O‘zbekiston milliy universiteti
III bob bo’yicha qisqacha xulosa
Download 302.19 Kb.
|
Korxonalar faolyatiga doir hodimlar strategiyasitt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy xulosa va takliflar
III bob bo’yicha qisqacha xulosa
Shunday qilib, personal boshqarish strategiyasini bir nechta o‘zaro bog‘liq tushunchalar bilan tavsiflash mumkin: strategik maqsadlarga erishish uchun korxona faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha kadrlar siyosati vositasi, yuqori malakali kadrlar shakillantirish, tayyorlash, joylashtirish va oqilona foydalanishning istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash, personalning kadrlar faoliyati shakllari, texnologiyalari, usullarini belgilab beradigan alohida boshqaruv funksiyasi, ichki va tashqi muhit omillarining ta’siri, belgilangan koordinatalar tizimida vaqt va makon bo‘yicha tashkilot xarakatini hisobga oladigan, odamlarning maqsadga muvofiq kadrlar faoliyati dinamik modeli. Umumiy xulosa va takliflarKadrlar siyosatini optimallashtirish va uning mexanizmlarini takomillashtirish bevosita har bir xodimning sifatli va samarali ish yuritishi, mehnat faoliyatini yaxshilashi, malakasini oshirishi va shuningdek boshqaruv xodimlari zahirasini shakllantirish bilan bog‘liq. Xodimlar boshqaruvi tizimi qobiliyatini o‘stirish, ish faoliyatini intensifikatsiya qilish (jadallashtirish), ularning innovatsion texnologiyalarni o‘zlashtirishlari, vakolat va mas’uliyatlarini oshirish bo‘yicha yangi qarorlar qabul qilishni talab qiladi. Kadrlar siyosatining asosiy maqsadi - yuqori malakali xodimlar bilan ta’minlash va peshqadam jamoani shakllantirishdan iborat. Bu maqsadlarni joriy etish uchun sohasiga kadrlar tayyorlash siyosati quyidagi ishlarni amalga oshirishi mumkin. Respublika hududlaridagi madaniyat markazlarida xodimlarga bo‘lgan talabni o‘rganish, istiqbolni rejalashtirish, xodimlarni tanlash tizimini tashkil etish; Madaniyat markazlari xodimlari zahirasini tashkil etish, xodimning xizmat darajasini ko‘tarib borish; Xodimlarning kasb va malaka oshirishni tashkil etish. Hozirga davrda kadrlarni rivojlantirishga ehtiyoj sezadigan holatlar: iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida turli bozorlardagi jiddiy raqobat; yangi axborot texnologiyalarini jadal rivojlanishi; tashkilot faoliyatining yagona dasturi asosida inson resurslarini boshqarish masalalarini tizimli, kompleks hal etish va barcha strategik vazifalarni bajarish; tashkilotning strategiyasi va tashkiliy madaniyatini rivojlantirish zaruriyati; yagona kadrlar siyosatini va tashkilotning strategik maksadlarini amalga oshirishda barcha rahbarlar ishtirok etishi; inson resurslarini rivojlantirishning turli sohalarida keng ixtisoslashgan konsalting firmalar tarmog‘ining mavjudligi Kadrlar rivojlantirish zarurati anglab yetgan korxona va tashkilotlar kadrlarni rivojlantirish va bu sohani takomillashtirish orqali ishlab chiqarishning o‘sishiga, mutaxasislar malakasining oshishiga va raqobatbardoshlikning ortishiga va korxona daromadining ko‘payishiga erishiladi. Shu bilan birgalikda, ish vaqtining qisqarishiga, kadrlar qo‘nimsizligining pasayishiga va resurslar sarfining kamayishiga sabab bo‘ladi. Kadrlarni rivojlantirish chora-tadbirlari yangi xodimni yangi ish joyiga tezda moslashishi, yangi vazifalarni o‘z vaftida va samarali bajarish, yangi texnoligiyalar va yangi sharoitlarda xodimlarning o‘z vazifalarininng operativ tarzda bajara olishini taʼminlaydi. Shu bilan birgalikda oldindan mavjud vazifalarga yangicha yondashuv orqali bajarish natijasida samaradorlikning oshishiga erishiladi32. Sohasida kadrlar siyosatining dolzarb masalalaridan biri motivatsiya tizimni takomillashtirishdir. Bunda sohaga taraqqiyotiga hissa qo‘shuvchi xodimlarni rag‘batlantirish va mansabini ko‘tarish kerak. Sohada korporativ madaniyatni rivojlantirish ya’ni kompleks dastur asosida korporativ madaniyatni oshirish uchun xodimlarni axborot bilan ta’minlash va ijtimoiy-ruhiy muhitini yaxshilash zaruriyati sezilmoqda. Download 302.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling