O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
Yapon modeli – iqtisodiy rivojlanishning yapon modelini shved modelining yana bir
ko’rinishi sifatida keltirish mumkin. Yapon modeli tartibga solinuvchi “korporativ kapitalizm” modeli hisoblanadi. Bunda xususiy kapitalni jamg’arish imkoniyatlari davlatning iqtisodiy rivojlanishini dasturlash, tarkibiy, investitsiya, tashqi iqtisodiy va ijtimoiy siyosat sohalaridagi faol roli bilan uyg’unlashib ketadi. Tadbirkorlik sektorida davlatning ulushi yuqori bo’lmaydi. Davlat asosiy eьtiborni uzluksiz kasbiy tayyorgarlik orqali ishchi kuchining malakasini oshirishga qaratadi. Rivojlangan mamlakatlarning rivojlanishida globallashuv jarayoni yetakchi tendentsiya hisoblanadi. Ushbu mamlakatlarning eksport kvotasi, kapital qo’yilmalar tarkibida to’g’ridan- to’g’ri investitsiyalar ulushi, ishchilar tarkibida horijlik ishchilar ulushi, intellektual mulk savdosining hajmi ortib bormoqda. AQSH va Yaponiya eksportining geografik tarkibida 183 rivojlangan mamlakatlarning ulushi taxminin 50 % ni tashkil eadi. Keyingi yillarda ushbu mamlakatlar tashqi iqtisodiy geografiyasida rivojlanayotgan va o’tish iqtisodiyoti mamlakatlarining ulushi ortib bormoqda. Globallashuv natijasida rivojlangan mamlakatlarning o’zaro bir-biri bilan iqtisodiy bog’liqligidan tashqari, boshqa mamlakatlarga ham ortib bormoqda. Rivojlangan mamlaktlarning iqtisodiy rivojlanishida yana bir muhim tendentsiya integratsiya hisoblanadi. Jahonning yetakchi davlatlari o’rtasida iqtisodiy munosabatlar faol, integratsion guruhlar va ularning a’zolari o’rtasida yanada jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. Rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishidagi muhim jihatlaridan biri iqtisodiyotga davlat aralashuvining kamayishi, iqtisodiyotning erkinlashish jarayonidir. Birinchi jahon urushidan XX asrning 80-yillariga qadar rivojlangan mamlakatlarda davlat tomonidan iqtisodiyotga aralashish darajasi davlat harajatlari va iqtisodiyotda davlat sektori ulushining o’sishi shaklida jadal sur’atlarda ortib bordi. Jahon iqtisodiyotida globallashuv va integratsiya jarayonlarining chuqurlashishi natijasida aksariyat rivojlangan mamlakatlarda davlat xarajatlarining YaIM dagi ulushi qisqarib bordi. Bundan tashqari, hususiylashtirish, transport, aloqa, energetika, kommunal xo’jalik kabi tarmoqlarda davlat mulkini hususiy kompaniyalarning boshqaruv ixtyoriga topshirish boshlandi. XXI asrning boshlariga kelib rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining tarkibi postindustrial tarkibga ega bo’la boshladi. Iqtisodiyot tarkibida birlamchi (qishloq xo’jaligi, qazib olish, o’rmon, baliqchilik), ikkilamchi tarmoqlar (sanoat, qurilish) qisqargani xolda uchlamchi tarmoqlar (xizmatlar sohasi) ulushi osha boshladi. XX asrning birinchi yarmida transport, savdo maishiy xizmat, ta’lim iqtisodiyotning asosiy xizmatlar sohasidagi tarmog’iga aylangan bo’lsa, ikkinchi jahon urushidan keyin xizmatlar ijtimoiy soha – ta’lim, fan, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, madaniyat, san’at, uy-joy kommunal xo’jaligi ijtimoiy ta’minot hisobiga keyinchalik esa moliya xizmatlari, axborot-kommunikatsiya xizmatlari hisobiga jadal rivojlandi. Rivojlangan mamlakatlarda moliya sektori iqtisodiyot holatini ifoda etuvchi asosiy indikatorga aylanib bormoqda. Rivojlangan mamlakatlarda davlat xarajatlarining ortishi byudjet taqchilliga va davlat qarzlarning vujudga kelishiga olib keldi. Yevropa mamlakatlarining aksariyatida davlat qarzi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 50% dan oshadi, 2012 yilda Gretsiya, Italiya, Islandiya, Belgiyada 100%lik ko’rsatkichlardan oshib ketdi. Ushbu mamlakatlarda inflyatsiya darajasi o’zgarib turibdi. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling