O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi akadem I ya


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/118
Sana22.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1379350
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   118
Bog'liq
da04d134979737f69d2d940650125ae3 Davlat huquq tarixi

Kurfyuristlar oligarxiyasi hamda tabaqa-vakillik monarxiyasi davri 
(XIV–XVII asrlar). XIII–XV asrlarda Germaniya siyosiy tuzumi tarqoq va 
imperator hokimiyati zaif bo‘ladi. Imperatorning harbiy ta’minotchilari 
bo‘lgan feodal knazliklar deyarli mustaqil bo‘lib, bo‘linib ketadi. XIII asr 
oxirlarida mamlakat knazlar (3 ruhoniy va 4 ta dunyoviy) tomonidan 
idora qilinadi. Ular kurfyuristlar (saylovchilar) deb atalib, imperatorni 
saylash va taxtdan chetlatish huquqiga ega bo‘lishgan. Kurfyuristlar 
syezdi har yili chaqirilgan. Ular umumimperiya sudi va daxlsizlik 
huquqiga ega edi. Shuningdek, dastlabki davrlardayoq imperator 


 123
saylashda unga maxsus shartlar (saylov kapitulatsiyasi)ni qo‘ya boshla-
ganlar. 
Bu davrda oliy boshqaruv tizimida imperatordan tashqari yana ikkita 
imperiya muassasasi, ya’ni reyxstag va reyxskamergirixt bo‘lgan. Biroq 
ular ham imperiya birligini ta’minlay olmagan.
Ilgarigi davrdagi hududiy va asosan toifa vakillarining feodal 
syezdlari endi reyxstag deb atala boshlanadi. U XIV asrdan doimiy 
tuziladigan organga aylanib, imperiya saymi deb ham yuritilgan. Uning 
tarkibidagi uch toifaning kollegiyalari (kuriyalar) alohida va umumiy 
yig‘ilishlar o‘tkazib turgan. Reyxstag har olti oyda kurfyuristlar kuzatuvi 
ostida imperator tomonidan chaqirilgan. 
Reyxstag tashqi aloqalarni hamda ichki tinchlikni, harbiy sohani, 
soliq va hududiy tuzilish masalalarini ko‘rib, qaror chiqargan. Qirol 
farmonlarini tasdiqlagan. 
Reyxskamergirixt umumimperiya sudi hisoblanib, 1495-yilda 
reyxstag qarori asosida tashkil etiladi. 
Imperator hech qanday real hokimiyatga ega bo‘lmagan. U knazlar 
konfedratsiyasi boshlig‘i bo‘lib qolavergan. XVI asr o‘rtalarigacha 
imperatorlarning siyosiy hokimiyatni o‘rnatish, umumimperiya qo‘shini 
va soliqlarini joriy etish, ma’muriy apparat tuzishga qaratilgan harakatlari 
samarasiz bo‘lib chiqqan.
Imperiya tarkibidagi davlatlarda tabaqa-vakillik organlari – landtaglar 
vujudga kelgan. Ular knazliklarda knazlarning hokimiyatini qisman chek-
lagan. Ular asosan 2 yoki 3 palatadan iborat bo‘lgan. Palatalarga ruho-
niylar, dvoryanlar hamda erkin dehqonlarning saylangan vakillari kirgan. 
Landtaglarning vakolat doirasi juda keng bo‘lgan. Jumladan, maxsus 
sudlar tuzilgunga qadar knazliklarning oliy sudlari hisoblangan. Keyin esa 
appelyatsion instansiya bo‘lib qolgan. Davlat boshqaruviga ham 
aralashganlar. Xususan, knazlik kengashlari tarkibini tuzish va yuqori 
amaldorlarni tayinlashga ta’sir ko‘rsatgan.
Landtaglarning vakolatiga hukmron sulolalarda uzilish bo‘lib qolgan 
hollarda davlat boshlig‘ini saylash, tashqi siyosatda urush e’lon qilish, 
moliya-soliq ishlarini yo‘lga qo‘yish hamda diniy, politsiya (pul sifati, 
o‘rmon qo‘riqlovi) va harbiy ishlarni amalga oshirishlar ham kirgan.
Germaniyada tabaqa-vakillik monarxiyasi butun imperiya miqyosida 
emas, balki alohida knazliklar doirasida rivojlangan.
Mahalliy boshqaruvda shaharlar boshqaruvi alohida ahamiyat kasb 
etgan. Ularda asosan o‘zini o‘zi boshqarish tizimi shakllangan. Bu holatni 
o‘rta asrlar Yevropa davlatchiligining barcha davrlarida ko‘rish mumkin. 


 124
Sud tizimida feodal sudlar (feodalning o‘z dehqoni va hududida), 
cherkov sudlari (ruhoniy, ayrim dunyoviy kishilar va ma’lum darajadagi 
ishlarga – nikoh, diniy vasiyat va h.k.) mavjud bo‘lgan. Bundan tashqari, 
shahar sudlari ham faoliyat olib borgan. Ularning tarkibiy tuzilishi va 
shakllantirilishi turlicha bo‘lgan. Knazliklarda oliy sud, okrug sudi (okrug 
boshqaruvchisi – amtman) va quyi sudlar tashkil etilgan. 
German qirollik (knaz)lari absolutizmi davri (XVII–XVIII asrlar).
XV asrning oxiri va XVI asrning birinchi yarmi Germaniyaning iqtisodiy 
yuksalish davri bo‘ldi. Biroq iqtisodiy taraqqiyot juda notekis kechgan. 
Bu vaqtda Fransiya va Angliyada savdo va sanoatning rivojlanishi 
mamlakatning markazlashuviga olib keldi. Germaniyada esa bu jarayon 
alohida knazliklar doirasida yuz berishi natijasida siyosiy tarqoqlik 
yanada mustahkamlandi. XVII asrda absolutizm har bir german davlatida 
o‘rnatilgan edi. Bu esa mamlakatning iqtisodiy va siyosiy tarqoqligini 
mustahkamladi. Fransiya va Angliyadagi absolutizm davlat birligini 
ta’minladi. 
Germaniyada diniy shakldagi ijtimoiy-siyosiy harakatlar oqibatida bir 
mazhabdagi shimol (protestont) va janub (katolik) qismlariga bo‘linish 
yuz beradi. Ko‘zlangan maqsadlar cherkov hokimiyatini cheklash, 
feodalizmni tugatish va mamlakatni birlashtirishga qaratilgan edi. Ushbu 
jarayonda knazlarning hokimiyati ancha kuchayadi. Negaki, yuqori 
tabaqalar quyi tabaqalardan himoyalanish uchun uning madadiga muhtoj 
bo‘ladi.
XVII asr o‘rtalarida imperator va shimoliy knazliklar bilan tuzilgan 
Vestfaliya sulhi imzolanishi natijasida knazlarning oliy huquqlari tan 
olinadi. Ular ichki va tashqi mustaqillikka ega bo‘ladilar.
XVII–XVIII asrlarda davlat tuzumi deyarli o‘zgarishsiz saqlanib 
qoldi. Imperator lavozimi, reyxstag va imperiya sudi o‘z hokimiyatiga ega 
bo‘lmaydi. Imperator faxriy unvon egasi bo‘lib qoladi. Knazlar imperator 
oldidagi majburiyatlardan ozod bo‘lib, knazliklar imperiya yurisdik-
siyasidan chiqadi. Knazlar o‘z yerlarida imperiyadan to‘la mustaqil 
bo‘lishdi. Dindorlar ham ular hokimiyati ostiga tushib qoladi. Lentaglar 
deyarli chaqirilmay qo‘yilgan.
Shunday qilib, Germaniyada burjuaziya ustidan feodalizm tarafdor-
lari bo‘lgan dvoryanlar knazlar boshchiligida g‘alaba qozonishadi. Bosh-
qa mamlakatlarda dvoryanlar va burjuaziyaning kuchlari barobar bo‘lib 
turishi butun mamlakatda absolutizm o‘rnatilishini ta’minlagan. 
Ko‘pdan ko‘p german davlatlari orasida ulardan ikkita yirigi Prussiya 
va Avstriya XVII–XVIII asrlardayoq Yevropa tarixida katta rol o‘ynagan. 


 125
Ular har ikkalasi Germaniya imperiyasi tarkibida bo‘lib, har birining o‘z 
rivojlanish tarixi bor. Jumladan, Prussiya qirolligi XVIII asrgacha 
Brandenburg markgrafligi edi. 1701-yilda Brandenburg kurfyuristi Fridrix 
III (1688–1713-y.) Italiya merosi borasidagi ishtiroki evaziga 
imperatordan Prussiya qiroli unvonini oladi. Brandenburg-Prussiya 
davlati slavyan yerlari va boshqa nemis knazliklari hisobiga o‘sib boradi. 
Siyosiy sohadagi yutuqlari esa imperator hokimiyatining zaiflashuvi bilan 
bevosita bog‘liq. U XVIII asrdan absolut monarxiya shaklidagi harbiy 
despotiyaga aylanadi. Shu davrdanoq kuchli boshqaruv apparati, ko‘p 
sonli byurokratiya va armiya vujudga keltirilgan.
Davlat hokimiyati cho‘qqisida qirol turgan. U imperiyaning kurfyu-
ristlar kollegiyasi tarkibiga kirgan. Qirol huzurida Yashirin kengash 
mavjud bo‘lib, u davlat boshqaruvining oliy organi edi. Prussiya armiyasi 
o‘sha vaqtda Yevropadagi eng ko‘p sonli va intizomli armiya hisob-
langan. 
Avstriya davlatiga qisqacha to‘xtalsak, u dastlab qoloq knazlik 
bo‘lgan. XVIII asrda mamlakatni siyosiy jihatdan kuchaytirish maqsadida 
dastlab qo‘shinni yaxshilash va ko‘paytirishga qaratilgan harbiy islohotlar 
amalga oshiriladi. So‘ngra ichki ishlar va moliya sohasini tartibga 
soluvchi organlar ta’sis etiladi. 1760–1761-yillarda markaziy boshqaruv 
organlari qayta tashkil etiladi. Shu tariqa Avstriya markazlashgan kuchli 
davlatga aylangan.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling