O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

«Tekinga mobil telefon oling» 
Xozirgi paytda bunday firibgarliklarning ikki xil usuli mavjud: Ularning 
birinchisini internet magazinlar ishlatishsa, ikkinchisini kim oshdi savdosi 
o’tkazish baxonasi bilan ishlatishadi. Internet-magazinlar o’z saytlarida eng yangi 
mobil telefonni yutib olish mumkin bo’lgan tadbir o’tkazilishini reklama qilib, 
bunda ishtirok etish uchun ulardan, masalan, ikkitagina musika diski sotib olishni 
taklif qiladilar va kim sotib olsa, ular orasida telefon yutib olish bo’yicha tanlov 
o’tkaziladi deydilar. Siz albatta yutmaysiz xam, kim yutganini bilmaysiz xam. 
Chunki bu tanlov magazinga xaridorlarni jalb qilish uchungina o’tkaziladi. Agar 
kimdir yutsa xam, u odam magazin bilan oldindan kelishib olgan odam bo’lib 
chiqadi. Bir oz vaqtdan so’ng, uning yutib olgani reklama qilinib, yana boshqa 
laqmalar bu tanlovga jalb qilinadi. Ikkinchi usulda firibgarlar sizga ma’lum bir 
telefon nomeriga SMS-xabar jo’natishni taklif qiladilar va kim ko’proq xabar 
yuborsa, o’sha eng yangi modeldagi mobil telefon egasi bo’ladi deb ishontiradilar. 
Siz biror muddat SMS-xabarlar jo’natganingizdan so’ng, sizga «Eng oldindasiz, 
tezrok xarakat kiling, liderdan 1-2 tagina xabar orqadasiz» degan ma’noda SMS-
xabarlar kela boshlaydi. Siz yana xam qiziqib ketib, SMS-xabarlar jo’nataverasiz. 
Tanlov tugaganidan so’ng, sizga «Ishtirokingiz uchun katta raxmat, siz 222 ta 
xabar jo’natdingiz, yutuq esa 223 ta xabar joqnatganga berildi. Yana bir marta 
ishtirok etishingiz mumkin – sizning omadingiz kelishiga biz astoydil ishonamiz» 
degan ma’lumot keladi.
Juda xam ajoyib firmada ishlash taklifi 
Sizga qandaydir firma nomidan ish taklif qilinadi va buning uchun kerakli 
xujjatlarni xamda qandaydir miqdordagi pulni jo’natish taklif qilinadi. Bu firmaga 
ishga kirish uchun ular bilan birgalikda ish olib boradigan biror bir joyda 
malakangizni oshirish, test topshirish yoki sertifikat olish xam taklif qilinishi 


259 
mumkin. Bu ish nima uchun qilinganinin tushungan bo’lsangiz kerak – tushungan 
odamning sadag’asi bo’laylik! 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling