O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


integratsion aloqalarni shakllantirgan


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

integratsion aloqalarni shakllantirgan.
Integratsiya – yo’nalishiga ko’ra ikkiga bo’lanadi. Ulardan birinchisi,
mintaqa, ikkinchisi, xalqaro miqyosdagi integratsiyadir. Integratsiyaning ana shu
ko’rinishlari o’zaro to’ldiruvchanlik xususiyatiga ega. Mintaqaviy va xalqaro
integratsiyadan maqsad iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan mamlakatlarning
manfaatlarini yanada kengroq ro’yobga chiqarishdan iboratdir.
Mamlakatlarning geografik joylashgan o’rni, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
darajasi va shu kabi boshqa omillar integratsiyaning samaradorligiga ta’sir
ko’rsatadi. SHu jihatdan integratsiyalashayotgan mamlakatlar, avvalo, mintaqaviy
integratsiyani ustun takomillashtirib boradilar. Bunga Yevropa Ittifoqi, SHimoliy
Amerika erkin savdo hududi (NAFTA), Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi,
Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi(MDH) va boshqalarni misol qilib ko’rsatish
mumkin.
Mamlakatlarning mintaqa miqyosida integratsiyalashuvi orqali xalqaro
integratsiya rivojlanib borishi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratilib boriladi.
CHunki, mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro savdo mintaqaviy integratsiyaning rivoji
uchun asos bo’lgani singari, mintaqaviy integratsiya ham xalqaro integratsiya
rivojlanishi uchun xizmat qiladi.
Mintaqaviy doirada integratsiyalashayotgan mamlakatlar, avvalo, o’zaro
tashqi savdoni cheklashga qaratilgan kvota kabi to’siqlarni bartaraf qiladilar.
SHundan so’ng, yagona bojxona tizimi shakllanadi, mintaqaviy integratsiyaga
a’zo mamlakatlar uchun bir xil boj stavkalari joriy etilib, uning to’la amal
qilishiga erishiladi. Bu jarayon mamlakatlardagi ishlab chiqarishning
rivojlanishini yanada rag’batlantirish uchun, soliq tizimidagi imtiyoz va turli
cheklovlarni bekor qilish maqsadida, integratsion hududga kiruvchi davlatlarda
soliq stavkalaring yaqinlashtirilishini ham taqozo etadi.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling