O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jahon iqtisodiyotida xalqaro korporatsiyalar
Ijtimoiy soha rivojlangan mamlakatlarda aholining daromadlar bo’yicha tabaqalashuvidagi
farqning qisqarishi kuzatildi. Aholi daromadlarining o’sishi bilan bir vaqtda boy va kambag’al qatlamlar daromadlaridagi farqlar qisqardi. Aholi daromadlarining keskin oshishi natijasida o’rta sinfning shakllanishi ijtimoiy tabaqalashuvning qisqarish sabalaridan biri hisoblanadi.SHuningdek ish vaqti davomiyligi va ishsizlik darajasi o’rtasida ham farq kuzatiladi. Aholi turmush darajasining yuqoriligiga qaramasdan bir ishchiga hisoblangan rasmiy ish soatlari 1800 soat atrofida. Ishsizlik darajasi 2012 yilda G’arbiy Yevropada Ispaniya 30%, Gretsiya (26)%, Italiya (20)% kuzatildi. Ishsizlik darajasi va iqtisodiy o’sish surьatlari o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlik mavjudligini Yaponiya misolida ko’rishimiz mumkin. 2010 yildagi iqtisodiy o’sish surьatlarining pastligiga qaramasdan, yapon firmalari o’z ishchi, xizmatchilarini kamdan-kam hollarda ishdan bo’shatishadi. Rivojlangan malakatlarda – xususan G’arbiy Yevropa mamlaktlarida demografik jarayonlarda umumiy aholi sonida keksa yoshlilar (65 yoshdan oshgan) – demografik vaziyat – aholining qarishi muammosi xaqida bormoqda. Agar keksalar sonining ulushi 12 % dan oshsa, ushbu mamlakatlar aholisi qariyotgan hisoblanadi. Masalan, G’arbiy Yevropada 15 %, AQSH 12 %, Yaponiya 15%ni tashkil etadi. Aholining qarishi pensiya to’lovlari, keksalarni parvarishlashni tashkil etish ularga tibbiy xizmat kabi qo’shimcha mablag’larni talab etadi. Aholining qarishi mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish sohasiga jiddiy ta’sir o’tkazadi. G’arb iqtisodchilari aholi qarishi muammosini iqtisodiy salohiyatning pasayishi bilan baholaydi. 184 Jahon iqtisodiyotida xalqaro korporatsiyalar BMT ekspertlarining fikricha Transmilliy korporatsiyalar (TMK) “Jahon iqtisodining dvigatellaridir”. 100ta eng yirik xalqaro kompaniyalarning 40% mulki (shu jumladan moliyaviy mulki) boshka davlatlar hududida joylashgan. Transmilliy korporatsiyalarning asosiy kismi AKSH, YeI davlatlari, Yaponiya, Rossiyada joylashgan. TMK jahon sanoat ishlab chikarishining 40%igacha, xalkaro savdoning yarmini nazorat kiladilar. TMK korxonalarida ishlab chikarilgan mahsulotlarning miqdori yiliga 1 trln. Doll.dan oshib ketadi. Xush, transmilliy korporatsiyalar nima, ularga qanaqa kompaniyalar kiradi? An’anaviy ravishda xalqaro korporatsiyalar faoliyatini o’rganadigan BMT uzoq vaqt mobaynida ularga yillik aylanmasi 100 mln. doll.dan oshuvchi va kamida 6 davlatda filiali bo’lgan firmalarni qo’shadi. Keyingi yillarda boshqa bir ko’rsatkich: rezident-davlatdan tashqarida sotilgan mahsulotlar miqdori kiritildi. Bu ko’rsatkich bo’yicha jahonda SHveytsariyaning “Nestle” firmasi (98%) ilg’orlardan biri sanaladi. BMT metodologiyasiga ko’ra xalkaro korporatsiyani uning aktivlari strukturasiga qarab ham aniqlash mumkin. Transmilliy korporatsiyalar ichida eng ko’p xorijiy aktivga (moliya sektori- transmilliy banklardan tashkari) Angliya-Gollandiya kontserni “Royalь-Datch shell”, keyin AKSHning 4 firmasi: “Ford”, “Jeneral motors”, “Ekson” va “IBM” egadirlar. G’arb iqtisodiy adabiyotida xalkaro monopoliyalarning ko’plab turlarini uchratish mumkin: ko’pmilliy korporatsiyalar, baynalmilal korporatsiyalar, Transmilliy korporatsiyalar, global korporatsiyalar ti .k. F.Kotler tashkiliy tamoyillar asosida aynan ti shunday xalkaro kompaniyalarni ko’rsatadi. Rossiyalik iqtisodchilar quyidagi klassifikatsiyani beradilar. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling