O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
- Bu sahifa navigatsiya:
- To’rtinchidan
Ikkinchidan, Yevropa Ittifoqiga a’zolik Markaziy va SHarqiy Yevropa mamlakatlarida
ishsizlik darajasining pasayishiga olib keldi, jumladan, ishsizlik darajasi 2003-2007 yillarda 11,3% dan 7,8%gacha pasaydi. Ushbu holatning asosiy sababi Markaziy va SHarqiy Yevropa mamlakatlaridan G’arbiy Yevropa mamlakatlariga ishchi kuchining oqib o’tishi (3 mln. kishi) hisoblanadi. Markaziy va SHarqiy Yevropaning ba’zi mamlakatlarida migrantlar tomonidan jo’natiladigan pul o’tkazmalari tashqi moliyalashtirishning xorijiy investitsiyalardan keyingi salmoqli manbasiga aylandi. Misol uchun, 2010 yilda Polьshaga 9,1 mlrd. dollar, Serbiyaga 5,5 mlrd.dollar, Ruminiyaga 4,5 mlrd,dollar miqdorida pul o’tkazmalari kirib kelgan. 27 Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi bu mamlakatlarda ishsizlik darajasining oshishiga olib keldi. Misol uchun, ishsizlik darajasi 2010 yilda Serbiyada 19,6%ni, Slovakiyada 14,4 %ni, Vengriyada 11,2%ni, Bolgariyada 10,3% ni tashkil etdi. 28 Uchinchidan, ushbu hududga G’arbiy Yevropa kapitalining kirib kelishi rag’batlantirildi va Markaziy va SHarqiy Yevropa mamlakatlarida investitsiyalarning jamg’armalardan sezilarli darajada ortib borish jarayoni yuz berdi. To’rtinchidan, rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti bilan birlashish bu mamlakatlarda mehnat unumdorligining jadal sur’atlarda o’sishiga olib keldi. Markaziy va SHarqiy Yevropa mamlakatlarida ushbu Markaziy va SHarqiy Yevropa mamlakatlarida ko’rsatkichning yillik o’sishi o’rtacha 2-3% ni tashkil etgani holda, Yevropa Ittifoqi – 15 ta mamlakatlarida bor-yo’g’i 0,75% ga teng bo’ldi. Evropa Ittifoqiga barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlariga ega, raqobatbardosh bo’lmagan, to’ldiruvchi xarakteridagi iqtisodiyotga ega mamlakatlarning a’zo bo’lishi Yevropa Ittifoqi – 15 mamlakatlari iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Bu holat G’arbiy Yevropaga mahsulotlar, xizmatlar, yuqori texnologiyalarni sotish uchun yangi bozorlarning vujudga kelishi, arzon ishchi kuchidan foydalanish imkonini yaratdi. Hozirda Markaziy va SHarqiy Yevropa mamlakatlari dunyoning jadal sur’atlarda rivojlanayotgan mintaqalaridan hisoblanadi. Iqtisodiy o’sish 2010 yilda 4,5%ga teng bo’ldi. Iqtisodiy o’sish omillari tarkibida ichki iste’molning kengayishi, jumladan, sanoatda investitsiyalarga bo’lgan talabning ortishini alohida qayd etish mumkin. Sanoatning jadal sur’atlarda o’sishi milliy valyutalarning yevroga nisbatan past kursi bilan qo’llab – quvvatlanayotgan eksport hajmining ortishiga olib keldi. Markaziy va SHarqiy Yevropa mamlakatlari iqtisodiyotining tarkibi asta – sekin postindustrial tarkibga ega bo’lib bormoqda. Jumladan, xizmatlarning ulushi YaIMga nisbatan 52-58% dan (Albaniya, Ruminiya, Makedoniya) 75% ga teng bo’ldi. Markaziy va SHarqiy Yevropa mamlakatlari YaIMda sanoat va qurilishning ulushi hozirgi davrda past (Janubi – SHarqiy Yevropa mamlakatlarida 20 – 30%) yoki juda yuqoriligi (Markaziy va SHarqiy Yevropa mamlakatlarida 30 – 40%) bilan ajralib turadi. Bu holat ayrim 27 Migration and Remittances Factbook 2011. Second edition. The World Bank – Washington, 2011.P.13. 28 Перспективы развития мировой экономики. Замедление роста, увеличение рисков. Обзор. Сентябрь 2011. МВФ. Вашингтон, 2011 С. 82. 201 mamlakatlarda sanoatlashish jarayonining tugallanmaganligi yoki ayrimlarida esa industrial tarkibdan postindustrial tarkibga o’tilganligidan dalolat beradi. Sanoat tarkibida an’anaviy tarmoqlar (engil, oziq – ovqat, yoqilg’i) ulushi qisqarib, elektrotexnika, avtomobilsozlik, yuqori texnologik tarmoqlar jadal rivojlanib, hissasi ortib bormoqda. Evropa Ittifoqiga a’zo bo’lishdagi ijobiy omillardan biri - Markaziy va SHarqiy Yevropa mamlakatlari bank va kredit tizimiga xorijiy kapitalni jalb etish sur’atlarining keskin ortishi hisoblanadi. Markaziy va SHarqiy Yevropa mamlakatlari moliya tizimi davlat xarajatlarining yuqoriligi bilan ajralib turadi. Davlat xarajatlarining ulushi YaIMga nisbatan Ruminiya va Estoniyada taxminan 26% ni, Bolgariya, CHexiya, Slovakiya, Polьshada 35 – 40% ni tashkil etsa, Vengriya, Sloveniya va Xorvatiyada 40% dan oshdi Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling