O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi O’zbekiston Respublikasi Oliy ta`lim, fan va inovatsiyalar vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Mashqlar quyidagi tartibda o‘tkaziladi
Download 10.62 Kb.
|
5.Mirzarahimov Sirojiddin
- Bu sahifa navigatsiya:
- JISMONIY MASHQLAR BILAN AMALGA OSHIRILADIGAN CHINIQTIRISH TADBIRLARI
Mashqlar quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
1.yelka kamari mushaklarining rivojlantiruvchi va mustahkamlovchi, yelka bo‘g‘imlari, ko‘krak qafasi harakatchanligini rivojlantirishga, umurtqa pog‘onasini rostlashga xizmat qiluvchi mashqlar; 2.orqa mushagi va umurtqa pog‘onasi egiluvchanligini rivojlantirish va mustahkamlashga mo‘ljallangan, ichki organlarga massaj kabi ta’sir etuvchi, oyoq bo‘g‘imlarini rivojlantiruvchi mashqlar; 3.qorin va oyoq mushaklarini rivojlantirishga mo‘ljallangan mashqlar. Mashqlar majmuasini tuzishda har bir yosh guruhining yosh va yakka xususiyatini hisobga olish lozim. Ertalabki gimnastika birinchi kichik guruhdan boshlab joriy etiladi. Ertalabki gimnastikada harakatlarga o‘rgatilmaydi, shuning uchun tarbiyachi mashqni oldindan tushuntirishi va namoyish qilishi kerak emas. Kichik va o‘rta guruhlarda yilning birinchi yarmida tarbiyachi bolalarga mashqni o‘zi bilan birga bajarishni taklif yetadi. O‘rta guruhning ikkinchi yarmi va katta va tayyorlov guruhlarida u mashqlarni nomini qisqagina aytadi, dastlabki holat uchun buyruq beradi. Mashq boshlashdan oldin va u tugagach, katta guruh bolalari asosiy tik holatda (tovonlarni juftlashtirib, oyoq uchlarini kerib) turadilar. Kichik va o‘rta guruhlarda bolalar oyoqlarni parallel holda biroz kerib turadilar, bu yassi tovonlikni oldini oladi. JISMONIY MASHQLAR BILAN AMALGA OSHIRILADIGAN CHINIQTIRISH TADBIRLARI Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarni chiniqtirish maqsadida havo vannalari, suv muolajalari (artinish, suv quyish, dush, cho`milish) va quyosh vannalaridan foydalaniladi. Tabiiy omillardan mujassam holda foydalanish bolalarda tashqi muhitning turli noxush ta’siriga nam (havo, yomg’ir, shamol, qizish) nisbatan chidamlilikni hosil qiladi. Chiniqtirish tadbirlari jismoniy mashqlar bilan birgalikda olib borilganda juda samarali bo’ladi: faol mushak ishi issiqlik regulyatsiyasining takomillashuv jarayoniga va bu bilan organizmning tashqi muhitga moslashuviga yordam beradi. Chiniqish jarayoni xilma-xil, u bir tomondan shifokor tavsiyasiga ko`ra maxsus tadbirlar (havo, suv, quyosh vannalari)ni o`z ichiga oladi, ikkinchi tomondan kun tartibida belgilangan sharoitning (xonani muntazam shamollatib turish, darchalarning ochiq turishi, bolalar yengil kiyim-bosh va poyabzali, sayrning belgilangan muddatiga va bolalar harakat faolligi tartibiga rioya qilish, derazalari ochiq ayvonda uxlash). Bularning hammasi organizmning to’laqonli chiniqishini ta’minlaydi, unda yoqimli o`zgarishlar paydo qiladi (nerv tizimining holati va vazifasini modda almashinishi jarayonini, qon tarkibini yaxshilaydi, nafas olishni chuqurlashtiradi, psixikaning hissiy – ijobiy holatini vujudga keltiradi) bola xatti-harakatini bu sharoitga moslashtiradi. Download 10.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling