O’zbekiston qishloq aholi punktlari geografiyasi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SHAHAR VA QISHLOQ AHOLI PUNKTLARINING SONIDAGI O‘ZGARISHLAR


Download 129.5 Kb.
bet3/4
Sana10.01.2023
Hajmi129.5 Kb.
#1086735
1   2   3   4
Bog'liq
O’ZBEKISTON QISHLOQ AHOLI PUNKTLARI GEOGRAFIYASI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SHAHAR VA QISHLOQ AHOLI PUNKTLARINING SONIDAGI O‘ZGARISHLAR



Mintaqalar

2008 yil

2009 yil

shaharlar

shaharchalar

qishloqlar

urbanizatsiya darajasi, %

Shaharlar

shaharchalar

qishloqlar

urbanizatsiya darajasi, %

O‘zbekiston Respublikasi (jami)

119

114

11831

35.8

119

1080

10865

51.7

Shu jumladan:

























Qoraqalpog‘iston Respublikasi

12

15

1183

48.5

12

27

1172

50.4

Viloyatlar:

























Andijon

11

5

536

29.2

11

89

458

53.5

Buxoro

11

2

1519

29.2

11

62

1459

38.8

Jizzax

6

9

558

29.7

6

43

524

47.4

Navoiy

6

8

624

39.5

6

38

594

49.6

Namangan

8

11

512

37.1

8

120

403

64.7

Samarqand

11

12

1949

25.1

11

88

1873

37.4

Sirdaryo

5

5

284

31.1

5

21

268

41.3

Surxondaryo

8

7

847

19.1

8

114

740

37.2

Toshkent

16

18

954

39.3

16

97

875

50.1

Farg‘ona

9

10

1189

27.8

9

206

993

58.8

Xorazm

3

7

612

21.8

3

58

561

34.2

Qashqadaryo

12

4

1064

24.6

12

123

945

43.6

Toshkent sh.

1

1

-

100.0

1

1

-

100.0

Jadval O‘zR Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan.


-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, asosiy o‘zgarishlar shaharchalar soniga taalluqli bo‘lib, ular ko‘proq yuqorida nomlari keltirilgan viloyatlarda tashkil topgan. Ayni chog‘da yangi shaharchalar soni Jizzax viloyatida 34 ta, Navoiyda 30 ta, Sirdaryo 16 t va Qoraqalpog‘istonda atigi 11 ta bo‘lgan. yangi shaharchalarning bunday geografik xususiyatlari qator sabablar bilan izohlanadi. Masalan, viloyatlarda QAP soni, ularning aholi soni bo‘yicha taqsimlanishi va bajaradigan vazifasi kabilar shular jumlasidandir.


Odatda, qishloqlarga shaharcha maqomini berishda quyidagilar hisobga olinishi maqsadga muvofiq:

  • aholi soni kamida 2000 kishidan ziyod bo‘lishi kerak;

  • aholi sonining o‘sish darajasi va uning bandlik ko‘rsatkichlari;

  • QAP ning geografik o‘rni;

  • qishloqlarning bajaradigan funksiyasi;

  • uy-joy qurilish holati, obodongarchiligi;

  • transport va ijtimoiy infratuzilmasi;

  • sanoati va maishiy xizmat ko‘rsatish sohalari;

  • servis sohasining rivojlanganligi;

  • investitsiya muhiti va qo‘shma korxonalar mavjudligi;

  • ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimi;

  • bosh reja, loyiha hujjatlari bilan ta’minlanganligi va h.k.

Respublikada bitta qaror bilan bardaniga mingga yaqin yangi shaharchalarning paydo bo‘lishi qator muammolarni keltirib chiqarishi aniq. Natijada, yangi shaharchalarning eski muammolari to‘g‘risida gapirish mumkin. Chunki, qishloqlar maqomini o‘zgartirish bilan ularning muammolari butunlay hal bo‘lib qolmaydi, yangi shaharchalar paydo bo‘laveradi, ammo muammolar qolaveradi. Eng muhimi, bunday ma’muriy-hududiy o‘zgarishlar ham shahar joylar, ham qishloq joylar muammosini biroz chuqurlashtiradi. Sababi, respublika shaharlarining asosiy qismi aholisi 50 ming kishigacha bo‘lgan aholi punktlari bo‘lib, ularda qator ijtimoiy-iqtisodiy muammolar mavjud. Endi esa bu muammolarni ular safiga qo‘shilgan “yangi shaharchalar” yanada keskinlashtiradi. Ayni vaqtda, QAP tarkibidan nisbatan yirikroqlarining “ketishi” tufayli joylarda mayda va kichik qishloqlar aksariyatni tashkil qiladi. Bunday kattalikdagi qishloq aholi punktlarida, ayniqsa maishiy xizmat ko‘rsatish, ta’lim, savdo, sog‘liqni-saqlash tizimlarini rivojlantirish va hududiy tashkil etish ayrim qiyinchiliklarga duch keladi.


Albatta, bu muammolarning ayrimlari vaqtincha tusga ega bo‘lib, ularni yechish. Prezident farmoni va Respublika Vazirlar Mahkamasi qarorida qayd etilganidek, bosqichma-bosqich amalga oshirilib boriladi. Rasmiy hujjatlarda mazkur muammolarning yuzaga kelishi nazarda tutilgan va QAP toifasini o‘zgarishi bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy chora-tadbilar ko‘rilishi tavsiya etilgan.
Davlat, qarorlarida yangi shaharlar nomlari va ularni o‘zgartirish to‘g‘risida ham fikr bildirilgan. Haqiqatda bu borada ba’zi muammolar mavjud, chunki juda ko‘p qishloqlar nomi an’anaviy bir xil. Masalan, Yangiqishloq, Yangihayot, Yangiobod, Bo‘ston, Guliston, Halqobod, Bekobod, Ravot kabi nomlar bilan ataluvchi qishloqlar qator tuman va viloyatlarda uchraydi. Mustaqillikning dastlabki yillarida aholi punktlari nomlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ruschadan o‘girish holatlari ham bo‘lgan: Krasnogorsk-Qiziltog‘, Krestyanskiy-Dehqonobod, Krasyiy vodopad-Qizil sharshara, Slonechniy-Quyoshli, Soldatskiy-Askarlik va h.k. Bunday yo‘l tutish ham noto‘g‘ri. Sababi, har bir aholi manzilgohining nomi o‘sha davr xususiyatidan kelib chiqib, ularning tarixi, geografiyasini ham aks ettirgan. Shu bois, agar zaruriyat bo‘lsa, oddiy tarjima emas, balki shu joyning eski, mahalliy nomlarini topib qo‘yish to‘g‘riroq hisoblanadi.
Yangi shaharchalarga amaldagi shaharsozlik qonun-qoidalar nuqtai-nazardan qaralsa, ularning ko‘pchiligi hozircha bu talablarga javob bermaydi. Chunki, yangi shaharlarning barchasida ham haqiqiy shahar hosil qiluvchi tarmoqlar (qishloq xo‘jaligi bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan sohalar) mavjud emas yoki sust rivojlangan. Binobarin, ularning agroshaharlar deb atash ma’qulroq hisoblanadi. Agroshaharlarning ko‘plab vujudga kelishi respublika va uning viloyatlarida urbanizatsiya darajasining keskin ko‘tarilishiga olib keldi. Mamlakat bo‘yicha bu ko‘rsatkich 34,6 % dan birdaniga 51,7%ga, 1,5 martaga ko‘paydi (-jadval).
Jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, respublika bo‘yicha qishloq aholisining ulushi 64,2% dan 15,9%ga qisqarib, 48,3%ga tushib qoldi. Bunday qisqarish ayniqsa Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, ya’ni aholi joylashuvi nihoyatda zich bo‘lgan mintaqada sezilarli bo‘ldi. Masalan, Farg‘ona viloyati qishloq aholisining nisbiy ko‘rsatkichi 31,0%ga, Namanganda u 27,6 va Andijonda 24,4%ga kamaydi. Bu hududda yirik qishloqlar ko‘p bo‘lgan (Karaskon, Varzik, Olmos, Oyim, Xonobod, Rapqon, Karimdevona va b.) va ularning aksariyati shaharcha maqomini olgan.
Umumiy urbanizatsiya daraja (demografik ko‘rsatkich) hozirgi vaqtda Namangan viloyatida eng yuqori bo‘lib, 64,7%ga teng. Farg‘onada u 58,8, Andijonda esa 53,6%ni tashkil qiladi. Demak, aytish mumkinki, Farg‘ona vodiysi urbanizatsiyalashgan hududga aylanib, bu yerda oldingi tadqiqotlarimizda ta’kidlaganimizdek, o‘ziga xos qishloq-shahar megapolisi shakllanmoqda.
E’tirof etish lozimki, respublikada shahar joylar sonining anomal holda keskin ko‘payishi natijasida 2009 yil qishloqlar yiligina emas, “shaharlar yili” bo‘lib ham tarixga kiradi va umumiy urbanizatsiya darajasiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Biroq, ushbu olamshumul va obektiv jarayonning g‘arb mamlakatlariga xos talqini bizning sharoitimizga to‘g‘ri kelmaydi. Sababi, Sharq mamlakatlarida, xususan, O‘rta Osiyo respublikalarida tarixan shahar va qishloq o‘zaro chambarchas bog‘liq holda rivojlanib kelgan, bugungi shahar kechagi qishloq bo‘lgan.
Shu nuqtai-nazardan qishloqlarning saralanishi, ularning yirikroqlarini shahar toifasiga o‘tkazilishi muammoni uzil-kesil hal qilmaydi; mamlakatimizda alohida shahar yoki qishloq joylar muammosi yo‘q, balki umumiy yashash joylar muammosi bor. Binobarin, shahar bilan qishloqni bir-biriga qarama-qarshi (muqobil) qo‘yib emas, ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini birgalikda hal qilib borish zarur. Shu sababdan qishloqlar rivojlanishi shaharlar, ayniqsa, kichik shaharlar taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq holda amalga oshirilib borishi kerak.
-jadval

Download 129.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling