O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


O’zbekiston va o’tish iqtisodiyoti mamlakatlari iqtisodiy hamkorlik


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

 14.4. O’zbekiston va o’tish iqtisodiyoti mamlakatlari iqtisodiy hamkorlik
aloqalari
O’zbekiston va o’tish iqtisodiyoti mamlakatlari o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar ja’dal sur’atlar
bilan rivojlanib bormoqda. O’tish iqtisodiyoti mamlakatlari uchun O’zbekiston Markaziy
Osiyoda mahsulotlarni sotishning istiqbolli, yirik ichki bozorga, qulay investitsiya muhitiga, boy
xomashyo, inson va ilmiy – texnik salohiyatga ega muhim hamkori hisoblanadi.


203
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab O’zbekiston Markaziy va SHarqiy Yevropa
mamlakatlari bilan diplomatik aloqalarni o’rnatdi va iqtisodiy hamkorlikning barcha sohalaridagi
munosabatlar muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. O’zbekiston Polьsha, CHexiya, Slovakiya,
Bolgariya, Ruminiya bilan “Savdo – iqtisodiy hamkorlik to’g’risidagi” kelishuvlarga ega.
Mazkur kelishuvlar doirasida bu mamlakatlar bilan mumkin qadar qulaylik yaratish rejimi
asosida ikki tomonlama savdo aloqalari o’rnatilgan.
O’zbekistondan Markaziy va SHarqiy Yevropa mamlakatlariga paxta tolasi, matolar, rangli
metallar, noorganik kimyo mahsulotlari, turli xil xizmatlar, qishloq xo’jalik mahsulotlari (tomat
pastasi, meva va sabzovatlar, soklar), avtomobilsozlik sanoati mahsulotlari, kabelь eksport
qilinadi. O’zbekistonga ushbu mintaqadan un, tayyor matolar va kiyim – kechak, keramika
mahsulotlari, mexanika va elektr asbob – uskunalari, oziq – ovqat mahsulotlari, qurilish
materiallari, farmatsevtika mahsulotlari, mebelь, transport vositalari olib kiriladi.
O’zbekistonda 150 dan ortiq Markaziy va SHarqiy Yevropa mamlakatlari kapitali
qatnashgan qo’shma 40 dan ortiq to’liq xorijiy kapitalga asoslangan korxonalar faoliyat yuritadi.
Ushbu korxonalar oziq – ovqat, spirtli ichimliklar, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash,
mashinasozlik, savdo, transport xizmatlari, to’qimachilik mahsulotlari, kiyim – kechak, kimyo,
farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi.
O’zbekiston uchun Ruminiya va Bolgariyaning Qora dengizdagi portlari orqali yuklar
tashish sohasda hamkorlik imkoniyatlarini rivojlantirish istiqbollari muhim ahamiyatga ega.
O’zbekiston mahsulotlarini Ruminiyaning Kotstantsa porti, Qora dengizni Dunay – Reyn daryo
transporti tizimi bilan bog’lovchi Sulin kanali orqali Yevropa markaziga tashib keltirish, keyin
mintqaning SHimoliy dengiz portlariga olib chiqish mumkin bo’ladi.
Mustaqil davlatlar hamdo’stligi mamlakatlari O’zbekistonning asosiy savdo iqtisodiy
hamkorlari hisoblanadi. SHunga qaramasdan, mamlakat tashqi savdo aylanmasida bu
mamlakatlarga nisbatan uzoq xorij mamlakatlarining ulushi orta boshladi.
SHunday qilib, O’zbekiston va o’tish iqtisodiyoti mamlakatlari o’rtasidagi iqtisodiy
aloqalarning faollashishi ikki tomonlama savdo – iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi hamda
global jahon bozoriga integratsiyalashishdan o’zaro manfaatlidir.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling