Barqarorlashtirish iflyatsiyaning qisqartirilishini, xalq xo’jaligi tashqi iqtisodiy
sohalardagi nomutanosibliklar bartaraf qilinishini ko’zda tutadi. Bozor iqtisodiga erishgan turli
mamlakatlarning tajribasi shuni ko’rsatadiki, agar inflyatsiya darajasi tahminan 50%dan oshsa,
iqtisodning rivojlanishi keskin sekinlashadi. Inflyatsiyaning yuqori bo’lishi nisbiy narx omilini
buzib aks ettiradi, mavhumlikni keltirib chiqaradi. Mavhumlik omonatlarning jamg’arilishiga
investitsiyalashga halaqit beradi. SHuning uchun erkinlashtirish har doim iqtisodiy o’sishning
asosi hisoblanadigan narxlarni barqarorlashtirish bilan birga olib borilishi lozim. Erkinlashtirish,
barqarorlashtirish va iqtisodiy o’sish bir – birlari bilan uzviy bog’langan. Bu Osiyo, Yevropa
davlatlari uchun ham taaluqli. Barcha mintaqalarda iqtisodiy o’sishning sabablari yangi
kompaniyalarning ochilishiga, xizmat ko’rsatish, eksport, ishlab chiqarish sohalari, qishloq
xo’jaligining rivojlanishi bilan izohlanadi.
Tayanch iboralar
- jahon iqtisodiyoti
- jahon bozori
- xalqaro mehnat taqsimot
- iqtisodiy salohiyat
- eksport
- iste’mol savati
- turmush darajasi
- mehnat resuslari
- iqtisodiy taraqqiyot darajasi
- globallashuv
- xalqaro valyuta fondi
- kommunikatsiya
- konsolidatsiya
- konvergentsiya
- integratsiya
- o’tish iqtisodiyoti mamlakatlari
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
1. O’tish iqtisodiyoti mamlakatlariga qaysi mamlakatlar kiradi?
2. O’tish iqtisodiyotida davlatning roli?
3. Bozor munosabatlarini rivojlantirishning qanday shart – sharoitlari mavjud?
4. O’tish davrida ijtimoiy himoya
5. Sotsialistik xo’jalik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotining afzalligini ta’riflab bering.
6. Markaziy va SHarqiy Yevropa mamlakatlarida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarga
xos xususiyatlar nimalardan iborat?
7. MDH mamlakatlari iqtisodiyotiga xos xususiyatlar?
8. O’zbekiston va o’tish iqtisodiyoti mamlakatlari o’rtasidagi aloqalarning ustuvor
yo’nalishlari
Do'stlaringiz bilan baham: |