O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toronto sammiti
- Seul sammiti
- Parij sammiti
Pitsburg sammiti. Pitsburg sammitida ishonchli, barqaror va muvozanatlashgan o’sishni
ta’minlashga qaratilgan hamkorlikdagi chora – tadbirlarni belgilab beruvchi cheklangan kelishuvlar qabul qilindi. CHeklangan kelishuvlarni amalga oshirish mehanizmi o’zida a’zo mamlakatlar tomonidan iqtisodiy siyosat masalalarini o’zaro baholashni bildiradi. Toronto sammiti. Ushbu sammitda keng miqyosda islohotlarni amalga oshirish muvofiqlashtirilgan iqtisodiy siyosat yurtishni talab etishi va o’rta muddatli istiqbolda quyidagilarga erishish mumkinligi taьkidlab o’tildi: - jahon ishlab chiqarish hajmini 4 trln AЌSH dollariga yetkazish; - 52 mln ishchi o’rnini yaratish; - 90 mln kishini kambag’allik holatidan olib chiqish; - Joriy operatsiyalar schyotidagi global manfiy muvozanatni qisqartirish. “20 guruhi”ning rivojlangan mamlakatlari 2013 yilga borib davlat byudjeti kamomadini 2 barobarga qisqartirish va 2016 yilgacha davlat qarzining YaIM dagi ulushini barqarorlashtirish majburiyatini olishdi. Seul sammiti. Seul sammitida makroiqtisodiy va valyuta siyosatini birgalikda olib boorish zarurligi taьkidlandi. CHunki moliyaviy inqirozning chuqurlashuvi valyuta-moliya sohasida qarama-qarshiliklarni keltirib chiqardi. Jumladan, AЌSH Xitoyni yuan kursini sunьiy ravishda pasaytirishda ayblasa, Xitoy va Yevropa Ittifoqining baьzi mamlakatlari AЌSHning iqtisodiyotga qo’shimcha 600mlrd. dollar mablag’ sarflaganini tashqi savdodagi hamkor mamlakatlarning valyutalariga nisbatan dollar kursini pasaytirishga yo’naltirishda aybladi. “20 guruhi” mamlakatlari Seul sammitida bozor orqali belgilanadigan valyuta kurslari tizimini o’rnatish yordamida barqaror iqtisodiy o’sishni taьminlash, moliya bozorlari barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan makroiqtisodiy siyosat yuritish majburiyatini olishdi. Parij sammiti. Ushbu sammitda barqaror global tengsizliklarni bartaraf etish maqsadida quyidagi ko’rsatkichlarni tanlab olishga kelishildi: 182 -ichki makroiqtisodiy siyosat ko’rsatkichlari- byudjet kamomadi, davlat qarzining hajmi, xususiy jamg’armalar darajasi, xususiy qarz miqdori; -tashqi iqtisodiy ko’rsatkichlar-savdo balansining holati, investitsiyalardan keladigan daromadlarning sof oqimi, bir tomonlama o’tkazmalar. Ќayd etib o’tilgan ko’rsatkichlar dinamikasi soliq, byudjet, pul-kredit, valyuta kursi siyosatini baholashda asos bo’lib xizmat qiladi. Bundan tashqari Parij sammiti qatnashchilari xalqaro valyuta tizimini mustahkamlashga qaratilgan ishchi dasturni qabul qilishdi. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy-siyosat maktablarida to’plangan boy tajriba, g’oya va dastaklarni mavjud iqtisodiy xolat va iqtisodiy rivojlanish modeli xususiyatlariga mos ravishda samarali qo’llashga harakat qilishadi. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling