O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


O’tish davrida ijtimoiy himoya


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

O’tish davrida ijtimoiy himoya
Qashshoqlik bu kurashish, inson kapitalini asrash, uni bozor iqtisodi ehtiyojlariga tayyorlash
iqtisodiy yuksalishga, ijtimoiy adolatga, siyosiy barqarorlikka ko’maklashadi.
Kambag’allik darajasi qanday aniqlanadi?
Mutloq kambag’allik shaxsiy yoki oilaviy daromadlar (xarajatlar) ni muayyan miqdordagi
tovarlar, xizmatlar qiymatiga taqqoslash yo’li bilan aniqlanadi.
Nisbiy kambag’allik – daromadlarni boshqa shaxslar yoki oilalarning daromadlariga
taqqoslab belgilanadi.
Sub’ektiv kambag’allik – amaldagi daromadlarni muayyan shaxslar o’zlari kutayotgan va
tasavvur qilayotgan daromadlarga taqqoslab belgilanadi.
Kambag’allik muammolarini hal qilishning kaliti iqtisodiy o’sishni tiklash. Lekin aholining
ba’zi toifalari masalan, malakalari darajasi bozor talablariga mos bo’lmagan xodimlar, keksalar,
bolalar, ko’p bolali oilalarning muammolarini faqatgina iqtisodiy o’sish bilan hal qilib
bo’lmaydi. Aholining bu guruhi uchun egasiga borib yetadigan (adresli) yordam dasturini ishlab
chiqarishi zarur.
Insonning salomatligiga 4 guruhdagi omil ta’sir ko’rsatadi:
· daromad
· yashash tarzi
· atrof – muhit
· kasbga doir kasalliklar – tibbiy sifat xizmati.
O’tish davrini boshdan kechirayotgan mamlakatlarda sog’liqni saqlash tizimi 4 usulda
mablag’ni ta’minlaydi.
1 usul - naqd pul bilan ta’minlash – byudjetdan mablag’ aniqlash


204
2 usul – xususiy sug’urtalash tizimi – AQSHda
3 usul – ijtimoiy himoyalash. Argentina, Koreya, Urugvay, CHili, O’zbekistonda
4 usul – soliq tushumlaridan mablag’ ajratish Daniya, Norvegiya, SHvetsiya, Lotin
Amerikasi, Yaqin SHarq, SHimoliy Afrikada.
Erkinlashtirish va iqtisodiy o’sish.
O’tish davrini boshdan kechirayotgan barcha mamlakatlarda iqtisodiy ahvolni yaxshilashda
keng ko’lamli erkinlashtirish va barqarorlashtirish omillari muhim rolь o’ynaydi. Erkinlashtirish
narx – navoning erkin belgilashni, savdoning davlat tomonidan nazorat qilishni to’xtatilishini,
yangi kompaniyalarni hech bir to’siqsiz tuzish mumkinligini taqazo qiladi.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling