O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

kompaniyalarga beriladi:
- faoliyat turi va yuridik maqomidan qat’iy nazar, ikki yoki undan ortiq
mamlakatda o’z sho’’ba korxonasiga ega kompaniyalar;
- o’zlarining xorijiy firmalari faoliyatini muvofiqlashtirib, boshqarib turgan
kompaniyalar.
Transmilliy kompaniyalar faoliyati milliy iqtisodiyotlarni geografik
joylashuviga ko’ra emas, balki takror ishlab chiqarish munosabatlarining o’zaro
mosligi va uyg’unligidan kelib chiqib bir-biriga bog’laydi. Hozirgi kunda dunyoda
40 mingdan oshiq transmilliy kompaniyalar (TMK) faoliyat ko’rsatadi, shundan
500tasi jahon xo’jaligida, xususan, milliy iqtisodiyotlar taraqqiyotida salmoqli
mavqeni egallaydi.
Mazkur 500 TMK dunyo ishlab chiqarishiing qariyb 50 foizi va savdosining
taxminan 60 foizini nazorat qiladi. Jumladan, bu TMKlar dunyo bug’doy, kofe,
makkajo’xori, tamaki, yog’och materiallari, temir rudasi savdosining 90 foizini,
mis va boksid savdosining 85foizi, tabiiy kauchuk va neft xom ashyosi savdosining
75 foizini nazorat qilmoqda.
Transmilliy kompaniyalarda yirik kapitalning jamlanishi bozordagi mavqeini
mustahkamlash bilan birga texnik va texnologik taraqqiyot sur’atlarini
jadallashtirishga imkon berayapti. SHu sababli yangi texnika va zamonaviy
texnologiyalar patenti va litsenziyalari hajmining qariyb 80 foizi ular hissasiga
to’g’ri kelmoqda.
Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda har bir tarmoqda 2-3 TMK jahon
bozorida hukmron mavqeni egallaydi. Masalan, yiliga 16 ming dona yo’lovchi
samolyoti sotiladigan va umumiy hajmi deyarli 1 trln. AQSH dollariga teng dunyo
bozorida amerikaning “Boing” va Yevropaning “Eyrbus indastri” kompaniyalari
hukmron mavqega egalar.
Jahon tajribasi ko’rsatadiki,integratsion jarayonlarning shakllanishi va
rivojlanishi nisbatan uzoq davrni qamrab oladi. Bu jarayonlarning amal qilish


168
mexanizmi esa, mantiqiy ketma-ketlikda bosqichma-bosqich shakllanadi.
Integratsion munosabatlarning amal qilishi asosan quyidagi shakllarda namoyon
bo’ladi:
- tovar va xizmatlar xalqaro savdosi;
- ishlab chiqarish sohasidagi xalqaro hamkorlik;
- xalqaro ilmiy-texnika hamkorligi;
- mintaqaviy integratsion birlashmalarning shakllanishi va rivojlanishi.
Xalqaro savdo dunyodagi barcha mamlamkatlarning tashqi savdosini qamrab
oluvchi jamlama tushuncha bo’lib, xalqaro tovar-pul munosabatlari sohasi
hisoblanadi. Bu bozorda xaridor va sotuvchilar sifatida davlat, davlat korxonalari,
transmilliy kompaniyalar, xalqaro tashkilotlar, turli firmalar, alohida jismoniy
shaxslar faoliyatda bo’lishi mumkin.
Mamlakatlar o’zaro integratsion aloqalarining asosini tovar va xizmatlar
savdosi tashkil etadi. SHu sababli ular mazkur savdo aloqalarini erkinlashtirish,
o’zaro qulay savdo shart-sharoitlari yaratish, protektsionistik vositalarga barham
berish, tarifli savdo tartibini takomillashtirib borish, Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo
bo’lish kabilar orqali integratsion munosabatlarini tartibga solish va
rag’batlantirishga harakat qiladilar.
Integratsiyaning muhim mexanizmlaridan yana biri ishlab chiqarishni tashkil
etish, boshqarish va takomillashtirishdagi xalqaro hamkorlik hisoblanadi. Buning
asosida alohida tovarlar guruhi, tovar yoki tovar qismini ishlab chiqarishda tarmoq
va tarmoqichi ixtisoslashuvi yotadi. Boshqacha aytganda, u yoki bu mamlakat
yuqori mehnat unumdorligiga erishish, iqtisodiy manfaatlarini ro’yobga chiqarish
va xarajatlarini imkon qadar kamaytirish uchun muayyan ishlab chiqarish
yo’nalishiga ixtisoslashadi. Ishlab chiqarish sohasidagi xalqaro hamkorlikning

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling