O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Mustaqil davlatlar hamdo’stligi (MDH) mamlakatlari iqtisodiyoti
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
14.3. Mustaqil davlatlar hamdo’stligi (MDH) mamlakatlari iqtisodiyoti
O’tish iqtisodiyoti mamlakatlarining ikkinchi yirik guruhi MDH mamlakatlari hisoblanadi. Ushbu mamlakatlarning ba’zilari ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish darajasi bo’yicha rivojlanayotgan mamlakatlarning yuqori guruhiga kirgan bo’lsa, ba’zilari rivojlangan mamlakatlarning quyi guruhiga kiradi. Sobiq Ittifoq iqtisodiyoti ustun darajada ichki iqtisodiy aloqalarga asoslangan yagona majmua sifatida uzoq vaqt inqirozni o’z boshidan kechirdi. 1991 yilda sobiq Ittifoq respublikalaridan iborat MDH tashkil etildi (Rossiya Federatsiyasi, Armaniston Respublikasi, Belarussiya Respublikasi, Gruziya, Moldaviya Respublikasi, Ozarbayjon Respublikasi, Turkmaniston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Ukrana, Qozog’iston Respublikasi, Qirg’iziston Respublikasi, O’zbekiston Respublikasi). Boltiq bo’yi respublikalari MDHga kirishdan bosh tortdi. Gruziya 2009 yilda MDH tarkibidan chiqib ketdi. MDH mamlakatlarini amalga oshirayotgan iqtisodiy islohotlarning sur’atlri va chuqurligiga ko’ra uch guruhga ajratish mumkin: · iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning “radikal” yo’lini tanlagan mamlakatlar (Rossiya, Qirg’iziston va Qozog’iston); · iqtisodiy islohotlarning bosqichma – bosqich yo’lidan borayotgan mamlakatlar (O’zbekiston, Turkmaniston, Belarussiya); · “oraliq guruh” mamlakatlari (MDHning boshqa barcha mamlakatlari). “Radikallar” guruhiga iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning “falajli davolash” usulini qo’llagan mamlakatlar kiradi. “Oraliq guruh” mamlakatlariga iqtisodiy islohotlarni “radikal” isohotlarga nisbatan sekinroq, “bosqichma - bosqich” islohotlarga nisbatan jadalroq amalga oshirayotgan mamlakatlar guruhi kiradi. Ushbu guruhlash shartlidir. Misol uchun, Belarussiyada boshqa MDH mamlakatlariga nisbatan o’ziga xos ijtimoiy – iqtisodiy modelь shakllandi. Korxonalarning aksariyat qismi, jumladan, yirik korxonalar davlat ixtiyorida bo’lib, ular mamlakat YaIMning taxminan 75% ini ishlab chiqradi. SHu bilan bir vaqtda xo’jalik yuritish mexanizmi bozor mezonlari bo’yicha amal qiladi: direktiv rejalashtirish cheklangan, davlat korxonalarining o’zi hamkorlarni qidirib topadi, hamkorlik shartlari, mahsulot narxi bo’yicha kelishadi, ishlab chiqarish va ishchilar tarkibini belgilaydi. Mamlakatda keng qamrovli ijtimoiy kafolatlar saqlanib qolgan. MDHning barcha mamlakatlari iqtisodiyotida XX asr 90 – yillarida bozor munosabatlarining asoslari shakllandi: - aksariyat mamlakatlarda xususiy mulk yetakchi mavqega ega bo’ldi; - narxlarning shakllanishi erkinlashtirildi; - tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida bozor islohotlari amalga oshirildi va tashqi bozorlarning ochiqligi ta’minlandi; - aholi mentalitetini bozor munosabatlari qoidalariga moslashishga yo’naltirilgan qayta o’zgarishlarni amalga oshirish boshlandi. Mustaqil davlat hamdo’stligi mamlakatlarining 1991 – 2010 yillardagi iqtisodiy rivojlanishini quyidagi uch bosqichga ajratish mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling