O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti


Fanlar tasnifi va rivojlanish omillari, ijtimoiy ahamiyati


Download 4.4 Mb.
bet168/311
Sana14.11.2023
Hajmi4.4 Mb.
#1772978
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   311
Bog'liq
IJTIMOIY-FALSAFA

Fanlar tasnifi va rivojlanish omillari, ijtimoiy ahamiyati.
Fanlar tasnifi ancha murakkab va ziddiyatli jarayon bo‘lib, bu boradagi fikrlar turli-tuman va hatto qarama-qarshilik jihatlariga ega.
Fanlarning dastlabki muayyan darajada izchil tasnifini biz Aristotel falsafiy merosida ko‘rishimiz mumkin. U o‘sha davrda falsafaga mos kelgan barcha bilimlarni uch qismga: nazariy, amaliy va ijodiy bilimlarga ajratadi.
O‘z navbatida, nazariy bilimlarni Aristotel “birinchi falsafa” – metafizika, matematika va fizikaga ajratadi, bunda u metafizikaga aqliy mushohada yuritish orqali anglab etiladigan oliy asoslar haqidagi fan deb qaraydi.
Aristotel taklif qilgan fanlar tasnifi (mil. av. IV asr)



Falsafa
(butun bilim)

  

Amaliy bilim
(etika va siyosat)




Nazariy bilim




Ijodiy bilim

  

Birinchi falsafa (metafizika)




Matematika




Fizika (tabiat haqidagi fan)

Aristotel formal mantiqqa asos solgan bo‘lsada, uni falsafa (fanlar) tarkibiga kiritmaydi. Uningcha, formal mantiq bilim emas, balki bilishning oliy qurolidir217.


Aristoteldan so‘ng qadimgi Rim qomusiy olimi Mark Varron ham fanlarni tasniflashga urinib, ularni quyidagi holatda ifodalaydi: grammatika, dialektika, ritorika, geometriya, arifmetika, astrologiya, musiqa, meditsinava arxitektura218. Ammo Varron fanlarni tasniflashda ularni umumlashtirmay, balki alohida holatda ifodalydi.
O‘rta asrlarda musulmon arab olimlari fanlarni arab fanlari (poetika, notiqlik san’ati) hamda g‘ayriarab fanlariga (astronomiya, meditsina, matematika) ajratadi219.
SHuningdek, O‘rta asrlarda Yevropa olimlari, hususan Didaskalikonlik Gugo Sen-Viktorskiy tomonidan ham fanlarni tasniflashga urinib ko‘rildi. U fanlarni to‘rtta guruhga ajratadi:

  1. Nazariy fanlar (matematika, fizika);

  2. Amaliy fanlar;

  3. Mexanik fanlar (kema boshqaruvi, qishloq ho‘jaligi, ov, meditsina, teatr);

  4. Mantiq, shu bilan birga grammatika va notiqlik.

Aristoteldan so‘ng eng izchil fanlar tasnifini taklif qilgan olimlar Markaziy Osiyodan chiqqan buyuk mutafakkirlar – Forobiy va Ibn Sinodir.
Forobiy Aflotun va Aristotel ta’limotiga tayanib, fanlarning turkumlashni o‘z tasnifini taklif qildi: 1) til haqidagi fan; 2) mantiq; 3) matematika; 4) fizika (metafizika); 5) siyosat; 6) huquqshunoslik; 7) ilohiyot. Aristoteldan farqli o‘laroq, Forobiy metafizikani “nazariy tafakkur fanlari” bilan “amaliy tafakkur fanlari” o‘rtasidagi bog‘lovchisi deb ko‘rsatdi.

Download 4.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   311




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling