O‘zbekiston milliy universiteti
-chizma Jismoniy vositalar29
Download 302.19 Kb.
|
Korxonalar faolyatiga doir hodimlar strategiyasitt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqalar muloqotda o„zini qanday tutishini kuzating.
- Emotsional (mental) vositalar
7-chizma Jismoniy vositalar29
Sizning qadam tashlashingiz kabi nutqingiz ham ravon boʻlsin. Tez gapirish insonni fikridan adashtiradi, hayajonlanishingizni koʻrsatib qoʻyadi. Siz qabul qilishga qulay boʻlgan tezlik bilan ifodali qilib gapiring. Nima gapirayotganligingizni faqatgina uylab emas, balki qanday gapirayotganingizga ham qoʻloq tuting. Ovozingiz qanday eshitilishini tasavvur qiling. Boshqalar muloqotda o„zini qanday tutishini kuzating. Muloqotga kirishayotgan tomonlarni kuzatishning koʻp imkoniyatlari mavjud. Kinofilmlarda ham, telekoʻrsatuvlarda ham tanishuv va uchrashuv sahnalarini koʻrish mumkin. Koʻrish vaqtida e‘tibor bering. Ovozga, gavda tutilishiga, harakatlarning ravonligiga e‘tibor qiling. Insonlarni muloqot jarayonida kuzatish mumkin boʻlgan sharoitlarda ishlasangiz, bundan foydalaning. Muloqot boshlanishini, masalan, restoranda ham koʻrsa boʻladi. Mana ishbilarmonlar bir-birini qarshilamoqda. Ular buni qanday bajaradilar? Nima sodir boʻlayapti? Insonlar qanday qilib shakllanib boʻlgan guruhlarga qoʻshilayaptilar? Bu qanday harakatlar bilan amalga oshirilmoqda? Sodir boʻlayotgan narsalarni kuzatishdan foydali xulosalar chiqaring. Bu narsalarga yuzaki qaramang, asl mohiyatiga e‘tibor bering. Mumkin boʻlgan vaziyatlarni tasavvur qiling. Har bir qulay vaziyatlarda Siz muloqot yoʻllari va usullarini amalda qoʻllang. Siz endi qatnashadigan vaziyat holatlarini tahlil qilish uchun vaqtga ega boʻlib, muloqot jarayonida erishmoqchi boʻlgan maqsadingizni aniq qoʻyib, Siz ancha ustunlikni qoʻlga kiritasiz. Balki har qachon va har qanday holatda omad sizga qoʻlib boqmas, lekin Sizning gʻalabalaringizning oʻrtacha darajasi yuqori boʻladi. Emotsional (mental) vositalar: Boshqaruvning koʻpgina emotsional vositalaridan biz quyidagilariga toʻxtalamiz: «Qila olmoq – bajarmoq» oʻrtasidagi munosabat. Agar siz vazifani bajarish mumkinligiga oʻzingizni ishontirsangiz va ishonsangiz: Siz uni bajarasiz. Joylashuvning ta‘siri. Xulq-atvorning qanday namoyon boʻlishiga ―Bu yerda men oʻz uyimdaman. Bu mening makonim‖ deb his qilish ham ta‘sir etadi. Oʻzingizga ishonch, Sizga tanish boʻlgan ba‘zi joylarda his qiladigan xotirjamlikni, agar Siz bu hissiyotni istagingizga koʻra uygʻota olsangiz - har qachon va har qanday joyda xotirjam boʻlishingizga yordam beradi. Muloqot turini tanlash. Koʻpincha Sizda muloqot turini tanlash imkoniyati mavjud: masalan, Siz telefonda yoki yuzma-yuz gaplashishingiz mumkin. Oʻzingizga eng qulay va samaralisini tanlang. Telefon boshlash uchun yaxshi - Siz suhbatdan oldin yozuvlarni tayyorlab, oldingizga qoʻyib qoʻyasiz. Muvozanatning koʻrinishi. Sizning rakibingiz oʻz ustunligiga ishonadi. Sizga oʻz xukmini oʻtkazish mumkinligiga ishonib, uni oʻziga qat‘iy ishonch hissiyoti qamrab oladi. Siz uning fikrlarini oʻzingizga kerakli tomonga burishingiz mumkin va mantiqiy nihoyaga etgandan soʻng, baxslashuvni uning oʻz soʻzlari bilan yakunlang, lekin bunda Sizga kerakli boʻlgan narsalarni uqtirib turing. Download 302.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling