O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


bilan almashish holatini ifoda etadi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

bilan almashish holatini ifoda etadi.
Bu jarayon uzoq davrni o’z ichiga oladi. Xalqaro iqtisodiy institutlar tomonidan o’tish
davrida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda quyidagi klassik tamoyillarni ta’minlash tavsiya
etiladi:
- Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash;
- Narxlarni erkinlashtirish;
- Xususiy mulkni shakllantirish;
- Davlat mulkini xususiylashtirish;
- Ochiq iqtisodiyotni shakllantirish;
- Davlatning iqtisodiyotga bevosita aralashuvini cheklash.
Bozor munosabatlarini rivojlatirish uchun quyidagi shart sharoitlar talab etiladi:
- Barqaror siyosiy rejimni o’rnatish;
- Xo’jalik yuritishning bozor mexanizmini rivojlantirish, takomillashtirish;
- Qulay investitsiya muhitini shakllantirish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb etish;
- Faol tashqi siyosatini olib borish;
- Iqtisodiy rivojlanishning innovatsion yo’lini rag’batlantirish.
26
Ваҳобов А.В., Таджибаева Д.А., Хажибакиев Ш.Х. “Жаҳон иқтисодиёти ва халқаро иқтисодий муносабатлар”. Ўқув
қулланма. Т.:”Молия”. 2011.


199
Bozor iqtisodiyotini o’sishda davlat alohida rolь o’ynaydi va quyidagi vazifalarni bajaradi:
- Oqilona soliq siyosatini yuritish;
- Aholini ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirish;
- Infratuzilma tarmoqlarining rivojlantirish.
Bozor munosabatlariga o’tishda mamlakatning o’ziga xos xususiyatlarini maksimal darajada
hisobga olish bilan iqtisodiyotni isloh qilishning xorij tajribasidan, o’zgarishlarning barcha
foydali iqtisodiy vositalaridan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
14.2. Markaziy va SHarqiy Yevropa mamlakatlari.
Markaziy va SHarqiy Yevropa ittifoqiga a’zo 10 ta Markaziy Yevropa (Vengriya, Pol’sha,
CHexiya, Slovakiya ) va Janubiy SHarqiy Yevropa (Sloveniya, Bolgariya, Ruminiya), Boltiq
bo’yi (Litva, Latviya, Estoniya) hamda Yevropa ittifoqiga a’zo bo’lmagan Janubi- SHarqiy
Yevropaning 6 ta (Albaniya, Xorvatiya, Bosniya, Gertsogoviniya, Makedoniya, Serbiya va
CHernogoriya) mamlakatlari kiritiladi. Ushbu mamlakatlar iqtisodiy islohotlar jadal sur’atlarda
markazlashgan rejali, samarasiz iqtisodiy tizimdan turli mulk shakllariga, tadbirkorlik
tashabbuskorligiga erkin bozor va demokratik institutlarida asoslangan samarali bozor tizimiga
o’tish maqsadida amalga oshiriladi.
Markaziy va SHarqiy Yevropa mamlakatlaridagi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga
quyidagi omillar ta’sir ko’rsatdi:
- islohotlarni amalga oshirishning ratsionalligi va ketma-ketligi;
- iqtisodiyot tarkibining shartlari va xarakteriga mosligi;
- rivojlangan mamlakatlarning tashqi iqtisodiy texnik yordami;
- xorijiy kapitalning roli.
Markaziy va SHarqiy Yevropa mamlakatlari ushbu omillar ta’siriga bog’liq holda
iqtisodiy jihatdan turli natijalarga erishishdi. Vengriya, Polьsha, CHexiya va Slovakiya intensiv
isloh etishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida Bolgariya, sobiq Yugoslaviya respublikalari va
Ruminiyaga nisbatan yuqori iqtisodiy o’sishga erishdi.
Markaziy va SHarqiy Yevropa mamlakatlari Xalqaro Valyuta Fondi tomonidan taklif
etilgan quyidagi tuzilmaviy elementlarga ega islohotlar modeliga amal qilishmoqda:

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling