O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


 Makroiqtisodiy barqarorlik va nazorat


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

1. Makroiqtisodiy barqarorlik va nazorat. Barqarorlashtirish dasturlarini amalga
oshirish:
- qattiq soliq siyosati;
- qattiq kredit siyosati;
- inflyatsiyaga qarshi siyosat;
- tashqi hisob-kitoblarni tartibga solishga qaratilgan xarajatlarni qayta ko’rib chiqish.
2. Bozor va narx islohoti:
- ichki narxlarni isloh qilish;
- tashqi savdoni erkinlashtirish;
- ish haqi va ishchi kuchi bozorini erkinlashtirish;
- bank tizimini isloh qilish.
3. Xususiy sektorni rivojlantirish, xususiylashtirish, milliy ishlab chiqarish tarkibini
isloh qilish:
- korxonalarni ochish va yopish, xususiy mulk huquqini rasmiylashtirish jarayonlarini
soddalashtirish;
- tarmoq va ishlab chiqarish islohotlari, monopoliyalarni bekor qilish.
4. Davlatning quyidagi sohalaridagi rolini qayta ko’rib chiqish:
- huquqiy islohotlar (konstitutsion, mulk, shartnoma, bank, raqobat);
- axborot tarkibini isloh qilish (hisobga olish, nazorat);
- iqtisodiyotni bilvosita boshqarishning institutsional tizimi
- ijtimoiy soha (ishsizlikdan sug’urtalash, pensiya ta’minoti, mehnatga layoqatsizlik,
ijtimoiy xizmatlar: sog’liqni saqlash, ta’lim).


200
Markaziy va SHarqiy Yevropa mamlakatlarida iqtisodiy islohotlar jadal sur’atlarda
markazlashgan rejali,samarasiz iqtisodiy tizimdan turli mulk shakllariga, tadbirkorlik
tashabbuskorligiga, erkin bozor va demokratik institutlarga asoslangan samarali bozor tizimiga
o’tish maqsadida amalga oshirildi.
Markaziy va SHarqiy Yevropa mamlakatlarining Yevropa Ittifoqiga kirishi - 2004 yilda
Yevropa Ittifoqiga Markaziy va SHarqiy Yevropa mamlakatlaridan sakkiztasi, 2007 yilda esa
yana ikkitasining a’zo bo’lishi ushbu mamlakatlarning qator ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal
qilish imkonini beradi.
Birinchidan, G’arbiy Yevropa bozorlarining ochilishi bu mamlakatlar YaIMning barqaror
sur’atlarda o’sishini ta’minlaydi. Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lishga tayyorgarlik davri va undan
keyingi davrlarda Markaziy va SHarqiy Yevropa mamlakatlarida iqtisodiy o’sish sur’atlari
Yevropa Ittifoqi 15 mamlakatlari ko’rsatkichlaridan 1,7 marta yuqori bo’ldi.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling