O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi
Germaniya davlati (IX asrning o‘rtasi – XVIII asr). Germaniya
davlati Verden taqsimotiga muvofiq Lyudovik Nemisga o‘tgan «Sharqiy Frank yerlari»da tashkil topgan. Bu vaqtlarda mamlakat bir necha qabilaviy knazliklar yerlaridan iborat bo‘lgan. Yirik hududiy birliklar gersogliklar bo‘lgan. Shuningdek, tez orada qator fransuz, italyan va slavyan yerlari ham Germaniyaga qo‘shib olingan. Mazkur hududlarda shu tariqa yagona Germaniya qirolligi tashkil topgan. Qirollik dastlabki davrlarda Sharqiy Franklar qirolligi, X asr o‘rtalarida Tevtonlar davlati, XI asr o‘rtalarida esa Germaniya deb yuritila boshlandi. O‘rta asrlarda Germaniya davlatining tashkil topishi va rivojlanishida quyidagi bosqichlarni ajratib ko‘rsatish mumkin: – ilk feodal monarxiyasi (X–XIII asrlar); – kurfyuristlar oligarxiyasi hamda tabaqa-vakillik monarxiyasi davri (XIV–XVII asrlar); – german qirolliklari absolutizm (knazlik absolutizmi) davri (XVII– XVIII asrlar). Ilk feodal monarxiyasi. «German millatining muqaddas Rim imperiyasi» (X–XIII asrlar). X asrlarda Germaniya bir necha mustaqil davlat (viloyat)lardan iborat bo‘lib, qirol hokimiyati rasmiy jihatdan tan olingan. XII asrdan e’tiboran siyosiy tarqoqlik hukm surgan. Dastlabki davrlarda qirol odat huquqi asosida saylangan. Otton I davriga kelib (936–973-y.) hokimiyat meros tariqasida o‘tgan. U German imperatorlarining siyosiy markazi bo‘lgan Italiya ustidan 951–962- yillarda o‘z ta’sirini o‘rnatadi. Natijada imperatorlik tojini olib, Rim imperatori deb e’lon qilinadi. Yangi imperiyaga «Muqaddas Rim imperiyasi» nomi beriladi. XII asrga kelib, «German millatining muqaddas Rim imperiyasi» deb ataladigan bo‘ladi va bu nom 1806- yilgacha saqlanib qoladi. Davlat tepasida rasman imperator va papa turgan bo‘lib, butun hokimiyat imperator qo‘lida to‘plangan. Ijtimoiy tuzum diniy va dunyoviy zodagonlar, harbiy-ritsarlar, dehqonlar va shaharliklardan iborat edi. 122 Davlat tuzumida ilk markazlashtirish siyosati natijasida ilk feodal monarxiyasi tashkil topadi. Oliy davlat hokimiyati qirol saroyidan amalga oshirilgan. Markaziy hukumat apparatini saroydagi qirol oila a’zolari, ularning xizmatchilari, vazirlari va erkin xizmatchilari tashkil etgan. Saroy amaldorlari orasida kansler asosiy mansabdor shaxs bo‘lib, deyarli barcha boshqaruv ishlarini yuritgan. Saroybon (mayordam) saroy ishlarini yuritgan. Shuningdek, saroy dasturxonchisi, kamerariy, marshal, kapellan va boshqalar ham ajralib turgan. Mamlakatda xizmatchilar tabaqasi vazirlardan iborat bo‘lib, hukumat ishlarini yuritishgan. Asta-sekin ular saroy amaldorlarini ikkinchi o‘ringa surib chiqarishgan. Mamlakat boshqaruvida feodallar syezdlari juda katta rol o‘ynagan. Unda ichki va tashqi siyosiy masalalar hal qilingan. U mustaqil organ sifatida qirol vakolatlarini belgilash, uni hokimiyatdan chetlatish, qonunlar chiqarish, oliy mansabdor shaxslarni tayinlash va boshqa faoliyatni amalga oshirgan. Unda asosiy hal qiluvchi kuch eng yirik feodallar-knazlar bo‘lgan. Qirol huzurida yirik zodagonlar vakilidan iborat qirollik kengashi – goftag tashkil etilgan. U bilan birgalikda ancha muhim davlat ishlari hal qilingan. Mahalliy boshqaruv uzoq vaqtgacha qabilaviy gersogliklar bo‘yicha amalga oshirilgan. Keyinchalik ular deyarli mustaqil hududiy knazliklarga bo‘lingan. Qo‘shinning bosh qo‘mondoni imperator bo‘lib, feodallar qo‘mon- donligida turgan. Qo‘shin imperiya armiyasi va knazliklar qo‘shinlariga ajralgan. Ayrim hollarda xalq lashkari ham chaqirib turilgan. Sud tizimi korolinglar monarxiyasidan meros qilib olingan. Imperator oliy sudya hisoblangan. Keyingi davrlarda dunyoviy va diniy knazlarning hududiy sud hokimiyati kengayib, sud tizimi murakkablashgan va ko‘p bosqichli xarakter kasb etgan. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling