O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi bosqich
- Uchinchi bosqichda
Birinchi bosqichda (1991-1995) sobiq Ittifoq respublikalarida siyosiy mustaqillikning
huquqiy asoslari yaratildi, xalqaro iqtisodiy, moliya tashkilotlariga a’zo bo’lishdi, o’zaro shartnomalar imzolandi, mustaqil davlat uchun xos moliyaviy – iqtisodiy, byudjet – soliq, bojxona va boshqa iqtisodiy institutlar shakllantirildi. SHu bilan birga bu davrda yagona valyutaga asoslangan yagona iqtisodiy makon barham topdi, respublikalar o’rtasidagi kooperatsiya aloqalari buzildi, uchinchi mamlakatlar bozoriga qayta ixtisoslashish boshlandi va milliy iqtisodiyotlarda inqiroz holatlari kuchayib bordi. Deyarli barcha respublikalarda YaIMning keskin qisqarib, eng chuqur pasayish mamlakatlarda turli yillarda ro’y berdi. Ikkinchi bosqich (1996 - 2000) yangi mustaqil mamlakatlarda siyosiy suverinitetning mustahkamlanishi, mustaqil faoliyat olib boruvchi moliyaviy – iqtisodiy tizimning yaratilishi, uzoq xorij mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalarning o’rnatilishi va rivojlanishi bilan izohlanadi. Bu bosqichda MDH mamlakatlari iqtisodiyoti barqarorlashdi, inflyatsiya darajasi pasaydi. Uchinchi bosqichda (2001 - 2010) MDHning barcha mamlakatlarida iqtisodiyotning mustahkamlanishi sodir bo’ldi, iqtisodiy salohiyatni oshirish uchun mavjud resurslardan to’liq foydalanildi, iqtisodiyot tarkibini o’zgartirish bilan bog’liq islohotlar amalga oshirildi, jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashish jarayoni faollashdi. Mustaqil davlat hamdo’stligi mamlakatlari amalga oshirilayotgan iktisodiy isloxatlarning salbiy okibatlariga kuyidagilarni kiritish mumkin: - isloxotlarning ijtimoiy yo’kotishlar bilan birga sodir bo’lishi. Mustakil davlat xamdo’stligi mamlakatlarida ishlab chikarishning pasayishi natijasida aholi turmush darajasining pasayishi, ishsizlik darajasining ortishi, ijtimoiy xizmatlar hajmining qisqarishi ro’y berdi; - MDH mamlakatlarining aksariyatida ilmiy – texnik taraqqiyotning orqada qolishi, mehnat unumdorligining past darajada ekanligi; - yashirin iqtisodiyotning mavjudligi; - MDH mamlakatlarining xalqaro mehnat taqsimotida hom-ashyo va yoqilg’i yetkazib beruvchilar sifatida ixtisoslashib qolishi. Sanoatning yengil sanoat va uzoq muddatli iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlari sifatli hamda keng assortimentga ega import bilan raqobat qila olmaganligi sababli Mustaqil davlatlar hamdo’stligining ayrim mamlakatlarida muzlatkichlar, videmagnitofonlar, kompьyuterlar ishlab chiqarish to’xtab qoldi. Mustaqil davlatlar hamdo’stligi mamlakatlarida xomashyo, yoqilg’i ishlab chiqaruvchi tarmoqlarda ishlab chiqarishning pasayishi sodir bo’lmadi hamda bu mahsulotlar eksporti xorijiy valyuta tushumlarining asosiy manbai va iqtisodiyotni qo’llab – quvvatlash vositasiga aylandi. Mustaqil davlatlar hamdo’stligi mamlakatlarida iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag’batlantirishga qaratilgan qonunlar qabul qilinmoqda. Xorijiy kompaniyalarning aksariyati tabiiy resurslarga boy mamlakatlarga qiziqish bildirmoqda. Xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga faol jalb etish natijasida Qozog’iston, Ozarbayjon, Gruziya, Moldaviya va Qirg’izistonda sanoatning katta qismi xorijiy investorlar nazoratida bo’lib, kapital vo’yilmalarning 15 – 30% tashqi manbalardan moliyalashtiriladi. Markaziy Osiyo va Kavkaz respublikalarida AQSH, G’arbiy Yevropa va Yaponiya kabi an’anaviy kapital eksportyorlaridan tashqari Janubiy Koreya, Xitoy, Turkiya kompaniyalari investitsion loyihalarni amalga oshirishda faol qatnashmoqda. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling