoz. Qoʻl qisishni oddiy ―Salom!‖ yoki ―Assalomu - alaykum!‖ degan soʻzlar bilan bajargan ma‘qul. Lekin bu soʻzlar aniq eshitilishi va erkin, hamda ishonchga toʻla boʻlishi kerak. Siz insonga ishonmagan taqdiringizda ham buni bildirmang.


Download 302.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling