O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
- Bu sahifa navigatsiya:
- London sammiti
Vashington sammiti. 2008 yil 15 noyabrda Vashington shahrida bo’lib o’tgan katta
yigirmatalik davlatlari (G20) majlisida moliyaviy amaliyotlarni nazorat qilishni takomillashtirish 181 uchun milliy tizimlar ustidan qo’shimcha xalqaro hay’atlar tashkil etish g’oyasi muhokama etildi. Aksariyat siyosatchilar xalqaro nazoratni kuchaytirish inqirozning to’xtashi uchun samarali vosita bo’lishiga ishonch bildiradilar. SHu bilan birga mazkur taklifga mutlaqo qarshi bo’lgan guruhlar ham mavjud. Ular moliyaviy tizimni nazorat qilishga urinish asrlar davomida shakllangan erkin iqtisodiy munosabatlarga zid, degan fikrdalar. London sammiti. Ushbu sammitda “20 guruhi” mamlakatlari barqaror iqtisodiy rivojlanishni rag’batlantiruvchi barcha bozor tamoyillari va qadriyatlari masalalari bo’yicha yangi global konsepsiyaga erishish istagini bildirishdi. 2008 yil 2 aprelda London shahrida 20 mamlakat rahbarlari sammitida qabul qilingan qarorlar: - jahon moliya bozori qatnashchilari (davlatlar, tijorat banklari, reyting kompaniyalari, auditor kompaniyalari, investitsion ,xedj fondlari ) ustidan nazoratni kuchaytirish va yangi xalqaro moliya bozori ustidan nazorat qiluvchi organ tuzish; - rivojlanayotgan mamlakatlarga krizisga qarshi chora – tadbirlar uchun 2012 yil oxiriga qadar 1,1 trln. Dollardan iborat mablag’ jamlanadi va ular xalqaro valyuta ti shork Jahon banki orqali taqsimlanadi; - hammasi bo’lib sammit qatnashchilari 2010 yil oxiriga qadar qo’shimcha krizisga qarshi chora – tadbirlar uchun 5 trln. Dollar mablag’ sarflash va ushbu pullarni taraqqiy etgan va rivojlanayotgan mamlakatlarning bank tizimini tiklash, kambag’al mamlakatlarga moliyaviy yordam berish uchun yo’naltirish (100 mlrd. dollar); - xalqaro valyuta fondini faoliyatini isloh qilish va ustav kapitali 250 mlrd. dollardan 750 mlrd. dollarga yetkazish. Xalqaro valyuta fondini turli shaklda moliyalashtirishda yigirmatalik davlatlarining qatnashuvi. - xalqaro moliya instutlarining isloh etish (XVF) va moliyaviy barqarorlik forumi rolini kuchaytirish . - offshor zona va moliyaviy markazlarga nisbatan kuchli sanktsiyalarni qo’llash to’g’risida kelishib olindi. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling