O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi
Angliya davlati (V asr – XVII asrning o‘rtasi). Britaniya hududida V
asr boshlariga qadar Rim legionerlari tomonidan idora etilgan. V asr boshlaridan o‘rtalariga qadar Britaniya bir qancha mustaqil mayda qirolliklarga bo‘lingan holda yashaydi. V asr o‘rtalariga kelib bu orolga shimoliy-g‘arbiy german qabilalaridan inglizlar, sakslar, yutlar bostirib kira boshlaydi. Bu istilo qariyb bir asrga cho‘ziladi. Natijada ilgarigi Britaniya hududida o‘ndan ortiq mayda varvar qirolliklari vujudga keladi. VII asrga kelib ular xristianlikni qabul qilib, 7 ta yirik (sakslar 3, angllar 3, yutlar 1) qirollikni (geptarxiya) barpo etadilar. 827-ilda Uyesseks qiroli Ekbert (802–839-y.) bu qirollikni o‘z hukmronligi ostida birlashtiradi. U asos solgan yagona ingliz-sakslar qirolligi X asrdan boshlab Angliya deb ataladi. XI asr boshlarida inglizlar davlati daniyaliklar tomonidan bosib olinadi. Ularning hukmronligi ingliz-saklar sulolasi Eduard Ispovednik (1042–1066-y.) tomonidan qayta tiklangunga qadar davom etadi. 1066- ilda Angliya Normandiya gersogi Vilgelm tomonidan bosib olinadi. Shu tariqa u fotix (istilochi) nomi bilan Angliya qiroli bo‘lib oladi. U 126 Angliyani egallashda Rim papasining xayrixohligi va Fransuz qirolining yordamiga tayanadi. Normandlar boshqaruvi davrida markazlashgan davlatga asos solinadi. O‘rta asrlarda Angliya feodal davlatining rivojlanish bosqichlarini quyidagi davrlarga bo‘lish mumkin: – ingliz-sakslarning ilk feodal monarxiyasi davri (IX–XI asrlar); – markazlashgan sen’orlik monarxiyasi va qirol hokimiyatini cheklash uchun fuqarolar urushi (XII asr) davri; – tabaqa-vakillik monarxiyasi davri (XIII asrning ikkinchi yarmi – XV asr); – absolut monarxiya davri (XV asrning oxiri – XVII asrning o‘rtasi). Ingliz-sakslarning ilk feodal monarxiyasi davri (IX–XI asrlar). Dastlabki davrlarda ijtimoiy tuzum ruhoniylar, urug‘-qabila zodagonlari (erllar), erkin kishilar (kryollar, keyinroq genitlar), yarim erkin kishilar (letlar yoki uillar, keyinroq esa va geburlar deb yuritiladi) va qullardan iborat bo‘lgan. Ilk davrlarda ko‘p sonli qirolliklarda qirollar saylab qo‘yilgan. Yagona davlat ingliz-sakslar davlati tashkil topishi bilan sekin-asta qirol hokimiyati barobarida uning mavqei ham yuksala boradi. Qirol oliy sud, harbiy hokimiyat va oliy yer egasi hisoblangan. Oliy davlat organi – vitanagemot (vitanlar – donishmandlar, donish- mandlar kengashi) bo‘lgan. Barcha muhim davlat ishlari uning maslahati va roziligi bilan hal etilgan. Uning asosiy funksiyalari qirollarni saylash va oliy sudni amalga oshirish edi. Mamlakat boshqaruvi qirol saroyi tomonidan amalga oshirilgan. Qirol saroyining asosiy boshqaruvchilari ichida quyidagilar katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Kamerariy qirollik mol-mulki va moliyasi ahvoliga javob bergan. Marshal qirollik otliq askarlarining qo‘mondoni hisoblangan. Qirollik kapelanlari davlatning devonxona ishlarini yuritganlar. Ingliz-sakslarda asosiy ma’muriy-hududiy birlik graflik bo‘lgan. Ular yuzliklarga, yuzliklar qishloq jamoalari (tunlar)ga, jamoa esa o‘nta tomorqa (oila)ga bo‘lingan. Bir qancha grafliklar tepasida eldormenlar turgan. Ular qirol to- monidan kelishib, vitanlar tomonidan mahalliy feodallar orasidan tayin- langan. Grafliklarga qirolning shaxsiy vakillari – sheriflar tayinlangan. Yuzliklar yuzlik yig‘inida saylanuvchi yuzboshilar tomonidan boshqarilgan. Qishloqning yuqori organi – jamoa yig‘ini (galimot) bo‘lib, jamoa tepasida oqsoqol turgan. 127 Angliyada markazlashgan sen’orlik monarxiyasi (XI–XII asrlar). Normandlar istilosidan so‘ng kuchli qirol hokimiyatiga asoslangan markazlashgan davlat tashkil topadi. Bu vaqtda qirol oliy yer egasi, qonun chiqaruvchi hamda oliy sud va oliy harbiy hokimiyat egasi hisoblanadi. Qirolga tegishli qonun chiqarish hokimiyati ko‘pincha qirollik kuriyasi bilan birgalikda amalga oshirilgan. Kuriya oliy sud organi sifatida ham ish olib borgan. XII asrga kelib kuriya katta kengash va doimiy hukumat organi (kichik kuriya)ga ajralgan. Kichik kuriya oliy sud, ma’muriy va moliyaviy hokimiyatni amalga oshirardi. Bu davrda davlatning quyidagi oliy mansabdor shaxslarini va boshqalarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Bosh yustitsiar qirol Angliyada yo‘qligida amalda davlatni idora etib turuvchi ruhoniy shaxs hisoblangan. Kansler uning yordamchisi bo‘lgan. Kansler dastlab qirolning shaxsiy kotibi, keyinchalik qirol devonxonasi boshlig‘i va davlat kotibi vazifasini bajargan. Marshal qo‘shinlar qo‘mondoni, kamerariy xazinabon, qirollik mol-mulki, xazinasi va yer egaliklarining boshqaruvchisi hamda hisob palatasi boshlig‘i edi. Mahalliy boshqaruv tizimi normandlar istilosidan keyin o‘zgarmadi. Yuzliklarda grafliklardagi sheriflarning yordamchilari beyliflar qirollik ma’muriyati vakillari bo‘lib qolganlar. Sherif graflik hududida ijro, harbiy, moliyaviy va politsiyachilik hokimiyatiga egalik qilgan. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling